Respublikasining jinoyat to„g„risidagi qonun hujjatlari.
Jinoyat kodeksida o‗z ifodasini topgan moddalar quyidagi tarkibiy
birliklardan iborat: qism va band.
Masalan, 97-modda. Qasddan odam o„ldirish, birinchi qism qasddan
odam o„ldirish, ikkinchi qism javobgarlikni og„irlashtiradigan holatlarda
qasddan odam o„ldirish: a) bandi: ikki yoki undan ortiq shaxsni.
Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismlardan iborat.
Jinoyat kodeksining Umumiy qismi yettita bo‗lim, 17 bobdan iborat.
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizta bo‗lim (Sakkizinchi bo‗lim
Atamalarning huquqiy ma‘nosi), 97–302-moddalardan iborat.
Agar jinoyat qonuni yangi tarkibiy birliklar bilan to‗ldirilayotgan bo‗lsa, ular
asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‗yiladigan qo‗shimcha raqamlar bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |