A bo‘lim
1.
Tezkor-qidiruvfaoliyatini
normativ-huquqiytartibgasolishning
konstitutsiyaviy
darajasini aytib bering.
Huquqiy tartibga solishning konstitusiyaviy darajasi davlat faoliyatining
barcha turlari uchun asos bо‘ladigan barcha sohalarda qо‘llaniladigan
institut va
normalarni qamrab oladi. Ushbu darajada Konstitusiyaning oliy yuridik mohiyati
ikki xil kо‘rinishda aks etadi.
Birinchidan,
Konstitusiya normalarining qonunlar va qonunosti normativ
hujjatlari normalaridan ustunligi tan olinadi.
Ikkinchidan,
qonunlar va qonunchilik hujjatlari Konstitusiyada nazarda
tutilgan organlar tomonidan, unda belgilangan tartibga binoan qabul qilinadi. Shu
bois, Konstitusiyani davlatdagi ijtimoiy munosabatlarni
normativ-huquqiy tartibga
solish tizimidagi asosiy manba sifatida kо‘rish mumkin. Konstitusiya oliy yuridik
kuchga ega bо‘lib, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri amal qiladi va О‘zbekiston Respublikasining
butun xududida qо‘llaniladi. О‘zbekistonda qabul qilinadigan qonun va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlari Konstitusiyaga zid bо‘lmasligi kerak.
Konstitusiya normalarining tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri amal qilishi haqidagi
konstitusiyaviy qoida TQFni amalga oshirishga bevosita aloqadordir. Chunki,
birinchidan
, jinoyat va jazoga oid siyosatning demokratizm va insonparvarlik ruhi
singdirilgan, qonuniylikka qat’iy amal qilish bilan yо‘g‘rilgan TQFni amalga
oshiruvchi
organlar
faoliyatining
prinsiplari
Konstitusiyaga
muvofiq
shakllantiriladi;
ikkinchidan,
u
jamiyatni, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklarini
muhofaza qilishga qaratilgan asosiy qoidalarni tartibga soladi. Konstitusiyaga
binoan davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalari va
fuqarolar qonuniylikka rioya etishlari, jamiyat manfaatlari, fuqarolarning huquq va
erkinliklari qо‘riqlanishini ta’minlashlari shart (14, 15, 19-moddalar.). Mazkur
qoidalarga davlat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolarning jamiyat
va uning a’zolari manfaatlarini qо‘riqlashga xizmat qiluvchi konstitusiyaviy
majburiyatlari sifatida qarash lozim. Ushbu qoidalar TQFni amalga oshiruvchi
organlar va ularning mansabdor shaxslariga ham taalluqlidir. Konstitusiyaning 18-
moddasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, teng ekanliklari e’lon qilingan
bо‘lsa, 24-27-moddalarida esa О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash,
erkinlik, shaxsiy, turar-joy daxlsizligi huquqlari, yozishmalar va telefonda
sо‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emasligi kabi shaxsiy huquq va
erkinliklariga rioya etilishi kafolatlangan. Ushbu huquqlarni
cheklanishiga faqat
qonunda belgilangan tartibdagina yо‘l qо‘yilishi mumkin. Shubhasiz, ushbu
qoidalar davlat organlari, jumladan, TQFni amalga oshiruvchi organlar faoliyatida
ham qо‘llaniladi. Konstitusiyaning 121-moddasi birinchi qismida “О‘zbekiston
Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bо‘yicha tezkor-qidiruv,
tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy
kooperativ
tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bо‘linmalarini tuzish
hamda ularning faoliyat kо‘rsatishi ta’qiqlanadi” degan norma о‘z aksini topgan.
Unga kо‘ra TQFni amalga oshirish vakolati berilgan davlat organlari doirasi
cheklab qо‘yilgan bо‘lib, bu faoliyatni amalga oshirish faqat qonun bilan maxsus
vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bо‘linmalarigagina yuklatilgan.
Ta’kidlash joizki, bunday talab jahondagi bironta boshqa davlatning
Konstitusiyasida mavjud emas.
Bundan tashqari, mazkur moddasining ikkinchi
qismida “Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat
tashkilotlari va fuqarolar yordam kо‘rsatishlari mumkin”
degan talab
mustahkamlangan.
Huquqiy tartibga solishning konstitusiyaviy darajasi, TQFning kelgusidagi
rivojlanish yо‘nalishlari va chegaralarini belgilash uchun boshlang‘ich huquqiy
zamin yaratadi desam adashmagan bo‘laman.
Do'stlaringiz bilan baham: