Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

Oltinchi.
Konstitutsiyamiz sotsialistik tuzumda vujudga kelgan, uning ta'siri 
hisoblanmish yakka partiya (kommunistik partiya) hukmronligiga barham berib
jahon demokratik davlatchiligi tarixida qo„lanilib kelinayotgan, ijtimoiy hayot, 
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishini
biron-bir mafkura davlat mafkurasi sifatida o„rnatilishi mumkin emasligini 
mustahkamladi va ko„ppartiyaviylikka asos soldi (12-modda). Turli fikrlilik 
Konstitutsiyaning 34-moddasi normalari bilan yanada kengaytirildi. Unga asosan 
“Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek 
hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi 
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hyech kim kamsitishi 
mumkin emas”ligi mustahkamlab qo„yildi.
Shuning uchun ham “O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng 
demokratik, xalqaro miqyosda e'tirof etilgan me'yor va talablarga javob beradi”
1
.
Konstitutsiyamiz jahon Konstitutsiyaviy tajribasiga tayanib, undagi eng 
ijobiy jihatlarni o„zida aks ettiradi, u milliy qonunchiligimiz asosi, mustaqil 
davlatchiligimizning asosiy qonunidir. Buni Prezidentning: “..har qanday 
davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy 
1
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 107-бет.


62 
ongi va madaniyatini aks ettiradi”
1
degan so„zlari ham ko„rsatib turibdi. Shuning 
uchun Konstitutsiyamizda uning o„ziga xos jihatlari ham bo„lishi tabiiydir. 
Konstitutsiyamizning o„ziga xos jihatlari eng avvalo unda tarixiy davlatchiligimiz 
tajribasi va milliy qadriyatlarimiz, aks etganligi va Konstitutsiyaga milliy 
ma'naviyatimiz, madaniyatimiz, ahloqimiz singdirilganligidan kelib chiqadi. 
Konstitutsiyamizda davlat o„z faoliyatini ijtimoiy adolat va qonuniylik 
prinsiplari asosida olib borishi belgilanganishi (14-modda), O„zbek davlatchiligi 
adolatga tayanishi, uni ro„yobga chiqarishga intilish ana'na bo„lib qolganligidandir. 
Davlat 
boshqaruvida 
mahalliy 
miqyosda 
hokim 
instituti 
mustahkamlanganligi, fuqarolarni o„zini-o„zi boshqaruvida mahalla asosiy makon 
deb olinishi, tarixiy davlatchilik tajribasiga murojaat qilinganligdan dalolat beradi 
(99, 101, 102, 103, 104, 105-moddalar).
Oila munosabatlarining Konstitutsiyada belgilanishining o„zi ham 
qadriyatlarimizni 
asrab-avaylashga 
qaratilgan 
maqsad 
ifodasidir. 
Konstitutsiyamizda bitta bob (XIV bob) “Oila” deb nomlangan. Konstitutsiyaning 
tegishli moddalarida oila, oila jamiyatning asosiy bo„g„ini hisoblanib, jamiyat va 
davlat muhofazasida bo„lishi, voyaga yetganga qadar farzandlarni tarbiyalash va 
boqishdagi ota-ona majburiyati, voyaga yetgan farzandlarning ota-ona oldidagi 
majburiyati belgilab qo„yilgan.
Bundan tashqari, Konstitutsiya qabul qilinishida o„zbek davlatchiligi 
rivojining tarixiy tajribasiga tayanilganlik va ijtimoiy adolatga sadqqatni namoyon 
qilish Konstitutsiya muqaddimasida bayon qilingan. 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. –Т.: Ўзбекистон, 1992. 36-бет.


63 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish