1.4. Jinoyat kodeksi prinsiplari tushunchasi, tizimi, ahamiyati va turlari
Jinoyat kodeksi prinsiplari jinoyat huquqi va uning alohida institutlari
(jinoyat va jazo to‗g‗risidagi ta‘limot)ning mazmunini hamda jinoyat huquqi
normalarida belgilangan nazariy-amaliy g‗oyalarni o‗zida ifoda etadi.
Jinoyat kodeksi prinsiplari O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
3-moddasida keltirib o‗tilgan yettita prinsipdan iborat. Bular qonuniylik,
fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb
uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |