Jinoyat tarkibi elementlarini
– jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv
tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi.
Jinoyatning bevosita obyekti
– ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda
bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat.
Jinoyat predmeti
– ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan moddiy dunyo
neʼmatidir.
Jinoyatning obyektiv tomoni
– sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning
tashqi tomoni xususiyatlarini ifodalovchi qonun tomonidan oʼrnatilgan belgilar
majmuiga aytiladi, yaʼni jinoyat sodir qilishning usul va yoʼllarini nazarda tutuvchi
belgilar yigʼindisi tushuniladi.
Jinoiy oqibat
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida jinoyat qonuni
bilan qoʼriqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarda yuz beradigan salbiy oʼzgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |