Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали



Download 266,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2021
Hajmi266,37 Kb.
#117729
Bog'liq
76 (1)



 

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ  



ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ  

 

2-курс талабалари учун  



Модуль номи: Ma’muriy huquq va protsess 

Иш тури: Оралиқ назорат 

Ўтказилган сана:  ____._____. 2020 й. 

 

Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади: 



 

1. 


 

Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги 

ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос 

келиши 






2. 

 

Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг 



илмий қарашлари баён этилганлиги 





3. 


 

Ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида 

ижодий баён қилинганлиги, норматив-ҳуқуқий 

ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги 







4. 

 

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг тўғри 



қўлланилганлиги  ва шарҳланганлиги, шунингдек 

матнда грамматик, орфографик ва стилистик 

хатоларнинг мавжуд эмаслиги 





 

Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:   



 

 

 



 

 

Умумий балл 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Текширувчи имзоси:___________ 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

  

_______________________    __________ 



 

 

 



                                                                   Талабанинг Ф.И.О.                                                 Курс

 

Модул номи  _______________________ 



_________________

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 Талабанинг имзоси 

Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________ 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

2-kazus 



2019-yil  20-mart  kuni  Kattaqo‘rg‘on  tuman  hokimining  tadbirkor 

Q.Toshpo‘latovaga  buzilgan  dorixona  o‘rniga  «Kattaming»  mahallasi  hududidan 

150,0 kv.metr yer tanlash va ajratish haqida №1296-Q-sonli qarori chiqqan. Ammo 

tanlanayotgan yer bo‘yicha hokimlik va tadbirkor kelishuvga erisholmagan. Tuman 

hokimi qarori asosida «Kattaming» mahallasi hududidan tadbirkorga yer tanlandi. 

Ammo  keyinchalik  bu  yer  maydoni  boshqa  maqsadlar  uchun  ajratilgani  ma’lum 

bo‘ldi.  Shundan  keyin  tadbirkorning  o‘zi  istiqomat  qiladigan  «Mo‘minxo‘ja» 

mahallasidan  yer  ajratishga  qaror  qildik.  Bu  yerdagi  «Mahalla  markazi»da  qator 

binolar joylashgan. To‘yxona, tibbiyot muassasasi, mahalla guzari va hokazo. Shu 

binolar  qatoridan  yer  ajratyapmiz,  ammo  tadbirkor  e’tiroz  bildiryapti.  Ma’lum 

bo‘lishicha, tadbirkor uchun noqulay bo‘lgan hududlardan yer ajratilgan. Yer ko‘cha 

tomondan oldiga boshqa binolar tushgan. Bu yerdan tadbirkor dorixona qurganda 

ham  binolar ortidan ko‘zga  tashlanmaydi. Tadbirkor  aynan  shuning uchun  e’tiroz 

bildirmoqda va boshqa hududdan yer ajratilishini so‘ramoqda. 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

Yuqoridagi  vaziyatga  huquqiy  baho  berish  mobaynida  biz  muammoli 



holatlarni aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi. Ushbu kazusda tadbirkorlik faoliyati bilan 

shug‘ullanayotgan  fuqaro  Q.Toshpo‘latovaning  buzilgan  dorixonasi  o‘rniga  yer 

tanlash va berish masalasi, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining  №1296-Q-sonli qarori 

amaldagi  qonunchilikka  to‘g‘ri  kelish-kelmasligi,  tadbirkorning  hokim  ajratgan 

yerga  e’tiroz  bildirishi,  muammoli  vaziyat  hisoblanadi.  Yuqoridagi  muammoli 

vaziyatlarni hal etishda bizga bir qancha Qonunlar va qonun hujjatlari kerak bo‘ladi. 

Jumladan,  “Ma’muriy  tartib-taomillar  to‘g‘risida”  gi  O‘RQ-457-sonli  Qonun, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib 

qo‘yish  va  kompensatsiya  berish  tartibini  takomillashtirishga  doir  qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  911-son-Qarori,  “Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to‘g‘risida”gi  Qonun  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksi.  Yuqorida 

sanab o‘tilgan Qonunlar ushbu kazusning mohiyatini ochib berishda asos vazifasini 

bajaradi.

  

Biz  birinchi  navbatda  mahalliy  davlat  hokimliklari  yerlarni  olib  qo‘yish 



uchun  vakolati  bor  yoki  yo‘qligini  aniqlashimiz  kerak  bo‘ladi.  Buning  uchun  biz 

“Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  nazar  tashlashimiz  kerak. 

Ushbu  qonunning  10-moddasida  hokimiyat  organlarining  yer  munosabatlarini 

tartibga  solishi  haqida  batafsil  keltirib  o‘tilgan.

  “

Viloyat,  tuman,  shahar  hokimi 



korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  dehqon  xo‘jaliklari  va  fuqarolarga  egalik 

qilish,  foydalanish  uchun  va  ijaraga  yer  berishga,  bu  subyektlarning  yerga  egalik 

qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga, shuningdek yerlarni olib 

qo‘yishga haqli bo‘lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli 

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Xalq  deputatlari  Kengashi,  hokim  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga 

muvofiq  yer  munosabatlariga  doir  boshqa  masalalarni  hal  qiladilar.”

1

  Demak, 



hokimiyatning yerni olib qo‘yish vakolati mavjud ekan. Buning uchun ular tadbirkor 

                                                 

1

 



Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonun

 



 

bilan yerni buzib tashlash va olib qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishishlari kerak 



bo‘ladi.

 

Chunki amaldagi qonunchilikda buning ham o‘ziga yarasha tartib-taomili 



mavjud:  “Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi  yoki  tegishli  xalq 

deputatlari Kengashi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer  uchastkasi 

olib  qo‘yilishi  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingandan  so‘ng  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  yoki  tuman 

(shahar)lar hokimliklari mulkdorlar bilan kelishish ishlarini amalga oshiradi. 

Kelishuvga  erishilgach  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  hamda  mulkdor  ikki  tomonlama 

Kelishuv imzolanib, notarial tartibda tasdiqlanadi.”

2

 

Agarda  ular  o‘zaro  kelishib  olishgan  bo‘lsa,  hokimlik  tadbirkorga 



belgilangan miqdorda kompensatsiya to‘lab berishi hamda olib qo‘yilgan yer o‘rniga 

boshqa  yer  uchastkasini  berishi  lozim.  Bu  haqida  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer 

Kodeksida  batafsil  yoritib  o‘tilgan:  “Yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer 

uchastkalari  ijarachilariga  va  mulkdorlariga  yetkazilgan  zararning  o‘rni  (shu 

jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak: 

yerlar  olib  qo‘yilgan,  qayta  sotib  olingan  yoki  vaqtincha  egallab 

turilganda;”

3

  Ushbu  moddadan  kelib  chiqilgan  holda  tadbirkor  Toshpo‘latovaga 



tegishli  bo‘lgan  yerning  olib  qo‘yilgani  uchun  kompensatsiya,  olib  qo‘yilayotgan 

yer  uchastkalari  ajratib  beriladigan  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar 

tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi zarur. 

Ammo  bizning  vaziyatimizda  yer  ajratish  bo‘yicha  hokimlik  va  tadbirkor 

o‘zaro kelisha olmayapti. Bunga tadbirkor Toshpo‘latova uchun tanlangan dastlabki 

yer  maydonining  boshqa  maqsadlar  uchun  ajratilgani  va  keyinchalik  unga  o‘zi 

istiqomat  qiladigan  “Mo‘minxo‘ja”  mahallasidan  ajratilgan  noqulay  hududda 

                                                 

2

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari 



kafolatlarini  ta’minlash  hamda  yer  uchastkalarini  olib  qo’yish  va  kompensatsiya  berish  tartibini 

takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 911-son-Qarori 

 

3

 



O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. 86-modda.

 



 

joylshgan  yer  sabab  bo‘lmoqda.  Natijada  tadbirkor  Toshpo‘latova  hokimning 



chiqargan  qaroriga  e’tiroz  bildirmoqda. Chunki  unga  ajratilgan  yerda  tadbirkorlik 

faoliyati  samarali  amalga  oshirilmaydi,  sababi  esa  ajratilgan  hududda  to‘yxona, 

mahalla  guzari  va  shunga  o‘xshash  binolar  mavjud.  Bu  binolar  esa  tadbirkor 

dorixona  qurgan  vaqtida  dorixonaning  mavjud  binolar  ortidan  ko‘zga 

tashlanmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham tadbirkor Toshpo‘latova hokim 

chiqargan qarori ustidan e’tiroz bildirmoqda. Bu vaziyatda uning e’tirozi asoslidir. 

Chunki  Kattaqo‘rg‘on  hokimining  chiqargan  qarori  2018-yil  8-yanvarda  qabul 

qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuniga ziddir.  

“Ma’muriy  ish  yuritish  jarayonida  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga 

ko‘rsatiladigan  ta’sir  choralari  ma’muriy  organ  tomonidan  ko‘zlangan  qonuniy 

maqsadga  erishish  uchun  mos  va  yetarli  bo‘lishi  hamda  manfaatdor  shaxslarga 

imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak

.



4



 

 

Ya’ni bu yerda hokimning «Kattaming» mahallasi hududidan 150,0 kv.metr 



yer  tanlash  va  ajratish  haqida  №1296-Q-sonli  qarori  yuqorida  keltirilgan 

mutanosiblik  prinsipiga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Qonunda  ma’muriy  organ  tomonidan 

qo‘llaniladigan  harakatlar  maqsadga  muvofiq  bo‘lishi  hamda  manfaatdor  shaxsga 

imkon  qadar  qiyinchilik  tug‘dirmasligi  keltirib  o‘tilgan.  Ammo  hokimning  qarori 

maqsadga  muvofiq  emas  hamda  manfaatdor  shaxsga,  ya’ni  tadbirkor 

Toshpo‘latovaga  qiyinchilik  tug‘dirmoqda.  Bu  harakatlar  orqali  manfaatdor 

shaxsning huquqlari ochiq-oydin buzilmoqda. Ya’ni tadbirkorning mulki avval o‘z 

faoliyatini olib borish uchun qulay joyda joylashgan bo‘lib, buzilgandan keyin esa 

aksincha,  unga  noqulay  hududdan  joy  ajratib  berilgan.  Mutanosiblik  prinsipining 

asosiy  mohiyati  bu  ma’muriy  organ  tomonidan  amalga  oshiriladigan  harakat 

erishiladigan  maqsadga  muvofiq  bo‘lishi  hamda  ma’muriy  tartibot  natijasida 

shaxsga  yetkazilgan  zarar  davlat  ko‘rgan  foydaga  mutanosib  bo‘lishi  lozim.

5

   


                                                 

4

 “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun. 7-modda. 



5

 

 S.A.Murataev, B.T.Musaev, D.R.Artikov. Ma'muriy huquq va protsess. – Toshkent: Toshkent  



  davlat yuridik universiteti, 2019. – 418 b.

 

 




 

Yuqoridagi  fikr  Moshe  Koen-Eliyaga  tegishli  bo‘lib,  u  mutanosiblik  prinsipining 



o‘ziga xos jihatlarini ochib bergan. Uning bu fikrlaridan tadbirkor Toshpo‘latovadan 

olib  qo‘yilgan  yer  va  keyinchalik  bu  harakat  uchun  unga  ajratilgan  yer  bir-biriga 

mutanosib bo‘lishi anglashiladi. Bu harakatlar orqali nafaqat mutanosiblik prinsipi, 

balki qonuniylik prinsipi ham yetarli darajada buzilgan. Ya’ni ma’muriy organ yoki 

uning mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun 

hujjatlariga mos bo‘lishi kerak. 

 

Kattaqo‘rg‘on  hokimining  yer  ajratish  to‘g‘risida  chiqargan  qarori  bu 



ma’muriy hujjat hisoblanib, yakka shaxsga, ya’ni faqat tadbirkor Toshpo‘latovaga 

qaratilgan  hujjatdir.  Ushbu  qarorni  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  bekor  qilish 

yoki o‘zgartirish mumkindir.  

 “Ma’muriy hujjatlar va ma’muriy harakatlar ma’muriy tartib-taomillarning 

prinsiplariga  muvofiq  bo‘lishi  kerak.  Ma’muriy  tartib-taomillar  prinsiplariga 

nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga 

yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi.”

6

 Ushbu moddadan kelib chiqsak, hokim 



tomonidan chiqarilgan qaror, ya’ni ma’muriy hujjat ma’muriy tartib-taomillarning 

prinsiplariga muvofiq bo‘lishi kerak. Lekin bizning muammoli vaziyatda hokimning 

qarori  mutanosiblik  prinsipiga  mos  kelmaydi.  Demak,  hokimiyat  tomonidan 

chiqarilgan  qarorni  bekor  qilish  yoki  qayta  ko‘rib  chiqilishi  uchun  asos  bor.  Bu 

asosdan kelib chiqib, tadbirkor yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi 

mumkin.  Ma’muriy  hujjat  ustidan  shikoyat  qilish  muddati  va  tartibi  bevosita 

hokimning  qarorida  kelitirib  o‘tilishi  shart.  Shikoyat  qilish  muddati  va  tartibini 

keltirib o‘tish ma’muriy hujjatni qabul qilinishi uchun qo‘yiladigan talablardan biri 

hisoblanadi. Bu bevosita “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda keltirib 

o‘tilgan.  Tadbirkor  Toshpo‘latova  o‘ziga  berilgan  huquqdan  foydalangan  holda 

hokimiyat chiqargan qarori ustidan ariza yoki ma’muriy shikoyat yozishi mumkin. 

Bu orqali u o‘zining buzilgan huquqini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’muriy 

                                                 

6

 



“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun. 19-modda. 

 



 

hujjatni  bekor  qilish,  o‘zgartirish  va  haqiqiy  emas  deb  topish  “Ma’muriy  tartib-



taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra:  

“Ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga 

ko‘ra  ma’muriy  hujjatni  qabul  qilgan  ma’muriy  organ,  yuqori  turuvchi  ma’muriy 

organ tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa 

organlar  tomonidan  ham  bekor  qilinishi  yoki  o‘zgartirilishi  mumkin.”

7

  Ushbu 



moddadan  ma’muriy  organ  o‘zi  chiqargan  qarorini  bekor  qilishi  va  o‘zgartirishi 

mumkinligini bilib olishimiz mumkin.

 “

Qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan 



ma’muriy hujjat quyidagi hollarda ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki 

o‘zgartirilishi mumkin: 

qonun  talablariga  muvofiq  yoki  bunday  imkoniyat  bevosita  ma’muriy 

hujjatning o‘zida nazarda tutilgan bo‘lsa; 

agar keyinchalik o‘zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi 

o‘zgartishlar asosida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini olish maqsadida 

ma’muriy hujjatni bekor qilish zarur bo‘lsa; 

agar  ma’muriy  hujjat  bilan  qo‘shimcha  majburiyatlar  bog‘liq  bo‘lsa  va 

manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo‘lsa; 

agar  manfaatdor  shaxs  ma’muriy  hujjat  asosida  o‘ziga  berilgan  pul 

mablag‘laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo‘lsa; 

  agar ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish ushbu hujjat yuborilgan 

manfaatdor  shaxs  foydasiga  amalga  oshirilsa  va  bunda  boshqa  manfaatdor 

shaxslarga qiyinchilik tug‘ilmasa.”

8

 

Muammoli  vaziyatga  sabab  bo‘lgan  hokim  qarori  yuqorida  keltirib  o‘tilgan 



qonun  talablariga  muvofiq  yoki  bunday  imkoniyat  bevosita  ma’muriy  hujjatda 

keltirilganligi  uchun  bekor  qilinishi  yoxud  o‘zgartirilishi  kerak.  Ushbu  qaror 

manfaatdor shaxs foydasiga bekor bo‘layotganda, ma’muriy organ tomonidan hech 

qanday majlis o‘tkazilmasligi mumkin. Agarda manfaatdor shaxs manfaatlariga zid 

ravishda bekor bo‘lganda, u holda ma’muriy organ tomonidan majlis o‘tkazilar edi. 

                                                 

7

  

“Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonun 59-modda



 

8

    



Yuqoridagi manbaa.

 



 

Demak,  bizning  muammoli  vaziyatimizda  hokim  o‘zi  chiqargan  qarorini 



Toshpo‘latova  foydasiga  bekor  qilishi  yoki  tadbirkorning  manfaatini  ko‘zlagan 

holda  qarorni  o‘zgartirish,  ya’ni  unga  dorixona  qurish  uchun  qulay  yerdan  joy 

ajratishi  kerak  bo’ladi  va  buning  uchun  hech  qanday  majlis  o‘tkazilishi  talab 

qilinmaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

Foydalanilgan adabiyotlar: 



1.  “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun. 

2.  S.A.Murataev,  B.T.Musaev,  D.R.Artikov.  Ma’muriy  huquq  va  protsess.  – 

Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2019. – 418 b. 

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning  mulk  huquqlari  kafolatlarini  ta’minlash  hamda  yer 

uchastkalarini 

olib 

qo‘yish  va 



kompensatsiya 

berish 


tartibini 

takomillashtirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  911-son-

Qarori 

4.  O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. 

5.  “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun.   

 

  



 

Download 266,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish