Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун



Download 22,35 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi22,35 Kb.
#542292
Bog'liq
MPX


ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ЮРИДИК УНИВЕРСИТЕТИ
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ФИЛИАЛИ


2-курс талабалари учун
Модуль номи:_____________________
Иш тури: Оралиқ назорат
Ўтказилган сана: ____._____. 2021 й.


Сизнинг жавобингиз қуйидаги баҳолаш мезонлари асосида баҳоланади:




Муаммоли масаланинг моҳияти тўғри тушунилганлиги ва жавобнинг тўлиқлиги ҳамда масала мазмунига мос келиши

0

1

2

3

4

5


Мустақил фикрлар, назарий қоидалар, олимларнинг илмий қарашлари баён этилганлиги

0

1

2

3

4

5


Ҳуқуқни қўллаш амалиётидаги мисоллар асосида ижодий баён қилинганлиги, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар нормаларидан фойдаланилганлиги

0

1

2

3

4

5


Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг тўғри қўлланилганлиги ва шарҳланганлиги, шунингдек матнда грамматик, орфографик ва стилистик хатоларнинг мавжуд эмаслиги

0

1

2

3

4

5



Мустақил иш бўйича қўшимча тақриз:

Умумий балл

Текширувчи имзоси:___________






















































_______________________ __________
Талабанинг Ф.И.О. Курс
Модул номи _______________________
_________________
Талабанинг имзоси Қабул қилувчининг Ф.И.О. ва имзоси _______________________
2017 yil 28 sentabr kuni Toshkent shahar Olmazor tuman hokimining qaroridan norozi bo‘lgan fuqaro S.Mardonov Toshkent shahar Olmazor tuman ma’muriy sudiga ariza bilan murojaat qildi. Olmazor tuman ma’muriy sudining raisi sudya M.Komilovni fuqaro S.Mardonovga tegishli bo‘lgan ma’muriy ishni ko‘rib chiqib hal etishni topshirdi.
S.Mardonov 2000-2006 yillarda advokat va 2007-2016 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlagan edi. S.Mardonovga tegishli ma’muriy ishni ish yurituviga qabul qilish haqidagi qaror qabul qilinmasdan oldin sudya M.Komilovga S.Mardonov unga universitetda dars bergan o‘qituvchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bundan boxabar bo‘lgan va ishning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishiga shubha qilgan javobgar taraf – Olmazor tumani hokimiyatining vakili ishni mazmunan ko‘rib chiqish jarayonida sudyani rad etish haqida arz qildi. Sud raisi ishni boshqa sudyalardan biriga biriktirmoqchi bo‘lganda qolgan barcha sudyalar ham S.Mardonov qo‘lida tahsil olgan talabalar bo‘lganliklari ayon bo‘ldi.
Sud raisi S.Mardonovga tegishli ma’muriy ishning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishiga shubha uyg‘onmasligi uchun undan arizasini qaytarib olishni va uni yuqori turuvchi ma’muriy sudga kiritishni so‘radi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Sud hujjatining loyihasini tayyorlang.

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga bag’ishlangan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Bunga misol qilib, asosiy qonunimizning yettinchi va to’qqizinchi boblarini keltirib o’tsak bo’ladi. Bu boblarda inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va eng muhimi shaxsiy huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari ta’kidlab o’tilgan. Xususan, konstitutsiyamizning 7-bobi muhim ahamiyatga ega. Chunki unda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan bo’lib, har bir shaxsning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan har qanday hujjat, qaror yoxud boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqiga ega.


Shu singari o’tgan yillarda sudlarning mustaqilligini yanada mustahkamlash, soha vakillarini xolis va shaffof faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilyapti. Ushbu amaliy sa’y – harakatlar hayotda o’z ifodasini topmoqda ya’ni adolat tushunchasi bu sohada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham deyarli barcha maʼruzalarida eng koʻp takrorlanadigan soʻz aynan mana shu adolat va haqiqat soʻzlaridir. Bu so’zlar ulugʻ tushuncha boʻlib hisoblanadi. Davlatimiz rahbari adolatni qaror toptirish haqida gapirganida, albatta, unga qodir boʻlgan odil sudlov tizimini shakllantirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratadi.
Shunga monand qisqa muddatda zamonaviy konsepsiyaga asoslangan yangi yagona sud tizimi yaratildi. Odil sudlovga erishishning eng muhim omillaridan biri, sudyalar korpusini har tomonlama munosib, yetarlicha bilim va tajribaga ega, mustaqil qaror qabul qilish salohiyati bor boʻlgan shu bilan birgalikda yuksak maʼnaviyatli sudyalar bilan shakllantirish bo’lib hisoblanadi.
Oʻzbekistonda birinchi marta sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadigan, sudning chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Natijada sudyalarni tanlash va tayinlash uchun shaffof, adolatli va mustaqil tartib oʻrnatildi. Bugungi kunda Kengash tomonidan sudyalarni tanlash va tayinlash ochiq-oshkora, adolatli tarzda amalga oshirilmoqda.
Oxirgi vaqtlarda ma’muriy sud ishlarni yuritishda ishda ishtirok etuvchilar bilan bog‘liq muammolar jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda. Sudyani qay hollarda rad qilish mumkin? Prokuror, ekspertni, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish tartibi qanday? Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi qanday amalga oshiriladi va uning oqibatlari nimalardan iborat? Quyida bu haqida ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, sudya quyidagi hollarda ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
• mazkur ish ilgari ko‘rilganda sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
• mazkur ish ilgari ko‘rilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
• ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
• ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibidagi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
Sudyadan tashqari ishda qatnashayotgan prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa yoki ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjudligi aniqlansa ular ham ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim.
Bundan tashqari, ekspert va mutaxassisni uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga ishning muhokamasi paytida yoki o‘tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe bo‘lganligi, u o‘tkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa yoxud ishni ko‘rishda ulardan foydalanilayotgan bo‘lishi ham uni rad qilish uchun asos bo‘ladi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak. Ish ko‘rilayotganda o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga asos ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi qanday?
Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi. Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi. Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi. Bir nechta sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi. Sudyaning o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi masala yuqorida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudyani yoxud bir nechta sudyani yoki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida ko‘riladi. Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi kerak. Misol uchun ishni biror tuman ma’muriy sud ko‘rayotgan bo‘lsa, sudyalar rad etilsa, boshqa sudyalar qolmasa, ishni ko‘rish boshqa tuman ma’muriy sudiga o‘tkazilishi mumkin.


Download 22,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish