354
§ 6. O„zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari
Prezident davlat va jamiyat hayotida eng muhim rol o„ynaydigan hokimiyat
tizimida markaziy o„rinda turadigan lavozimdir.
Prezident millat faxri, ramzi
hisoblanadi. Shuning uchun Prezident o„z vakolatlarini samarali, hyech qanday
to„siqlarga
uchramay, taziyqlardan holi olib borish uchun Konstitutsiya va
qonunlarda Prezidentlik faoliyati alohida tartibda kafolatlari muhofaza qilinadi.
Konstitutsiyaning 91-moddasi, “Prezident o„z vazifasini bajarib turgan
davrda boshqa haq to„lanadigan lavozimini egallashi, vakillik organining deputati
bo„lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.” – degan
qoidani o„rnatish bilan Prezident faoliyatining muhofaza qilish asosini yaratgan.
Barcha mamlakatlarda bo„lgani kabi, O„zbekistonda ham, 2003 yil 25
aprelda qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
faoliyatining asosiy
kafolatlari to„g„risida” qonun qabul qilingan. U Prezident faoliyati uchun zarur
tartiblar va kafolatlar yaratishni ko„zda tutadi.
Qonunda Prezidentning dahilsizligi, uni muhofaza qilish (qo„riqlash),
faoliyatini ta'minoti, uy-joi, tibbiy ta'minoti belgilangan.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizligi va immunitetiga egadir.
Daxlsizlik uning turar joyiga,
xizmat xonalariga, yukiga, shaxsiy va transport
vositalariga, yozishmalariga, aloqa vositalariga, tegishli hujjatlariga tatbiq etiladi.
O„zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bog„liq harakatlar uchun jinoiy
va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Prezidentga nisbatan
ushlab turish, so„roq qilish, tintuv yoki shaxsni ko„zdan kechirish mumkin emas.
O„zbekiston Prezidentining xafsizligini ta'minlash qonun hujjatlarda
belgilangan normativ va talablarga muvofiq O„zbekiston Milliy xafsizlik xizmatiga
yuklanadi.
Prezidentning qonuniy faoliyatiga to„sqinlik qilinishiga, shuningdek qadr-
qimmatiga putr yetkazilishiga yo„l qo„yilmaydi, shunday
holatlar sodir etilgan
bo„lsa qonun bilan jazolanadi.
355
Prezidentning mehnatiga haq to„lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi. Unga muddati o„ttiz olti kundan iborat yillik haq to„lanadigan
ta'til beriladi.
Prezident iste'foga chiqqach, umrbod Senat a'zosi bo„lib qoladi.
Prezidentga Toshkent shahrida va Toshkent viloyatlarida qarorgohlar
beriladi. Prezident aloqa vositalarining barcha turi bilan ta'minlanadi. Prezidentga
avtotransport, shuningdek mamlakat ichkarisi va chet ellarga qilinadigan safarlar
uchun samalyot va vertalyot ajratiladi. Prezidentga bepul tibbiy xizmat ko„rsatiladi
va sanatoriya-kurortlarda davolanishi ta'minlanadi.
Yuqorida qayd qilinganidek
Prezident hayoti, sog„ligi, sha'ni qonun bilan alohida muhofaza qilinadi. Prezident
hayoti, sog„ligi, sha'ni, obro„siga qarshi qilingan harakatlar uchun O„zbekiston
Respublikasi Jinoyai Kodeksida jazolar belgilangan.
Jinoyat kodeksining 158-moddasida bu masala quyidagicha hal qilingan:
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish o„n yildan
yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish
besh yildan o„n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga
tuhmat qilish, shunngdek, matbuot yoki boshqa ommaviy
axborot vositalaridan
foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Prezident faoliyatining asosiy kafolati qoidalari EKS-Prezidentiga (Sobiq
Prezident) va uning oila a'zolariga ham tatbiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: