Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/95
Sana04.08.2021
Hajmi0,68 Mb.
#137918
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

Obyektiv tomondan
 jinoyat quyidagi harakatlardan birini 
sodir etishda ifodalanadi: odamlarni olish-sotish yoxud odamni 
undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashi-
rish yoki qabul qilish. 
Odam savdosining asosiy va eng xavfli shakllari sifatida 
quyidagilarni ko rsatish mumkin: 
1. Jinsiy ekspluatatsiya obyekti sifatida ayollar savdosi; 
2. Jinsiy ekspluatatsiya obyekti sifatida bolalar savdosi; 
3. Majburiy mehnatning obyekti sifatida odam savdosi; 
4. Odamning tabiiy organlarini ajratib olish (transplantat) 
maqsadlarida odam savdosi. 
Subyektiv tomondan jinoyat to ri qasd bilan sodir etiladi. 
Jinoyatning subyekti subyekt yoshga to lgan aqli raso jis-
moniy shaxs hisoblanadi. 
Odam savdosi hudud va chegara tanlamayotgan hamda bar-
cha davlatlarning xavfsizligiga birdek tahdid solayotgan trans-
milliy xarakterga ega bo lgan jinoyat bo lganligi sababli ushbu 
toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligi davlatlar-
aro va xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan o zaro ham-
korlikka bog liq. Respublikamiz odam savdosi bilan bog liq jino-
yatlarga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikka alohida 
tibor qaratdi. Xususan, mustaqillik yillarida davlatimiz xorijiy 
davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik (shu jumladan, odam sav-
dosi)ning xavfli ko rinishlariga qarshi kurash haqida 29 ta shart-
noma va kelishuvlarni imzoladi
1

                                                
1    Qodirov  R.  Odam  savdosi     umumjahon  miqyosidagi  muammo  //  O zbekiston  
Respublikasi Oliy Sudining Axborotnomasi, 2008-yil 5-son.   2 3-betlar. 


 
67 
Xususan, 1995-yilda O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning qaroriga ko ra, mamlakatimiz  Xotin qizlarni kamsitilishi-
ning barcha shakllariga barham berish to risida gi Konvensi-
yaga
1
 qo shildi, 2003-yil 30-avgustda O zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qaroriga ko ra, BMTning 1949-yilgi  Trans-
milliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to risida gi
2
 Kon-
vensiyasi ratifikatsiya qilindi, 2003-yil 12-dekabrda O zbekiston 
Respublikasi  Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan 
tanfurushlikdan foydalanishiga qarshi kurashish to risida gi 
Konvensiya va Yakunlovchi Bayonnomaga
3
 qo shildi, 2008-yil 
8-aprelda O zbekiston Respublikasi  Bolalar mehnatining og ir 
shakllarini taqiqlash va yo q qilishga doir shoshilinch choralar 
to risida gi Konvensiyani
4
 ratifikatsiya qildi. 
2008-yilda esa, BMTning  Transmilliy uyushgan jinoyatchi-
likka qarshi kurash to risida gi Konvensiyasini to ldiruvchi 
Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini 
olish bartaraf qilish va uning uchun javobgarlik to
risida gi 
                                                
1  
O zbekiston  Respublikasi  ushbu  Konvensiyaga  O zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining 1995-yil 6-maydagi 87 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 135-modda. 
2  BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi (BMT Bosh 
Assambleyasining 5525-sonli rezolyutsiyasi bilan 2000-yil 15-noyabrda ma qul-
langan). Mazkur Konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining 2003-yil 30-avgustdagi 536 II-sonli Qaroriga asosan ratifikatsiya 
qilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 
10-son, 150-modda. 
3  BMT Bosh Assambleyasining 1949 yil 2 dekabrdagi 317 (VI) sonli Rezolyutsiyasi 
bilan ma qullangan. O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 576 II-sonli Qaroriga asosan 
qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 
2004-yil, 1 2-son, 26-modda. 
4  Bolalar mehnatining og ir shakillarini taqiqlash va yo q qilishga doir shoshilinch 
choralar to risida gi 1999-yil 17-iyun Konvensiyasi. Mazkur Konvensiyani 
zbekiston  Respublikasi O zbekiston  Respublikasining 2008-yil 8-apreldagi 
RQ 144-sonli Qonuni bilan ratifikatsiya qilgan.// O zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 4-son, 180-modda. 


 
68 
Protokolni
1
 ratifikatsiya qilib, davlat o z zimmasiga aholini 
ogoh qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati sama-
radorligini oshirish va qurbonlarni himoya qilishga qaratilgan 
loyihalarni qo llab-quvvatlash va o tkazish orqali odam savdosi-
ning oldini olish hamda unga barham berish majburiyatini oladi.  
Yuqorida ta kidlanganidek, 2008-yil 17-aprelda O zbekiston 
Respublikasining  Odam savdosiga qarshi kurash to risida gi 
Qonuni
2
 qabul qilindi. Ushbu qonun qabul qilinishi bilan O zbe-
kiston Respublikasining Jinoyat kodeksining  odamlardan foy-
dalanish uchun ularni yollash  deb nomlangan 135-moddasi yangi 
tahrirda bayon etilib,  odam savdosi  uchun jinoiy javobgarlik 
belgilandi.  
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-maddasi 
1-qismida odam savdosi, ya ni odamni olish-sotish yoxud odam-
ni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, 
yashirish yoki qabul qilish jinoyat hisoblanib, unga nisbaatan 
jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Hozirgi kunda dunyo miqyosida, shu jumladan, O zbekiston 
Respublikasida ham insonning ozodligi, sha ni va qadr-qimmati-
ga qarshi qaratilgan jinoyatlar, ayniqsa, odam savdosi va odam-
larni ekspluatatsiya qilish uchun jalb qilish jinoyatlariga qarshi 
kurashga alohida e tibor qaratilmoqda. 
Xususan, 2008-yilning 17-apreldagi  Odam savdosiga qarshi 
kurashish to risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni, O z-
bekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi  Odam 
savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish to risi-
da gi Qarori qabul qilinib, shu asosda Odam savdosiga qarshi 
                                                
1  O zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi  BMTning transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasini to ldiruvchi Odam savdosi, ayniqsa, ayollar 
va bolalar savdosining oldini olish, bartaraf qilish va uning uchun javobgarlik 
to risidagi Protokolni (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) ratifikatsiya qilish to -
risida gi 160-sonli Qonuni.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 351-modda. 
2  
Qarang:  O zbekiston  Respublikasining  2008-yil  17-apreldagi  Odam  savdosiga 
qarshi kurash to risida gi O RQ 154-sonli Qonuni.// O zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2008-yil, 4-son, 190-bet. 


 
69 
kurashish bo yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tuzilib, 
uning Nizomi va tarkibi tasdiqlandi hamda  2008 2010-yillarga 
mo ljallangan odam savdosiga qarshi kurashish bo yicha Milliy 
Dastur ,  2011 2012-yillarga mo ljallangan odam savdosiga qar-
shi kurashish samaradorligini oshirish bo yicha tadbirlar rejasi , 
hozirgi kunda esa,  2013 2014-yillarga mo ljallangan odam sav-
dosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish bo yicha 
tadbirlar rejasi  ishlab chiqilib, barcha vazirlik va tashkilotlarga 
aniq vazifalar yuklatildi, ushbu reja ijrosi komissiya raisi va 
ishchi guruh tomonidan nazorat qilib borilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi  Odam sav-
dosidan jabrlanganlarga yordam berish va ularni himoya qilish 
bo yicha Respublika reablitatsiya markazini tashkil qilish to
-
risida gi 240-sonli Qarori qabul qilinib
1
, Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaa qilish vazirligi qoshida reabilitatsiya markazi 
tashkil qilindi va 2009-yil 18-noyabr kuni foydalanishga top-
shirildi. Mazkur Markazda odam savdosidan jabrlanganlarga 
tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko rsatiladi. 
Mamlakatimizda odam savdosi jinoyatlarining oldini olish, 
unga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlarni himoya 
qilish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar xalqaro tashkilot-
lar vakillari, bu sohadagi xorijiy ekspertlarning munosib e tiro-
figa sazovor bo ldi. 
Xususan, AQSh Davlat departamentining 2009-yil yakunlari 
bo yicha hisobotlarida O zbekiston Respublikasida odam savdosiga 
qarshi kurashish yo nalishida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baho-
lanib, Toshket shahrida tashkil etilgan Odam savdosidan jabrlan-
ganlarga yordam berish va ularni himoya qilish bo yicha Respub-
lika reabilitatsiya Markazi, bu yo nalishdagi faoliyat o z samara-
sini berayotganligi to risida alohida to xtalib o tilgan
2

                                                
1  O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to plami, 2008-yil, 44 45-son, 445-modda. 
2    
Äîêëàäû  Ïðàâèòåëüñòâà  ÑØÀ:  Äîêëàä  î  òîðãîâëå  ëþäüìè  çà  2009  ãîä  //  
Odam savdosiga qarshi kurashish bo yicha xalqaro shartnomalar va O zbekiston 
milliy qonunchiligi: hujjatlar to plami/Mas ul muharrir va so z boshi muallifi 
A.X. Saidov.   T.: O zbekiston, 2012.   20-bet. 


 
70 
Yuqoridagilarga ko ra, xalqaro odam savdosiga qarshi ku-
rashning eng samarali vositalaridan biri bu ushbu sohadagi 
xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo shma loyihalar va 
dasturlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishdir, degan 
xulosaga kelish mumkin. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish