Sababiy bogʼlanish
– sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida
kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat oʼrtasidagi bogʼliqlikdir.
Takroran jinoyat sodir etish
– shaxs qasddan sodir qilinadigan aynan bir xil
koʼrinishdagi jinoyatni ikki yoki undan ortiq marta sodir etishi va ushbu
jinoyatlarning birortasi uchun ham sudlanmagan boʼlishiga takroran jinoyat sodir
etish.
Umumiy obyekt
– jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan barcha ijtimoiy
munosabatlardir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi
- favqulodda jazo chorasi boʼlib,
hayot yoki jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan oʼta ogʼir jinoyatlar sodir etganlik
uchun mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali
jamiyatdan muddatsiz ajratishdan iborat boʼlgan jazo turi.
Uyushgan guruh
– ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat
olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi.
257
Do'stlaringiz bilan baham: |