§ 3. O„zbekiston Prezidentini saylash tartibi
Barcha mamlakatlarda prezident ma'lum muddatga saylab qo„yiladi. Saylov
har xil bo„lishi mumkin. Masalan, ayrim davlatlarda Prezidentni parlament (xalq
vakillari) saylaydi (Italiya, Chexiya, Polshada); ayrim mamlakatlarda faqat
338
prezident saylash uchun maxsus anjuman chaqiriladi (Germaniyada); ayrim
mamalakatlarda prezidentni saylovchilar vakili saylaydi (AQSHda); ayrim
mamlakatlarda
prezidentni
bevosita
xalq
saylaydi
(Fransiya,
Rossiya,
Qozog„istonda). Demak prezident saylovida jahon tajribasida to„g„ridan-to„g„ri
saylov yoki pog„onali saylov qo„llaniladi.
O„zbekistonda ham Prezidentni saylovchilar – ya'ni xalq umumiy, to„g„ri,
teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo„li bilan saylaydi.
To„g„ri saylov orqali prezident xalq tomonidan saylanganda u xalqdan
vakolat oladi, boshqa xech qanday tuzilma oldida mas'ul bo„lmaydi. Undan
tashqari to„g„ri saylov natijasida prezident saylangan mamalkatlarda prezidentning
vakolatlari keng bo„ladi, boshqa hokimiyat tuzilmalariga ta'siri kuchli bo„ladi.
Prezidentlik instituti Konstitutsiyaviy huquqda, umuman jamiyat hayotida
muhim institut hisoblanadi.
Shuning uchun Prezidentni saylashning asosiy holatlari, prezident
vakolatlari, boshqa hokimiyat tuzulmalari bilan munosabatining asoslari
Konstitutsiyada belgilangan. O„zbekiston Konstitussiyasining 90-moddasiga
asosan: O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o„ttiz besh yoshdan kichik
bo„lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil
O„zbekiston hududida muhim yashayotgan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi
saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O„zbekiston
Respublikasining Prezidenti bo„lishi mumkin emas.
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti O„zbekiston Respublikasining
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to„g„ridan-to„g„ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo„li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash
tartibi O„zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida Prezident saylovi (boshqa vakillik
organlari kabi) uning vakolat muddati tugaydigan yilda dekabr oyi uchinchi o„n
kunligining birinchi yakshanbasida o„tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va
to„g„ridan-to„g„ri saylov huquqi asosida yashirin ovozberish yo„li bilan o„tkaziladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
339
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylanishi
mumkin
emas
va
saylovda
qatnashmaydilar.
Shuningdek
Konstitutsiyaning bu moddasida har bir saylovchini bir ovozga ega ekanligi, uning
xohish-irodasining bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanishi belgilab
qo„yilgan.
Bundan tashqari Konstitutsiyaning 96-moddasida ham prezident sayloviga
taalluqli holat mavjud. Unga ko„ra prezident o„z vazifasini betobligi tufayli bajara
olmasligi tegishli komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan vaqtida uch oy ichida
saylov o„tkazish kerakligi belgilangan.
Konstitutsiyaning
bu
normalari
Prezidentlik
vakolat
muddatini,
Prezidenlikka saylanuviga nisbatan qo„yiladigan talablarni, saylov o„tkazish
muddatini, saylov huquqi prinsiplarini belgilangan holda prezident saylash tartibi
Qonun bilan belgilanishini ko„rsatib qo„ygan.
Bunday qonun – 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risida”
1
gi qonundir. Bu qonun Konstitutsiya
qabul qilinguncha qabul qilingan bo„lib, uni asosida 1991 yil dekabda O„zbekiston
Prezidenti saylovi o„tkazilgan. Qonunga keyinchalik bir necha o„zgartirishlar
kiritildi.
Qonunda saylov o„tkazishning barcha demokratik prinsiplari o„z o„rnini
topgan, u xalqaro saylov standartlariga mos keladi.
Qonun Prezident saylovini umumiy, teng, to„g„ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berishi yo„li bilan o„tkazilishini, saylov, saylov komissiyalari
tomonidan o„tkazilishi, saylovlarga tayyorgarlik ko„rish va o„tkazish oshkora
o„tkazilishi, saylovni moliyaviy ta'minotni, saylov qonunchiligi buzganlik uchun
javobgarlik masalalarini belgilaydi va saylov jarayonini mukammal tartibga solish
bilan, saylovga tayyorgarlik ko„rish, o„tkazish, natijasini aniqlash, e'lon qilishi
masalalarini aniq tartibga soladi.
Prezident saylovi, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov
1
Ўзбекистон Республикаси Олий мажлиси фаолиятини тартибга солувчи қонун хужжатлари тўплами. Тел:
340
kompaniyasi boshlanishini Prezident vakolati tugashidan kamida uch oy oldin e'lon
qilinishi bilan boshlandi.
Undan so„ng saylov okruglari tuziladi, Prezident saylovida xar bir viloyat,
Toshkent shahar va Qoraqalpog„iston Respublikasi hududi bir okrug sifatida
belgilanadi va bu haqda MSK qarori saylovdan yetmish besh kun qolganda e'lon
qilinadi.
Saylovga oltmish kun qolganda kamida 20 nafar ko„pi bilan 3000 saylovchi
hisobiga saylovchilar uchastkalari okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Istisno tariqasida saylovga besh kun qolganda ham saylov uchastkasi tuzilishi
mumkin.
O„zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida ham saylov
uchastkasi tuzish, ularni qaysi okrugga biriktirish masalasini MSK hal qiladi.
Prezidentlikka saylovni MSK, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov
komissiyasi tashkil qiladi. MSK doimiy faoliyat ko„rsatuvchi muassasa, u Oliy
Majlis tomonidan tuziladi.
Okrug saylov komissiyasi MSK tomonidan saylovga kamida yetmish kun
qolganda rais, rais o„rinbosari, kotib va kamida 6-8 nafar a'zodan iborat tarkibda
tuziladi.
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga
kamida qirq kun qolganda 5-19 nafar a'zodan shu jumladan, rais, rais o„rinbosari,
kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a'zodan ibrat
tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Saylov komissiyasini tuzish tartibi
vakolatlari, ishini tashkil qilish, Prezident saylovi to„g„risidagi qonunini 12-20
moddalarida belgilangan.
Saylov jarayonini eng muhim mas'uliyatli bosqichi Prezidentlikka nomzod
ko„rsatishi hisoblanadi. Prezidentlikka nomzod ko„rsatish huquqiga tegishli
tartibda saylovgacha to„rt oy oldin Adliya vazirligidan ro„yxatga olingan siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |