Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 3. Mitinglar, yig„ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 3. Mitinglar, yig„ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi. 
 
Har qanday mamlakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, tanazuli ham 
fuqarolar faoliyatiga bog„liq. Mamlakatda bo„layotgan siyosiy voqyealarda, 
iqtisodiy jarayonlarda, xalqaro masalalarda fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, shu 
jarayonlarning ishtirokchisi sifatida o„z o„rnini topsa jamiyat rivojlanadi va bu 
rivojlanish fuqarolar taqdiriga ijobiy ta'sir qiladi. Demak fuqarolarning siyosiy 
faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi bu zaruratdir. 
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga konstitutsiya va qonunlar asosida 
beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali ta'minlanadi. 
Fuqarolarning siyosiy faolligi, ularga berilgan ayrim huquqdar orqali amalga 
oshiriladi. 
Jahon mamlakatlari tajribasida fuqarolarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga 
ta'siri turli shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolar voqyea-hodisalarga ta'sir 
etuvchi vositalarga erishish uchun o„zoq vaqtlar kurash olib borishgan, natijada 
ularga miting, namoyish, yig„ilish o„tkazish huquqi berilgan. 
O„zbekiston Konstitutsiyasida ham demokratiyani ajralmas xususiyatlaridan 
bo„lgan va fuqarolar faoliyatini ta'minlovchi miting, namoyish, yig„ilish o„tkazish 
huquqi mustahkamlab qo„yilgan. 33-moddada “Fuqarolar o„z ijtimoiy faolliklarini 
O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig„ilishlar va 
namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari 
faqat xafvsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o„tkazilishini to„xtatish yoki 
1
Қаранг: Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик 
жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. 46-бет.


167 
taqiqlash huquqiga ega” deb belgilangan. 
Shu moddani mazmuniga e'tibor bersak, birinchidan, miting, yig„ilish, 
namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari hisoblanadi. 
Ikkinchidan, mitinglar, yig„ilishlar, namoyishlar faqat qonunga asosan o„tkaziladi. 
Miting, yig„ilish, namoyishlar o„tkazish natijasida boshqa kishilarning, 
fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. Masalan, shunday tadbirlar 
o„tkazilishi natijasida transport harakati to„xtab qolsa yoki fuqarolar o„zlari uchun 
zarur mashg„ulotlar bilan shug„ullanish imkoniyatidan mahrum bo„lsa buni boshqa 
fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash mumkin. 
Miting, yig„ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish 
natijasida turli tuman zararli holatlar, ya'ni mol-mulklarni nobud bo„lishi, 
fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab turadi. Yoki ko„pchilik 
to„plangan vaqtda ularni tartibli ushlab turish imkoniyati bo„lmay qolishi 
natijasida, chegaradan chiqib ketish oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi 
mumkin. 
Bu holatni keyingi vaqtida arab mamlakatlarida bo„layotgan voqyealar ham 
tasdiqlaydi. 
Shuning uchun Konstitutsiyani o„zida hokimiyat organlari xavfsizlik nuqtai 
nazaridangina miting, yig„ilish, namoyishlar o„tkazishni to„xtatib qo„yishi, 
taqiqlashi mumkinligi belgilangan. 
Miting, yig„ilish, namoyish o„tkazish tashkilotchilari bu tadbirlar nima 
uchun, qaerda, qachon o„tkazilishi haqida hokimiyat organlariga xabar berishi va 
tadbir o„tkazishga ularning roziligini olishi qonun doirasida belgilangan. 
O„zbekiston Jinoyat kodeksining 217-moddasida “Yig„ilishlar, mitinglar, 
ko„cha yurishlari yoki namoyishlar o„tkazish tartibini bo„zish” uchun jinoiy 
javobgarlik belgilangan. 
Miting, yig„ilish va namoyishlarni xavfsizlikka va fuqarolar manfaatiga 
zarar yetkazmasligi nuqtai nazaridan, ularni o„tkazishga ruxsat berish yoki 
to„xtatish, taqiqlash tartibi boshqa mamlakatlarning qonunlarida ham uchraydi. 


168 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish