198
XIII bob. Fuqarolarning asosiy burchlari
§ 1. Asosiy burchlar tushunchasi
Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi
bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham
belgilanadi.
Burch ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir.
Ayniksa fuqaro va davlat
munosabatlarini tug„ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta'minlashda
burch zarur bo„lib, u davlatda ham fuqarolarda ham bo„ladi. Mamlakatda jamiyat,
fuqarolar, davlat manfaatidan kelib chiqib burchlar o„rnatiladi. Bu yerda
fuqarolarning burchi aniqrog„i asosiy burchi to„g„risida fikr yuritamiz.
Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o„rnatilib, ular fuqarolarning
huquqlarini buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon
yetmasligi nuqtai nazaridan
belgilanadi.
Burch asosan qoidalardan kelib chiqadi; u doimiy yoki muddatli bo„ladi;
davlat tomonidan belgilanadi va bajarilishi talab etiladi. Burch ixtiyoriy bajarishga
xavola qilinadi, ixtiyoriy bajarilmaganda jinoiy, ma'muriy jazolar ko„llaniladi.
Burchni bajarish barcha uchun majburiy,
ayrim burchlar esa alohida
fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni - o„tash burchi hammaga ham
taalluqli emas. Xuddi shuningdek qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy
yig„imlarni xech qanday daromadga ega bo„lmaganlar to„lamaydi.
Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish
va boshqa faoliyatlari
buyicha ko„plab burchlar belgilangan.
Konstitutsiyada esa jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy va eng zarur,
qilinishi majburiy yoki qilish mumkin bo„lmagan xatti-harakatlar burch sifatida
belgilangan. Shuning uchun ular mazmuni,
amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtai
nazaridan asosiy burchlar deb ataladi. Fuqarolarning “Konstitutsiyaviy burchi”
yoki “asosiy burchi” bir ma'noda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy burchlarni
bajarilishidan jamiyat a'zolari, davlat birdek manfaatdordir. Yana burchlar ixtiyoriy
va to„la bajarilishi jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi.
199
O„zbekistan Konstitutsiyasining XI-bobi “Fuqarolarning burchlari” deb
nomlangan va olti moddani o„z ichiga oladi. Bu burchlar siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy
masalalarga
taalluqli, bajarilishi majburiy xatti-harakatlardir.
Konstitutsiyada faqat nimalar burch ekanligi ko„rsatilib, ularni bajarmaslik
uchun jazolar ko„rsatilmagan. Belgilangan burchlarni bajarmaganlik uchun jinoyat
va ma'muriy qonunchilikda jazolar belgilangan. Burchlarni bajarmaganlik uchun
jazo turlari va miqdori qonunlarda belgilangan doirada sud tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: