Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 5. Davlat tili; boshqa millatlarning tili, urf-odatlari va an'analarini



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 5. Davlat tili; boshqa millatlarning tili, urf-odatlari va an'analarini 
hurmat qilinishi 
 
Til insonni boshqa jonzodlardan ajratib ko„rsatuvchi asosiy vositadir. Undan 
tashqari u millatni aniqlashdagi asosiy vosita ko„rsatgich. Tilni rivojlanishi, uning 
davomiyligi, boqiyligi undan foydalanuvchi millatning ma'naviyatiga bog„liq. 
Lekin til qo„shimcha himoya qilinmasa, zaiflashib, oqibatda yo„qolib ketishi 
mumkin.buni misoli sifatida ittifoq davrini eslash mumkin. O„zbek tili, sho„rolar 
davrida faqat turmushda ishlatiladigan tilga aylanib qoldi. Natijada ko„plab o„zbek 
millati vakillari boshqa tilni yaxshi o„rganishga e'tibor berib, o„z ona tilini esdan 
chiqara boshladi. O„zbek tili davlat miqyosida emas oilalardan ham siqib 
chiqarildi. 
Shuning uchun ittifoqning oxirgi yillarida ilg„or fikrlovchi ziyolilar, 
demokratik kuchlar, o„zbek tiliga davlat tili maqomini berish orqali o„zbek tilini 
mavqyeini saqlab qolish uchun kurash olib bordi.
O„zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun kurash, mustaqillik uchun 
kurashning debochasi bo„ldi. Natijada 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili 
to„g„risida” qonun qabul qilinib, o„zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu ittifoq 
davrida mustaqillik uchun, suverenitet uchun qilingan eng katta harakat edi. Shu 
paytdan boshlab o„zbek tilini rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. 


86 
Amaldagi 
Konstitutsiyamizning 
4-moddasida 
“O„zbekiston 
Respublikasining davlat tili o„zbek tilidir” deb belgilandi. Bu qoida “Davlat 
suvereniteti” bobida bejiz belgilanmadi. Ma'lumki davlat tiliga ega bo„lish suveren 
davlatga xos xususiyat. O„zbekistonning suveren davlat bo„lishi bir tomondan 
o„zbek tilini ta'minlanishi, rivojlanishiga imkon yaratsa, o„z navbatida aniq tilni 
(o„zbek tilini) davlat tili maqomiga ega bo„lishi suverenitetni ta'minlovchi vosita 
hisobalanadi. Suverenitet va davlat tili bir-biri bilan bog„liq hodisadir 
(kategoriyadir). 
O„zbek tili davlat tili maqomiga ega bo„lishi, 
birinchidan,
barcha qonunlar, 
qonun osti hujjatlari davlat tilida tayyorlanishini va amal qilishini ta'minlaydi. Bu 
narsa fuqarolarga qonunlarni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi. 
Ikkinchidan,
barcha davlat idoralarida ish yuritish, hujjatlarini tayyorlash o„zbek tilida olib 
borilishini ta'minlaydi. Bu ham aholini ko„pchilik qismini davlat idoralarida o„zi 
tushunadigan, biladigan tili orqali zarur ishlarda, tadbirlarda ishtirok etishiga 
imkoniyat yaratadi. 
Uchinchidan,
o„zbek tilini davlat tili hisoblanishi, bu tilni 
boshqa millat vakillariga ham uni o„rganish zaruratini vujudga keltiradi, o„zbek tili 
mamlakat doirasidan chiqib, boshqa davlatlar hududida ham o„z o„rniga ega 
bo„ladi. O„zbekiston bilan aloqa qiluvchilar, o„zbek tilini o„rganishga e'tibor 
beradi. 
Xalqaro munosabatlarda, anjumanlarda o„zbek tilini yangratish, O„zbekiston 
suverenitetining to„la ifodasi bo„ladi. 
O„zbekiston demokratik jamiyat qurar ekan, taraqqiyotga xavf soluvchi 
millatchilik va buyuk davlatchilik shovunizmini har qanday ko„rinishlarini rad etdi 
va bular mamlakatimizda hyech qachon bo„lmasligi choralarini ko„rdi. O„zbekiston 
ko„p millatli davlat hisoblanadi. Mamlakatda yashovchi barcha millat va elatlarni 
tengligini ta'minlamay turib, barqarorlikka erishib bo„lmaydi. Millat va elatlarning 
tengligini faqat qonunlarda belgilab qo„yish bilangina emas, amalda ta'minlansa, 
ijobiy natija beradi. Millat va elatlarning jamiyat hayotida tengligini ta'minlashda 
ko„plab vositalar bo„lib, ular orasida barcha millat va elatlarning, 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish