1-kazus
A. ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi undirish va
ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat
qilgan. Sudda ishning ko‘rilishi davomida da’vogar A. o‘ziga yetkazilgan
ma’naviy zararni asoslovchi dalillar keltirib, tegishli tushuntirishlar bergan
bo‘lsada, lekin bu xususda sudning hal qiluv qarorida hech narsa
ko‘rsatilmagan.
Savol: 1. Sud tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganmi?
2. Ushbu masala qanday hal bo‘lishi lozim?
2-kazus
T. uy-joydan ko‘chirish haqida M. ga nisbatan sudga da’vo bilan
murojaat qilgan. M. esa qarshi da’vo takdim etib, oldi-sotdi shartnomasini
haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra T. ning da’vosi rad etilib, M. ning
qarshi da’vosi qanoatlantirilgan.
Sud adliya boshqarmasiga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirgan
notariusga nisbatan tegishli chora ko‘rish haqida xususiy ajrim chiqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |