Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Mehnatga oid nizoli ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.2. Mehnatga oid nizoli ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar 
 
Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  nizoli 
ishlarda taraflar korxona, tashkilot, muassasa va xodimlar hisoblanib, ular 
o‘rtasida  nizo  mehnat  qonunchiligini  qo‘llash  borasida  yuzaga  kelib, 
sudlarda ko‘rish uchun tegishli bo‘ladi.  
 Sudda  buzilgan  huquq  va  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilish 
maqsadida da’vo arizasi taqdim etish huquqini amalga oshirishning muhim 
shartlaridan  biri  protsessual  harakatlarni  amalga  oshirishga  qobiliyatli 
bo‘lish, ya’ni protsessual muomala layoqatiga ega bo‘lish hisoblanadi. 
 Sudda  o‘z  huquq  va  majburiyatlarini  amalga  oshirish  layoqati 
voyaga  yetgan  fuqarolar  va  tashkilotlarga  tegishlidir.  Fuqaro  18  yoshga 
to‘lgach,  fuqarolik  protsessida  shaxsan  ishtirok  etishi,  protsessual 
harakatlarni  amalga  oshirishi  va  o‘ziga  tegishli  protsessual  huquqlardan 
foydalanishi mumkin bo‘ladi. Voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o‘n to‘rtdan 
o‘n  sakkizgacha  bo‘lgan  fuqarolarning  huquqlari  va  qonun  bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka 
olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi (FPKning 42-moddasi). 
Mazkur  qoidadan  istisno  ravishda  mehnatga  oid  huquqiy 


 
 
168 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
munosabatlardan  kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha xodimlarning fuqarolik 
muomala  layoqati  15  yoshdan  boshlanadi.  Mehnat  kodeksining  77-
moddasiga  ko‘ra,  xodimlarning  mehnat  huquq  layoqati  umumiy  qoida 
bo‘yicha  16  yoshdan  boshlanadi.  Voyaga  yetmagan  xodim  sudda  boshqa 
turkumdagi  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlar  yuzasidan 
protsessual  muomala  layoqatiga  ega  bo‘lmasligi  mumkin,  lekin  mehnat 
ishlari  bo‘yicha  o‘zining  protsessual  huquq  va  majburiyatlarini  to‘la 
hajmda  amalga  oshirish  huquqiga  ega.  Xususan,  FPKning  42-moddasiga 
muvofiq,  mehnat  bilan  bog‘liq  huquqiy  munosabatlardan  va  olingan  ish 
haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib 
chiqadigan  ishlar  bo‘yicha  voyaga  yetmaganlar  sudda  o‘z  huquqlari  va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga 
ega ekanliklari e’tirof etiladi. 
Mehnat  ishlari  bo‘yicha  sudga  shaxsan  murojaat  qilish  huquqiga 
yoshidan qat’i nazar barcha xodimlar haqli bo‘ladi. Shunday ekan, sudya 
mehnat  ishlari  bo‘yicha  18  yoshga  to‘lmagan  xodimning  da’vo  arizasini 
FPKning 195-moddasi 1-bandiga ko‘ra, ya’ni ariza muomalaga layoqatsiz 
shaxs tomonidan berilganligini asos qilib qaytarishi mumkin emas. 
Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlar 
bo‘yicha voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun sudya o‘z tashabbusi 
bilan  ularning  ota-onalarini,  farzandlikka  olganlar  yoki  homiylarini  sud 
protsessiga  jalb  qilishi  mumkinligi  fuqarolik  protsessual  qonunchiligida 
o‘z  aksini  topgan  (FPKning  42-moddasi).  Ushbu  huquqiy  norma  voyaga 
yetmagan  xodimlarning  protsessual  muomalaga  layoqatini  cheklashga 
qaratilmay, balki voyaga yetmagan shaxslarning sudda huquqlarini himoya 
qilinishining samaradorligini oshirishga yordam beradi.  
 Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  nizoli 
ishlarda  boshqa  turkumdagi  ishlardan  farqli  ravishda  birgalikda  ishtirok 
etuvchilar ko‘plab uchraydi. Masalan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va 
mehnatni  tashkil  etishdagi  o‘zgarishlar,  xodimlar  soni  (shtati)  yoki  ish 
xususiyatining  o‘zgarishiga  olib  kelgan  ishlar  hajmining  qisqarganligi 
yoxud  korxonaning  tugatilganligi  munosabati  bilan  mehnat  shartnomasi 
bekor qilinganda bir xil asos bilan bir necha xodimlar ishdan bo‘shatilishi 
mumkin va ushbu xodimlar sudda sherik da’vogarlar sifatida e’tirof etiladi.  
Mehnat nizolarida uchinchi shaxslar ham ishtirok etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  184-moddasiga  ko‘ra, 
mehnat  shartnomasi  g`ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimlarni 
yoki  g‘ayriqonuniy  ravishda  boshqa  ishga  o‘tkazilgan  xodimlarni  avvalgi 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
ishiga tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud o‘z tashabbusi bilan mehnat 
shartnomasini  bekor  qilishga  yoki  boshqa  ishga  o`tkazishga  farmoyish 
bergan  mansabdor  shaxsni  uchinchi  shaxs  sifatida  ishda  ishtirok  etish 
uchun javobgar tomoniga jalb qilishi shart. 
Sud  mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishi  yoki  boshqa  ishga 
o`tkazish  ochiqdan-ochiq  qonunga  xilof  bo‘lganligini  aniqlasa,  shu 
protsessning  o‘zidayoq  aybdor  mansabdor  shaxs  zimmasiga  majburiy 
progul  yoki  kam  haq  to‘lanadigan  ish  bajarilgan  vaqt  uchun  haq  to‘lash 
natijasida  tashkilotga  yetkazilgan  zararning  o`rnini  qoplash  majburiyatini 
yuklaydi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summaning 
miqdori  mehnat  qonunchiligiga  ko‘ra,  yetkazilgan  zarar  o‘rnini  qoplash 
uchun  to‘lanadigan  haq  miqdori  mansabdor  shaxsning  uch  oylik 
maoshidan ortib ketmasligi lozim. 
Ishga  tiklash  to‘g‘risidagi  ishlarda  mansabdor  shaxsni  jalb  etishdan 
maqsad, mehnat qonunchiligini buzilishini va regress da`voni oldini olish 
hamda  xodimga  yetkazilgan  zararni  mansabdor  shaxsdan  undirishdan 
iboratdir.  
Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan  ishlarni 
sudda  ko‘rilishida  vakillarning  ishtiroki  o‘zining  maqsadi  va  vazifalari 
bilan vakillikning boshqa turlaridan ajralib turadi. 
Mehnatga  oid  nizoli  ishlarda  xodimning  vakili  sifatida  xodim 
ishlayotgan  korxonaning  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  ishtirok  etishi 
mazkur  turkumdagi  ishlarning  o‘ziga  xos  protsessual  xususiyatlaridan 
biridir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  20-moddasiga 
muvofiq,  kasaba  uyushmalari,  ularning  korxonadagi  saylab  qo‘yiladigan 
organlari,  xodimlar  tomonidan  saylab  qo‘yiladigan  organlari,  ish 
beruvchilarning  vakillik  organlari  mehnatga  oid  munosabatlarning 
subyektlari sifatida qatnasha oladilar. 
 Xodimning  vakillik  organi  bo‘lmish  kasaba  uyushmalari  mehnat 
nizolarini  ko‘ruvchi  organlarda  xodimlar  manfaatini  himoya  qilish 
huquqiga ega bo‘lib, ushbu huquqni o‘z vakillari orqali bajaradilar. 
  

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish