Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун



Download 164,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.06.2022
Hajmi164,13 Kb.
#673521
1   2   3
Bog'liq
257 (1)

A bo‘lim 3-savol
Muayyan huquqdan mahrum etish jazosining mazmuni aybdorga muayyan 
mansabni egallash, yoki qandaydir faoliyat turi bilan shug‘ullanishni taʼqiqlashdan 
iborat. Ushbu jazo turi sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxsning bevosita 
muayyan huquqi aloqador bo‘lsagina qoʼllaniladi. Muayyan huquqda mahrum 
qilish ma’lum bir mansab yoki faoliyat doirasidan chetlashdan iborat. Mansabdan 
mahrum qilish ma’lum bir korxona va tashkilotdagi yoki belgilangan mansab 
bo‘yicha ishlashni cheklash bo‘lishi mumkin. Demak moddiy yoki boshqa 
vakolatlarga ega mansabdan mahrum qilish ham shular sirasiga kiradi. Rossiya 
Federatsiyasi Jinoyat kodeksida davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarida 
shaxsning muayyan mansabni egallashini yoki kasbiy yoxud boshqa faoliyat bilan 
shug‘ullanishni taʼqiqlash muayyan huquqdan mahrum qilish deb tushuntirilgan. 
O‘zR Jinoyat kodeksida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishni taʼqiqlash 
deganda, aybdorning doimiy tarzda shug‘ullanadigan kasbiy faoliyatini, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan mahrum etish tushuniladi 
Masalan, savdo faoliyati, tarjimonlik faoliyatlari bilan shug‘ullanishni taqiqlash. 
Rossiya jinoyat qonunida professional va boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‘ullanishni taʼqiqlash tushunchalari mavjud. Professianal faoliyat deganda, 
muayyan bilim, malaka yoki tayyorgarlikni talab etadigan faoliyat bilan doimiy 
shug‘ullanish tushuniladi. Asosiy jazo tariqasida 5 yilgacha, qo‘shimcha jazo 
tariqasida 1 yildan 3 yilgacha qo‘llaniladi. Jinoyat kodeksining 78-modasida 
muayyan huquqdan mahrum qilsih jazosi qo‘llanilgan shaxslarning sudlanganlik 
holati jazo muddati tugagandan so‘ng 1 yil o‘tib tugatiladi. 
B bo‘lim 2-kazus 
Berilgan kazusda aybdor JK 164-moddasi 1-qismi bilan ozodlikdan 
mahrum qilingan. Bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish 
maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib 


yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etishdir. Sanksiya doirasida 5 
yildan 8 yilgacha jazo tayinlash nazarda tutilgan. Va bu to‘liq qonuniy tartibda 
amalga oshirilgan. 7 yildan dastlabki 5 yili turma qamog‘ida o‘tkazilishining 
huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddada qayd 
qilingan. Moddaga binoan: “Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum 
qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga: 
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga; 
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga 
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi 
mumkin. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik 
oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir 
etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va 
uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka 
muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan 
tayinlanmaydi. 
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum 
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning 
o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.” Shuningdek, 
turmalar umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy 
buzganlik uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlashga moʻljallangan.
O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar 
Vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining 
ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2495-sonli buyrug‘ining ilovasida 
Jazoni ijro etish muassasalarining turlari berilgan: JIEMlarga quyidagilar kiradi: 
1)jazoni ijro etish koloniyalari; 
2)tarbiya koloniyalari; 
3)turmalar. 
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalar, umumiy tartibli 
koloniyalar, qattiq tartibli koloniyalar va maxsus tartibli koloniyalarga bo‘linadi. 
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan. Jinoyat 
kodeksining 50-moddasiga binoan jinoyat sodir etgan erkaklar qilmishning 
xususiyatlariga qarab koloniyalarga joylashtiriladi. “Ozodlikdan mahrum etishga 
hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: 


a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir 
etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik 
uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-
koloniyalarda; 
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi 
marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy 
tartibli koloniyalarda; 
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir 
etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli 
koloniyalarda; 
 
g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda 
o‘tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, 
shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan 
mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o‘taydilar.” Jazoni turma qamog‘ida o‘tkazishning huquqiy asosi 
hamda jazoni ijro etish koloniyalari turlarini tayinlash shartlari shulardan iborat. 

Download 164,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish