Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
 
 
 
 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
16.11. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash  
to‘g‘risidagi ishlar 
 
Fuqarolik  protsessual  institut  sifatida  yo‘qolgan  sud  ishini  tiklash 
fuqarolik  protsessida  ishtirok  etuvchi  shaxslarga  o‘zlarining  buzilgan 
huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan sud 
ishi  bo‘yicha  yo‘qotilgan  protsessual  hujjatlarni  tiklash  imkonini  beradi. 
Yo‘qolgan  sud  ishini  tiklash  fuqarolik  ishini  qayta  ko‘rishni  maqsad 
qilmaydi, balki avval sudda mazmunan ko‘rilgan ish bo‘yicha chiqarilgan 
hujjatlarni tiklashni nazarda tutadi.  
Yo‘qolgan  sud  ishini  yuritishni  tiklash  to‘g‘risidagi  ishlar  FPKning 
37-bobining 340 – 345-moddalarida bayon etilgan. Unga ko‘ra, yo‘qolgan 
sud  ishini  yuritish  sud  tomonidan  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning, 
prokurorning  arizasiga  binoan,  shuningdek  sudning  tashabbusiga  ko‘ra 
tiklanishi  mumkin.  Yo‘qolgan  sud  ishini  yuritish  to‘liq  yoki  uning  sud 
fikriga  ko‘ra  tiklanishi  zarur  bo‘lgan  qismi  tiklanadi.  Sudning  hal  qiluv 
qarori  yoki  ish  yuritishni  tugatish  to‘g‘risidagi  ajrimi,  agar  ular  ish 
yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.  
Mazkur  ishning  o‘ziga  xos  xususiyati  arizachi  yo‘qolgan  sud  ishini 
yuritishni  tiklash  to‘g‘risidagi  ishni  ko‘rib  chiqishda  sud  tomonidan 
qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladi. Bila turib yolg‘on ariza 
berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. 
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib 
chiqqan  sudga  beriladi  va  bu  arizada  ishga  doir  batafsil  ma’lumotlar 
bo‘lishi  kerak.  Arizachida  saqlanib  qolgan  va  ishga  daxldor  bo‘lgan 
hujjatlar  yoki  ularning  ko‘chirma  nusxalari,  basharti  ular  belgilangan 
tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, arizaga ilova qilinadi. 
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib 
chiqishda  ishning  saqlanib  qolgan  qismlaridan,  sud  ishini  yuritish 
yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan 
hujjatlardan,  bu  hujjatlarning  ko‘chirma  nusxalaridan,  shuningdek  ishga 
daxldor  bo‘lgan  boshqa  hujjatlardan  foydalanadi.  Sud  protsessual 
harakatlarni bajarish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, zarur hollarda esa, 
yo‘qolgan  sud  ishini  ko‘rib  chiqqan  sud  tarkibiga  kirgan  shaxslarni  ham 
guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
 
Sudning  yo‘qolgan  hal  qiluv  qarorini  yoki  ish  yuritishni  tugatish 
to‘g‘risidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan 
sud hujjatining  mazmuni sudga taqdim  etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha 


 
 
208 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
sud  protsessining  barcha  ishtirokchilari  ishtirokida  sud  majlisida 
tekshirilgan  qanday  aniq  ma’lumotlar    asosida  aniqlangan  deb  hisoblashi 
ko‘rsatiladi. 
Yo‘qolgan  sud  ishini  yuritishni  tiklash  to‘g‘risidagi  hal  kiluv 
qarorining  asoslantiruvchi  qismida,  shuningdek  qanday  dalillar  sud 
tomonidan  tekshirilganligi  va  yo‘qolgan  sud  ishini  yuritish  bo‘yicha 
qanday  protsessual  harakatlar  sodir  etilganligi  isbotlanganligi  haqidagi 
sudning  xulosalari  ko‘rsatiladi.  To‘plangan  materiallar  yo‘qolgan  sud 
ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ish 
yuritishni  tugatadi.  Bu  holda  arizachi  umumiy  tartibda  da’vo  taqdim 
etishga haqli.  
Yo‘qolgan  sud  ishini  yuritishni  tiklash  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha 
sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish