306
o„tadigan joylar bilan ta'minlash, saylov uchastkalarini tegishli holatga keltirish,
moddiy ta'minotiga yordam berish, saylov komissiyalari a'zoligiga
nomzodlar
taqdim qilish, tegishli Kengashlarga saylov o„tkazuvchi komissiyalarni tuzish bilan
saylov jarayonida ishtirok etadi.
Saylovlarni adolatli, qonun asosida o„tishini, fuqarolar saylov huquqlarini
buzilishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida saylov jarayonida sud va prokuratura
organlarini ishtiroki ham nazarda tutilgan ularning vazifa va vakolatlari saylov
to„g„risidagi qonunlarda belgilangan.
§ 6. Saylov o„tkazish muddatlari va saylov kampaniyasining
boshlanganligini e'lon qilish
O„zbekiston Respublikasining
vakillik organlariga, Prezidentlikka saylov
o„tkazish muddatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo„yilgan.
Saylovlar muddatli, zarurat tufayli yoki navbatdan tashqari bo„lishi mumkin.
Muddatli saylovlar Prezident va vakillik organlari (vakillik organlari deganda
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarning barcha bo„g„inlari nazarda
tutiladi) vakolat muddati tugashi bilan o„tkaziladi. O„zbekiston Prezidentligiga
vakolat muddati, 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan. Konstitutsiyaga o„zgartirish
kiritish to„g„risidagi qonunga asosan yetti yil qilib belgilangan edi. 2011-yil dekabr
qonuni bilan Konstitutsiyaga kiritilgan o„zgartirishga
asosan besh yil qilib
belgilandi.
Vakillik organlarini barchasining vakolat muddati besh yil qilib belgilangan.
Shu muddatni o„tishi yangi saylov o„tishiga sabab bo„ladi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida “O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasiga hamda
Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qorg„i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy
vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o„n kunligining birinchi
yakshanbasida o„tkaziladi” – deb belgilangan. Bunday saylov o„tkazish muddatini
307
avvaldan aniq belgilanishi saylovlarni har doim bir vaqtda, oldinga, orqaga surish
imkoniyatini yo„q qilib, saylovlarni bir vaqtda barqaror o„tishini ta'minlaydi,
bunday tartib dunyodagi ko„plab mamlakatlar tajribasida uchraydi.
Zaruratga qarab o„tkaziladigan saylovlar, deputatlik o„rni bo„shab qolgan
vaqtlarda o„tkaziladigan saylovlardir. Ular besh yil mobaynida har qanday vaqtda
o„tkazilishi mumkin, faqat vakillik organini vakolat
muddati tugashiga olti oy
qolganda, bo„shab qolgan joylarda saylov o„tkazilmasligi mumkin.
Navbatdan tashqari saylovlar Konstitutsiyaning 96-moddasida ko„zda
tutilgan ya'ni Prezident betobligi tufayli o„z vazifasini bajara olmagan taqdirda,
Konstitutsiyaning 95-moddasidagi holatlar mavjud bo„lib, Oliy Majlis palatalari
tarqatib yuborilganda muddatdan tashqari saylov o„tkaziladi. Bunday saylovlar uch
oy mobaynida o„tkazilishi belgilangan.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to„g„risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga
asosan viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari lavozimi ko„rsatilgan nomzodlarni tegishli Kengashlar
uch marta rad etsa, Prezident Kengashni tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda
ham saylov uch oy muddat ichida o„tkaziladi.
Prezident saylovi, vakillik organlariga saylov, saylov kampaniyasi
boshlanganligini e'lon qilish orqali boshlanadi. “Markaziy
saylov komissiyasi
to„g„risida” va vakillik organlariga saylov to„g„risidagi qonunlarda saylov
kampaniyasini boshlanganligini e'lon qilish vakolati MSKga berilgan.
Saylov kampaniyasi boshlanganligi tegishli organlarning vakolat muddati
tugashidan kamida uch oy oldin e'lon qilinadi. Bu saylov jarayonlarini boshlanishi
hisoblanadi.
Shuningdek, saylov tayinlash yo„li bilan ham o„tkaziladi, jumladan takroriy
ovoz berish, takroriy saylov yoki o„rni bo„shab qolgan okruglarda saylov o„tkazish
haqida, uni kuni, vaqti haqida qaror qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasiga takroriy ovoz berish haqida okrug saylov
komissiyasi MSK xabardor qiladi va ikki haftalik muddatda takroriy ovoz berish
308
o„tkaziladi.
Takroriy saylov bir oy muddatda MSK topshirig„iga
binoan okrug saylov
komissiyasi tomonidan o„tkaziladi. Bo„shab qolgan o„rinlarga saylov MSK
tomonidan saylov o„tkazishga bir oy qolganda tayinlanadi.
Mahalliy Kengashlarga takroriy ovoz berish, takroriy saylov yuqoridagi
muddatlarda okrug saylov komissiyasi tomonidan o„tkaziladi. O„rni bo„shab
qolgan o„rinlarga saylov esa, tegishli xalq deputatlari
Kengashlari tomonidan
saylov o„tkazilishi kechi bilan bir oy qolganda tayinlanadi. Aslida bu ishni tegishli
kengashlarga saylov o„tkazuvchi komissiya zimmasiga yuklansa to„g„ri bo„lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: