Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун


талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси



Download 164,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.06.2022
Hajmi164,13 Kb.
#673521
1   2   3
Bog'liq
257 (1)

 
____________________
талабанинг имзоси
Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси __________________________________________ 
 
Умумий балл 


 
Variant 4 
A bo‘lim 4-savol 
Retsidiv jinoyat tushunchasi va turlarini yoritib bering. Retsidiv 
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish shartlarini yoriting. 
Retsidiv so‘zi jinoyat huquqida jinoyat hodisasining takrorlanishiga 
aytiladi. Retsidiv jinoyat tushunchasi haqida huquqshunoslar turli fikrlarni 
bildirishgan. Masalan, A.S.Shlapochnikov oldingi jinoyati uchun jazoni o‘tash 
vaqtida yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan keyin takroran jinoyat sodir etishni retsidiv 
jinoyat sodir etish deb hisoblagan. Retsidiv jinoyat tushunchasi ilk bor 1919-yil 
“RSFSR jinoyat huquqi bo‘yicha boshqaruv asoslarining” 12-moddasida berib 
o‘tilgan. O‘zbekiston Respubliasi 1994-yilgi Jinoyat kodeksi 34-moddasida 
retsidiv jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan va turlari ajratilgan. “Shaxsning ilgari 
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat 
sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash 
jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, Maxsus 
qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi 
jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.” Аyblov hukmi qonuniy 
kuchga kirganligi toʼgʼrisida shaxsga eʼlon qilingan paytdan boshlab, u sudlangan 
deb topiladi. Hukm eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uning qonuniy kuchga 
kirganligi mahkumga eʼlon qilingunga qadar oʼtgan vaqt ichida qasddan sodir 
etilgan yangi jinoyat retsidiv jinoyat deb topilmaydi. Ushbu holatda shaxsning 
qilmishlari takroran jinoyatlar sodir qilish yoki jinoyatlar majmuyi deb 
kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat qonuni retsidiv jinoyatni jinoyatning ijtimoiy 
xavflilik darajasi va muayyan jinoyatlar uchun sudlanish sonidan kelib chiqib 
turlarga ajratiladi. Demak, ushbu moddaga binoan retsidiv jinoyatning 3 turi 
farqlanadi: 1)oddiy; 2)xavfli retsidiv; 3)o‘ta xavfli retsidiv. Oddiy retsidiv jinoyat 
bu shaxs qasddan sodir etgan har qanday jinoyati uchun sudlangandan so‘ng, u 
tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir etilishiga aytiladi. Xafvli retsidiv jinoyat 
deb - shaxsning qasddan ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlangandan keyin ya‘ni 
sudlanganligi tugamay turib sodir etgan jinoyatiga aynan o‘xshash yangi bir 
jinoyatni qasddan sodir etishiga aytiladi. O‘ta xavfli retsidiv jinoyat deb shunga 
aytiladiki, ilgari og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanib, sudlanganlik muddati 


tugamasdan shaxsning qasddan besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir 
etishiga aytiladi. JK 34-moddasi 3-qismida shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb 
topishning bir qancha shartlari ko‘rsatilgan. Ularga, ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun 
yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh 
yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan 
shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi, ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki 
marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat‘iy nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir 
jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi. 
Faqatgina, sudning hukmi bilangina shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb topilishi 
mumkin. Shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masala hal 
qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha 
sudlanganligi inobatga olinishi mumkin. Retsidiv jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish 
borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida” qarori 
mavjud. Plenum qarorining tegishli bandlarida shunday deyilgan: Shaxs 
tegishlicha sinov muddati yoki hukm ijrosi kechiktirilgan davr ichida yangi jinoyat 
sodir etsa, o‘ta xavfli retsidivist deb topishga haqli. Shuni e’tiborga olish lozimki, 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan 
jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan faqat bu jinoyatni 
sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda o‘ta xavfli retsidivist deb 
topilgan shaxslar harakatigina kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Muqaddam o‘ta 
xavfli retsidivist deb topilgan shaxsning yangi sodir etilgan jinoyat uchun 
javobgarligi masalasini hal etishda shuni e’tiborga olish lozimki, shaxsning o‘ta 
xavfli retsidivist deb topilganlik holati faqat sudlanganlik undan JK 79-moddasida 
belgilangan tartibda olib tashlangandagina bekor qilinadi. Agar birinchi instansiya 
sudi, JK 34-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lishiga qaramay, shaxsni o‘ta 
xavfli retsidivist deb topish to‘g‘risidagi masalani hal etmasa yoxud asossiz 
ravishda uni o‘ta xavfli retsidivist emas deb topsa, yuqori instansiya sudi 
apellatsiya, kassatsiya tartibida (prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati 
bo‘yicha) yoki nazorat tartibida shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishi mumkin 
(JPK 490-moddasi). Yuqori instansiya sudi shaxs asossiz ravishda o‘ta xavfli 


retsidivist deb topilgan deb hisoblasa, hukmdan bu haqdagi ko‘rsatmani chiqarishi 
va hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim. 
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 513-moddasiga muvofiq 
mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish maqsadida hukmni nazorat tartibida 
qayta ko‘rib chiqishga u qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina 
yo‘l qo‘yiladi. 

Download 164,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish