Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Mehnat nizolari bo‘yicha sudda ish qo`zg`atish, tayyorlash va



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.3. Mehnat nizolari bo‘yicha sudda ish qo`zg`atish, tayyorlash va 
ichni sudda ko`rishning protssessual xususiyatlari 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  qonunchiligiga  ko‘ra,  quyidagilar 
mehnat  nizosini  ko`rish  haqidagi  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilish 
huquqiga egadirlar: 


 
 
170 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
1) xodim,  kasaba  uyushmasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik 
organi; 
2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;  
3) beruvchi,  mehnat  nizolari  komissiyasining  qaroriga  rozi 
bo‘lmagan  taqdirda,  shuningdek  unga  xodim  tomonidan  yetkazilgan 
zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha; 
4) prokuror. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksining  270-moddasiga 
ko`ra  sudga  yoki  mehnat  nizolari  komissiyasiga  murojaat  etish  uchun 
quyidagi muddatlar belgilanadi: 
ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi 
bekor  qilinganligi  haqidagi  buyruqning  nusxasi  berilgan  kundan  boshlab 
bir oy
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash 
haqidagi  nizolar  bo‘yicha  –  zarar  yetkazilganligi  ish  beruvchiga  ma’lum 
bo‘lgan kundan boshlab bir yil
boshqa  mehnat  nizolari  bo‘yicha  –  xodim  o‘z  huquqi  buzilganligini 
bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy
Ushbu  belgilangan  muddatlar  uzrli  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib 
yuborilgan  taqdirda,  bu  muddatlar  sud  yoki  mehnat  nizolari  komissiyasi 
tomonidan qayta tiklanishi mumkin. 
Xodimning  sog‘lig‘iga  yetkazilgan  zararni  qoplashga  doir  nizolar 
bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi. 
Sudda  fuqarolik  ishlari  yozma  shaklda  ariza  berish  yo‘li  bilan 
qo‘zg‘atiladi (FPKning 189-moddasi).
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  277-moddasiga 
muvofiq,  mehnat  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizoli  ishlar 
bo‘yicha  sudga  murojaat  qilgan  da’vogarlardan  da’vo  arizalari  uchun 
davlat  boji  undirilmaydi.  Bu  esa  mehnatga  oid  nizoli  ishlarni  sudda 
ko‘rishning  o‘ziga  xos  protsessual  xususiyatlaridan  biri  bo‘lib, 
xodimlarning  manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  chora  sifatida 
e’tirof  etiladi.  Xuddi  shu  kabi  norma  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq 
kodeksining  329-moddasida  ham  nazarda  tutilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra, 
da’vogarlar  -  ish  haqini  undirib  olish  to‘g‘risidagi  da’volar  va  mehnat 
huquqlari  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  boshqa  talablar  yuzasidan 
umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. 
 Mehnat  ishlarini  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bilan  bog‘liq 
harakatlarni  amalga  oshirishga  fuqarolik  ishini  qo‘zg‘atganidan  so‘ng 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
kirishadi.  Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  to‘g‘risida  ajrim  chiqarilishi 
sudya  tomonidan  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  harakatlarini 
boshlaganligidan dalolat beradi. 
Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bo‘yicha  sudyaning  amalga 
oshirishi  lozim  bo‘lgan  protsessual  harakatlari  FPKning  204-moddasida 
o‘z  ifodasini  topgan.  Masalan,  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  ishdan 
bo‘shatilgan  yoki  boshqa  ishga  o‘tkazilgan  xodimni  ishga  tiklash 
to‘g‘risidagi  nizoni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  sudya  bu 
to‘g‘risida  buyruq  bergan  mansabdor  shaxsni  javobgar  tomonidan  turib 
ishtirok etish uchun uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasini hal qiladi. 
Shuningdek,  sudya  mehnat  nizolari  yuzasidan  sud  majlisida  davlat 
boshqaruvi organlari, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlari vakillarining 
ishtirok etish masalasini hal qiladi. Shu o‘rinda, mehnat intizomini buzish, 
ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 
mehnat jamoasining vakilini jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi. 
 Mehnat jamoalari va jamoat tashkilotlari vakillarining sud majlisiga 
jalb  qilish  sudyaning  ajrimi  asosida  hal  qilinadi.  Mehnatga  doir  huquqiy 
munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  nizoli  ishlarni  sudda  ko‘rishga 
tayyorlashning  muhim  protsessual  xususiyatlari  mazkur  turkumdagi  ishni 
sudda  ko‘rishga  tayyorlash  uchun  maxsus  muddatlarning  joriy 
etilganligidir.  Xususan,  mehnatga  doir  huquqiy  munosabatlaridan  kelib 
chiqadigan  talablar  bo‘yicha  ishni  sudda ko‘rishga  tayyorlash  ariza  qabul 
qilingan  kundan  boshlab  o‘n  kunlik  muddatdan  kechiktirmay  amalga 
oshirilishi lozim (FPKning 202-moddasi).  
Mehnatga  doir  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlarni 
sudda  ko‘rish  muddatlarida  o‘ziga  xos  protsessual  xususiyatlar 
mavjudligini alohida qayd etish lozim. Jumladan, FPKning 207-moddasiga 
muvofiq,  mehnat  ishlari  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  sudda 
ko‘rishga  tayyorlab  bo‘lingan  kundan  e’tiboran  yigirma  kundan 
kechiktirmay ko‘rilishi lozim.  
Mehnatga  oid  nizolarni  sudda  ko‘rishning  protsessual  xususiyatlari 
quyidagilar:  
1) da`vogarning davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi;  
2) xodimning  sog‘lig‘iga  yetkazilgan  zararni  qoplashga  doir  nizolar 
bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi; 
3) protsessual  huquqiy  vorislikka  yo‘l  qo‘yilmasligi  (masalan,  ishga 
tiklashda);  
4) mehnat  nizolari  da’vo  tartibida  yoki  sud  buyrug‘i  tartibida 


 
 
172 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
ko‘rilishi mumkin;  
5) mehnat nizolari qisqa muddatda ko‘riladi (FPKning 207-moddasi); 
6)  mehnat  nizolari  bo‘yicha  sud  hal  qiluv  qarori  darhol  ijro  etiladi 
(FPKning 266-moddasi); 
7)  mehnat  nizolari  bo‘yicha  sud  hal  qiluv  qarorini  qaytarma  ijroga 
yo‘l qo‘yilmasligi; 
8)  mehnat  nizolari  bo‘yicha  voyaga  yetmagan  shaxsni  sudga 
murojaat qilishga haqli ekanligi.  
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish