Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud 
majlisining 
bayonnomasida, 
xususan, 
quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 
1) 
sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy; 
2) 
sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; 
3) 
ishni  ko‘rayotgan  sudning  nomi,  sudyaning  familiyasi,  ismi  va 
otasining ismi hamda sud majlisining kotibi; 
4) 
ishning nomi va raqami; 
5) 
ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  va  odil  sudlovga 
ko‘maklashayotgan 
shaxslarning 
kelgan-kelmaganligi 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 


 
 
120 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
6) 
sudning  taraflar  va  protsessning  boshqa  ishtirokchilariga 
ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 
7) 
ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv 
qog‘ozlari  va  boshqa  xabarnomalar  topshirilganligi  to‘g‘risidagi  hamda 
ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar; 
8) 
raislik  qiluvchining  barcha  farmoyishlari  va  sudning  alohida 
xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 
9) 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 
10) 
sudga  taqdim  etilgan  barcha  yozma  va  ashyoviy  dalillar, 
ekspertlarning 
yozma 
xulosalari, 
mutaxassislarning 
maslahatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
11) 
ishda 
ishtirok 
etuvchi 
shaxslarning 
tushuntirishlari, 
guvohlarning  ko‘rsatuvlari,  ekspertlarning  o‘z  xulosalarini  og‘zaki 
tushuntirishlari,  mutaxassislarning  tushuntirishlari,  ashyoviy  va  yozma 
dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar; 
12) 
sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 
13) 
sudning  hal  qiluv  qarori,  ajrimi  yoki  qarori  o‘qib 
eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FPK 277-modda). 
Ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  o‘zlari  ish  uchun  ahamiyatli  deb 
hisoblagan  holatlarni  bayonnomaga  kiritish  to‘g‘risida  iltimosnomalar 
taqdim  etishga  haqlidirlar.  Taraflarning,  uchinchi  shaxslarning  o‘zlari 
qo‘ygan  talablardan  butunlay  yoki  qisman  voz  kechganligi,  qo‘yilgan 
talablarga  iqrorligi,  ishni  kelishuv  bitimi  bilan  tamomlash  to‘g‘risidagi 
arizalari  bayonnomaga  kiritilib,  tegishli  bo‘lishiga  qarab,  taraflarning  biri 
yoki ikkalasi tomonidan imzolanadi.  
Majlis  bayonnomasida  sud  ishining  borishi  to‘la  va  holis  o‘z  aksini 
topishi  uchun  javobgarlikni  qonun  sud  majlislarida  raislik  qiluvchilar 
zimmalariga  yuklaydi.  Bayonnomaga  imzo  chekishdan  oldin  raislik 
qiluvchi  uning  mazmuni  bilan  diqqat  bilan  tanishishi  va  kotibga  zarur 
o‘zgartirishlarni kiritishni taklif qilishi lozim. 
FPKning  279-moddasida  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  sud 
majlisining  bayonnomasi  bilan  tanishib  chiqishga  va  unda  yo‘l  qo‘yilgan 
xatoliklarni  yoki  uning  to‘liq  emasligini  u  imzolangan  kundan  e’tiboran 
besh  kun  ichida  ko‘rsatib,  bayonnoma  yuzasidan  yozma  ravishda  fikr-
mulohazalar  bildirishga  haqli.  Bayonnomaga  doir  berilgan  fikr-
mulohazalarni  raislik  qiluvchi  ko‘rib  chiqadi  va  u  ushbu  fikrlarga 
qo‘shilgan  taqdirda,  bu  fikr-mulohazalarning  to‘g‘riligini  tasdiqlaydi 
hamda  ularni  sud  majlisining  bayonnomasiga  qo‘shib  qo‘yadi.  Raislik 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib 
chiqiladi.  Berilgan  fikr-mulohazalar  barcha  hollarda  ham  ishga  qo‘shib 
qo‘yilishi  kerak.  Bayonnomaga  doir  fikr-mulohazalar  ular  topshirilgan 
kundan  e’tiboran  yetti  kun  ichida  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarni 
xabardor qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning  kelmaganligi  bayonnoma  yuzasidan  bildirilgan  fikr-
mulohazalar to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Sud 
protsessi  ishtirokchilari  sud  majlisining  audio  yoki  videoyozuvi  bilan 
tanishish  huquqiga  ega.  Sud  majlisining  audio  yoki  videoyozuvlari 
ko‘chirma  nusxasi  sud  protsessi  ishtirokchilariga  ishni  ko‘rgan  sudning 
ruxsati bilan beriladi. 
 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish