20
3. Davlatlarning xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashda o z
faoliyatlarini muvofiqlashtirishining zarurligi.
4. Jinoyatchilikka qarshi kurashda
milliy va xalqaro huqu-
qiy vositalarni qo shib olib borishning zarurligi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik-
ning huquqiy asosi xalqaro jinoyat huquqining bir qismini tash-
kil etadi, deb hisoblaydigan bo lsak, unda xalqaro huquqiy huj-
jatlarda belgilangan, jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi
xalqaro hamkorlik masalalarini quyidagi
tartibga soluvchi prin-
siplar va me yorlar tizimiga ajratsa bo ladi:
a) alohida jinoiy harakatlarning barcha xalqaro hamjamiyat
uchun jiddiy xavfliligining davlatlar tomonidan tan olinishi va
uning oldini olish uchun hamkorlikda chora-tadbirlar zarurligi;
b) xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish bo yicha
ko riladigan choralarni muvofiqlashtirish;
d) xalqaro xarakterdagi jinoyatlar
ustidan davlatlar yuris-
diksiyasini joriy qilish va qilgan jinoyati uchun jazoni belgilash;
e) alohida tergov ishlarini amalga oshirish, jinoyatchilar-
ning qidiruvi va jinoiy ishlari bo yicha o zaro huquqiy yordam
ko rsatish;
f) xalqaro jinoyatchilik muammolarini o rganish va unga
qarshi choralar qo llash;
g) jinoyatchilikka qarshi kurash
masalasi bo yicha ma lu-
motlarni ayirboshlash
1
.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligi ko p
tomonlama va ikki tomonlama bitimlar asosida, shuningdek,
universal va mintaqaviy tashkilotlar doirasida amalga oshiriladi.
Xalqaro jinoyat huquqi zamonaviy xalqaro huquqning kom-
pleks mustaqil sohasidir. Xalqaro jinoyat huquqi normalari ikki
subyektga, ya ni davlatlarning o zaro vakolat va majburiyatlari
bo yicha hamkorligi va xalqaro jinoyatlar
uchun jismoniy shaxs-
larning jinoiy javobgarligiga qaratilgan bo ladi.
1
M.T. Turg unov, A.A. Matchanov, A.T. Niyozov. Jinoyatchilikka qarshi kurashda
xalqaro hamkorlik: ma ruzalar kursi./Mas ul muharrir y.f.d. professor A.X. Saidov.
T.: O zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 133-bet.
21
Yuqoridagilarga ko ra, xalqaro jinoyat huquqi davlatlar-
ning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorlikni tar-
tibga soluvchi prinsiplar va normalar majmui.
Uning o ziga xos
jihati shundaki, aniq kishilar, jismoniy shaxslar tomonidan sodir
etilgan xatti-harakatlar huquqiy tartibga solish obyekti sifatida
namoyon bo ladi.
Xalqaro jinoyat huquqining tartibga solish sohasida xalqaro
jinoyatchilikka qarshi kurash va odatdagi jinoiy ishlarga qarshi
kurashda hamkorlik kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: