148
Bosh Kotib Interpol
xizmatlariga rahbarlik qiladi, uning bud-
jetini boshqaradi. Bosh Assambleyaning, Ijroiya qo mitasining
qarorlariga muvofiq ravishda doimiy xizmat qismlarining ish-
larini tashkil qiladi va yo naltirib turadi.
Interpol Prezidenti 4 yil muddatga, Vitse Prezidentlar esa,
3 yil muddatga saylanadi. Saylangan muddati tugaganidan keyin
yana o sha muddatga qayta
saylanishi mumkin emas
1
.
Tashkilot Prezidenti Bosh Assambleya va Ijroiya qo mitasi-
ga rahbarlik qiladi. Barcha Interpol organlarining faoliyati qabul
qilinayotgan qarorlarga mos bo lishini kuzatadi. Bosh kotib bilan
aloqada bo ladi.
Interpolning tuzilishi unchalik murakkab emas. Bosh koti-
biyatda 4 ta bo lim mavjud:
1-bo lim Umumiy ma muriy rahbarlik;
2-bo lim Politsiya;
3-bo lim Axborot-ma lumot va tadqiqot;
4-bo lim Qo llab-quvvatlash
va texnik ta minot
2
.
Birinchi bo lim moliya va budjet, texnik ta minot, aloqa vosi-
talari, Interpol organlarining hujjatlari kabi masalalar bilan shu-
ullanadi. Asosan bular tashkilotning ichki ishlaridir.
Ikkinchi bo lim Interpol tizimida muhim organ bo lib, uning
bo limlari turli jinoyatlarni fosh etish bilan shug ullanadi.
Uchinchi bo lim axborot va ilmiy-tadqiqotlar markazi
hisob-
lanadi. Uning xodimlari politsiya xizmatlarining yangi metodla-
rini o rganadilar va umumlashtiradilar, turli aloqalarni yo lga
qo yadilar.
To rtinchi bo lim Interpolning International Criminal Police
Review degan jurnalini chop ettiradi. Jurnal 200 betdan iborat
bo lib, 2 oyda bir marta chiqadi.
1 Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. Darslik. T.: Yangi asr avlodi,
2001. 512-bet.
2 Batafsil qarang: A.X. Saidov Xalqaro huquq chizmalar va ta riflarda. O quv qo l-
lanma. T.2. Mas ul muharrir: yuridik fanlar doktori, professor U. Tojixonov. T.:
Adolat, 2001. 236 239-betlar.
149
1987-yildan Bosh kotibiyat tarkibida giyohvandlik vositalari
bilan noqonuniy muomala qilishga hamda boshqa jinoyatlarga
qarshi kurashishning mintaqaviy masalalarini
hal etish hamda
Yevropa davlatlari politsiya organlari hamkorligini rivojlantirish
maqsadida Yevropa kotibiyati faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi
kunda kotibiyat tarkibida qurollar bilan noqonuniy savdo qilish-
ga qarshi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish bo limlari fao-
liyat yuritadi.
Boshqa bo limda esa, qalbaki pul va metal tangalar, yo l
chiptalari, obligatsiyalar, aksiyalarning tayyorlanishiga qarshi
kurashish haqidagi ma lumotlarni tekshirib boradi. Bu yerda
qalbaki qimmatli qog ozlarni tekshirish bo yicha maxsus laba-
ratoriya faoliyat yuritadi. Shuningdek, hozirgi kunda dunyoning
15 mingdan ziyod bank va emission
muassalari obuna bo lgan
mazkur sohaga oid davriy adabiyotlar nashr etiladi.
Politsiya bo limining maxsus bo limi giyohvandlik vositala-
rining noqonuniy tarqalishi haqidagi ma lumotlarni to plash va
tahlil qilish bilan shug ullanadi.
Interpol o zining tez va doimiy faoliyat ko rsatuvchi, shu
jumladan, barmoq izlarini va fotorasmlarni, fototelegraf uzatish-
ni amalga oshiruvchi tezkor aloqa vositalariga ega.
Interpol quyidagi xalqaro qidiruv ishlarini amalga oshiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: