Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob,
oltita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’ydatidan iborat. Ish jami 63
betdan iboratdir.
7
I-BOB. O’ZBEKISTONDA FUQAROLARNING VIJDON ERKINLIGI
KAFOLATLARINING NAZARIY-HUQUQIY TAVSIFI
1.1
Fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarining o’ziga xos
xususiyatlari va ahamiyati.
Vijdon erkinligi tushunchasini kishilik jamiyatidagi ilg’or insoniyatning
doimiy diqqat markazida bo’lgan. Natijada faylasuflar, tarixchi, siyosatshunos
olimlar va dinshunoslar tomonidan vijdon erkinligiga oid bir qancha fikrlar yuzaga
keldi. Tadqiqotchilarning fikricha, vijdon erkinligining ta’minlanishi avvalo u
yashayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, qolaversa madaniyat darajasi,
savodli va bilimli bo’lishi bilan belgilanadi.
Respublikamizda bu masalaga jiddiy e’tibor berilmoqda desa adashmagan
bo’lamiz. Mustaqilligimizning erishilganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, bugungi
davrida ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan ishlar borasida vijdon erkinligini
rivojlantirishning real imkoniyati yuzaga keldi. Bugungi kunda “Fuqarolarning
diniy e’tiqod erkinligi huquqiga amal qilinmoqda – respublikada 15 ta diniy
konfessiya faoliyat ko’rsatmoqda
1
”.
Vijdon erkinligi keng ma’noda o’zining ichki e’tiqodiga obyektiv ravishda
tashqi obyektiv voqelikni tushunish va unga amal qilish erkinligini bildiradi.
Obyektiv olam sirlarini o’rganish, to’plangan ilmiy ma’lumotlarni sistemaga solib
muhim xulosalar chiqarishga intilish har bir tarixiy davrda yashab ijod etgan
olimlar, shoirlar, mutafakkirlarning ulug’vor maqsadlari bo’lganki, bu jarayonni
hamon vijdon erkinligini ta’minlash yo’lidagi bosqichlardan biri deb hisoblash
mumkin.
Vijdon erkinligi muammosiga biz tor ma’noda emas, balki, keng ma’noda
yondoshishimiz, ya’ni insonning keng darajadagi erkinligi, haq-huquqlarining
1
Karimov I.A. hozirgi bosdichda demokratik islohatlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Xalq so‘zi, 1996
yil, 30-avgust.
8
himoya qilish nuqtai nazaridan yondoshishimiz lozim. Fanimiz va madaniyatimiz
tarixini o’rganish shundan dalolat beradiki, o’zbek mutafakkirlarining vijdon
erkinligi yo’lidagi intilishlari tasodifiy hol emas, albatta. O’mishdagi juda ko’p
shoirlar, faylasuflar, tarixchilar, diniy ulamolar, shubhasiz, eski maktab va
madrasalaeda ta’limini ko’rgan.
Sharqning buyuk mutafakkirlari Rudakiy, Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy,
Farobiy, Firdavsiy, Nizomiy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnaki, Jomiy, Navoiy,
Bobir, Mashrab singari ijodi, madaniy merosi va asarlarida asriy kashfiyotlar,
nazariy xulosalarni surilishi umumjahon fani va madaniyati sohasiga qo’shilgan
hissa bo’lgan. Bu asarlarning ba’zilari diniy ruhdan holi bo’lmagan bo’lsada ular
vijdon erkinligini ta’minlash yo’lidagi yo’nalishga asos solgan.
Mustaqil Respublikamizda tarixan juda qisda vaqt ichida siyosiy tizimda
ulkan va jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Davlatimizning huquqiy poydevorini tashkil
etuvchi, jahon demokratik tizimlari va talablariga teng keluvchi O’zbekiston
Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Davlat tuzilishining bug’inlari va hokimiyat bo’linishining Konstitutsion
tamoyillari asosida qator qonunlar ishlab chiqilib, ularni hayotga tadbiq qilindi.
Ana shunday qonunlarning ichida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida”gi Qonuni ulkan tarixiy ahamiyatga ega.
Bu qonunning asosiy talablariga va vijdon erkinligi bilan bog’liq bo’lgan,
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksi, jinoyat kodeksi, oila
kodeksi va boshqa rasmiy hujjatlarda o’z aksini to’pgan qonunlardagi
ko’rsatmalarga amal qilish Respublikamiz istiqbolida muhim o’rin tutadi. Zero,
vijdon erkinligining huquqiy jihati diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan
davlatning huquqiy normalarida o’z aksini topadi. Huquqiy normalar esa
demokratik, qonunchilik, tartib o’rnatuvchi, qonunni joriy etuvchi, huquq tizimi
tamoyillari, kafolatlangan erkinligi va burchi bilan bog’liq bo’lgani uchun siyosiy
xarakterga ega bo’ladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi sharofati bilan O’zbekiston
9
fuqarolarda vijdon erkinligining huquqiy, ilmiy va demokratik asoslarining
ta’minlashga astoydil qadam qo’yildi.
Buni xalqimiz juda uzoq vaqtdan buyon kutgan bo’lib, uni ham vijdon
erkinligini ham muqaddas burch deb qabul qildi. Vijdon erkinligidagi demokratik
yo’nalishlar yangi qonunlar asosida og’ishmay amalga oshirilgan holda u huquqiy
va demokratik davlat qurayotgan respublikamiz talablariga mos tushadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisida Prezidentimiz
I.Karimov bu haqda shunday dedi: "Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik
g’oyasi, jamoatchilik fikrining ustivorligi zaminida shakllanadi. Bizning
mamlakatimizda demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi,
qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur. Ahloqiy,
ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor".
1
O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasiniig 31 moddasida belgilangan
O’zbekiston fuqarolarining xohlagan dinga e’tiqod qilish va hech qanday dinga
e’tiqod qilmayotganligining huquqiy asoslarini kafolatlanishi respublikamiz haqida
yuksak jamoatchilik fikrini shakllanishiga olib keldi. Zero, haqiqiy shaxs erkinligi,
fuqarolarning dinga bo’lgan munosabati erkinligi to’liq ta’minlandi. Dinga e’tiqod,
diniy ibodat va marosimlarning bajarilishi, diniy tashkilotlarga berilgan huquq va
burchlar hammasi faqat qonun doirasida bo’lgandagina respublikamizdagi
demokratik yo’nalishga hissa qo’shgan bo’lamiz.
Yana
shuni
hisobga
olishimiz
lozimki,
Prezidentimiz
I.Karimov
ta’kidlaganidek, shunchaki demokratik davlat emas, demokratik odil jamiyat
qurish asosiy maqsadimizdir. “O’tmishda oliy adolat g’oyasi mansabdor
shaxslarga qo’yiladigan talab va bahoning asosi bo’lgan. U davlatchilik negizlarini
belgilash, islomiy qoidalar va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz
tariximizdagi ana shu jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat
qura olmaymiz”
2
.
1
Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 12 -bet
2
Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, 15 -bet
10
Haqiqatdan ham O’zbekiston Respublika o’z mustaqilligiga erishishi sharofati
bilan respublika o’z Konstitutsiyasi va boshda qonunlari orqali yuqoridagi
erkinliklarni ta’minlashdan tashqari ularning rasmiy hujjatlar orqali kafolatladi.
Bunday erkinliklarsiz vijdon erkinligining to’liq ta’minlanishi amri mahol bo’lar
edi.
Vijdon erkinligining tor ma’nosiga e’tibor beradigan bo’lsak, har bir xalqning
dinga, shu jumladan o’zbek xalqining islomga va uning ta’limoti, urf-odati va
marosimchiligiga munosabati tushuniladi. Bunday vijdon erkiligi avvalo inson
erkinligi, qolaversa uning qanday jamiyat tizimi va siyosati ostida yashayotganligi
bilan belgilanadi. Masalan, qizil imperiya davridagi vijdon erkinligiga nisbatan
qo’llangan siyosat bir tomonlamali bo’lganligi uchun inson va millat erkinligi
cheklangaligi oqibatida uni to’liq ta’minlash imkoniyati bo’lmadi.
Respublikamizning mustaqillikka erishishi vijdon erkinligi ilmiy va adolatli
yo’lga qo’yishning real imkomiyatini vujudga keltirdi.
Har bir kishiga vijdon erkinligi, e’tiqod erkinligi, individual e’tiqod yoki
ko’pchilik bilan xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod
qilmaslik kafolatlanadi.
Kundalik hayotda vijdon tushunchasining yagona ma’nosi yo’q. Har xil
odamlar (turli yoshga va ijtimoiy qatlamga tegishli) bu tushunchaga har xil ma’no
berishga urinadilar. Bizning nazarimizda, ushbu tushunchani xarakteristikasini
uyg’un tarz yoritadigan ta’riflardan bir nechtasi keltiramiz.
Vijdon – bu ahloqiy ong, yaxshi va yomonga ichki ishonch, xatti-harakatlarini
tarbiyaviy jihatdan baholash; o’z xatti-harakatlariga ahloqiy javobgarlik ongi; odob
va axloq bilan o’zini tuta bilish qobiliyatini ko’rsata olishdir. Ushbu tushunchaning
mazmun va mohiyati ko’p qirraligidan kelib chiqqan holda bu termin har xil
sohalarda o’z ta’rifini to’pgan: ijtimoiy-tarbiyaviy, falsafiy, huquqiy va odob-
ahloqiy.
Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi, “vijdon erkinligi” tushunchasi bilan
birga keladi, Xudoga bo’lgan munosabatda, iymon keltirish erkinligi — xohlagan
11
dinga e’tiqod qilish imkoniyati, dinga betaraf munosabatda bo’lish yoki dinni rad
etadigan, hech qaysi dinga ishonmaslik huquqi kabi tushunchalar bilan ko’rsatiladi.
Vijdon erkinligi – fuqaro tomonidan turli diniy qadriyatlardan birini tanlash
erkinligini o’zida aks ettiradi, hamda, uning e’tiqod erkinligidan farqi, diniy va
dinsiz ma’naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidir.
Vijdon va e’tiqod erkinligi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |