Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Ittifoqlar tuzish, hamdo„stliklarga va boshqa davlataro



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Ittifoqlar tuzish, hamdo„stliklarga va boshqa davlataro 
tuzilmalarga kirish 
 
O„zbekiston tashqi siyosati yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimiz 
xavfsizligini ta'minlashni maqsad qilib qo„yadi. Shuning uchun Konstiutsiyaning 
“Tashqi siyosat” bobi, 17-moddasida “Respublika davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, 
hamdo„stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkin” deb belgilab qo„yilgan.
Demak bu qoida O„zbekistonni xavfsizlik maqsadida turli birlashmalarga 
birlashishi mumkinligini konstitutsiyaviy asosda mustahkamlaydi. 
1991-yil 21-dekabrda Qozog„istonning Olmaota shahrida Ozarbayjon
Armaniston, Belorusiya, Qozog„iston, Qirg„iston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, 
O„zbekiston, Ukraina davlat boshliqlari uchrashuvida Mustaqil davlatlar 
hamdo„stligi (MDH) tashkil qilindi. 
Bu Sobiq Ittifoqi tarkibidan chiqib mustaqillikka erishgan davlatlarning 
dastlabki hamdo„stlik xalqaro tashkiloti edi. Bu tashkilotning tuzilishi a'zo 
mamlakatlarning taqdirida ijobiy rol o„ynaydi. Bu hamdo„stlik Sobiq ittifoq 
respublikalari o„rtasida turli qurolli to„qnashuvlar, bir-biriga chegara xususida 
e'tirozlar bildirishi kabi masalalarni oldini oldi. Hamdo„stlikni tashkil topishi 
Ittifoq davlat – Yugoslaviyani tarqab ketishidagi qon to„kilishlarini oldini oldi. 
Siyosatchilarni hozirgacha ta'kidlashicha agar MDH tuzilmaganda Sobiq ittifoq 
hududida Yugoslaviyadanda daxshatliroq urushlar bo„lishi va u hozirgacha davom 
etishi mumkin edi. MDH siyosiy tashkilot bo„lmay, ixtiyoriy iqtisodiy uyushma 
edi. 
MDH uyushmasi O„zbekistonga shu uyushma a'zolari bilan tenglik asosida 
ikki tomonlama aloqalar o„rnatishga katta imkoniyat yaratdi. 
MDH uyushmasi doirasida kollektiv xavfsizlikni ta'minlash imkoniyati 
vujudga keldi va mamlakatimiz bu yo„nalishda ham ishtirok etdi. 
2001-yil 15-iyunda Xitoy Respublikasining Shanxay shahrida, Xitoy, 
Rossiya, Qozog„iston, Tojikiston, Qirg„iston va O„zbekiston davlat boshliqlarining 


128 
uchrashuvida yangi tashkilot tuzilib, u Shanxay hamkorlik tashkiloti degan nom 
bilan xalqaro munosabatlarda o„z o„rniga ega bo„la boshladi. Bu tashkilotning 
tuzilishi XXI asrning boshlanishidagi eng muhim xalqaro voqyealardan biri bo„ldi. 
Tashkilot doirasida a'zo davlatlar xavfsizlikni birga hal qilish, bir-biriga ishonchni 
kuchaytirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohada hamkorlikni kuchaytirishga axd 
qildilar. 
Hozirgi kunda bu tashkilot doirasida a'zo davlatlar iqtisodiy, madaniy 
masalalarda hamkorlik qilib anchagina yutuqlarga erishdi. Ayniqsa bu tashkilot 
doirasida narkotrafik, terrorizmga qarshi kurash bo„yicha katta ishlar amalga 
oshirildi. Toshkentda tashkilotning tarrorizmga qarshi kurash mintaqaviy ijro 
qo„mitasi qarorgohi joylashgan, bu esa mamlakatimiz mazkur tashkilot faoliyatida 
teng asosda ishtirok etishini yana bir bor ko„rsatadi. 
O„zbekiston xalqaro siyosiy-harbiy tashkilot NATO faoliyatida ham 
NATOning tinchlik va xavfsizlik yo„lida hamkorlik dasturida ham ishtirok etadi. 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng (1992-yildan asr oxirigacha 
2000-yilgacha) juda ko„plab, mamlakatlar bilan hamkorlikka kirishdi, teng asosda 
shartnomalar tuzdi
1

Eng muhimi boshqa davlatlar qanday davlat bo„lishidan qat'iy nazar tenglik 
asosida hamkorlik o„rnatish asosiy vazifa deb qaraldi. “Rossiya Federatsiyasi bilan 
teng huquqli va o„zaro manfaatli aloqalar o„rnatish O„zbekiston uchun juda 
muhimdir”
2
– degan Prezident so„zlari har qanday hamkorlikda tenglik
O„zbekiston manfaati yotishiga alohida e'tibor berish zarurligini ko„rsatadi. 
O„zbekistonni mustaqillikka erishgan paytdan to hozirgacha olib borayotgan 
va Konstitutsiyaga asoslangan tashqi siyosati, natijasi, mevasi hozirgi kunda 
aholini tinch-totuv yashayotganida, har qanday davlatlar bilan tenglik asosida 
hamkorlik qilayotganida ko„rinib turibdi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish