Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 4. Huquq va erkinliklarni sud orqali himoya qilish. Sudga shikoyat



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 4. Huquq va erkinliklarni sud orqali himoya qilish. Sudga shikoyat 
qilish huquqi 


192 
Huquqiy davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashning eng 
asosiy va samarali vositasi huquq va erkinliklarni sud tomonidan ta'minlanishidir. 
Aslida sud tomonidan huquq va erkinliklarni ta'minlanishi ham, huquq va 
erkinliklarini davlat tomonidan ta'minlinishining bir ko„rinishidir. Lekin sudni 
boshqa hokimiyatlardan mustaqilligi, faqat qonunga bo„ysunishi o„rnatilganligi 
himoyani samarali bo„lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari sud fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini hatto davlatdan, uning organlaridan ham himoya qiladi. Shuning 
uchun fuqarolarning huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi, sudga shikoyat 
qilish huquqi, kafolatning alohida, ta'sirchan shakli sifatida Konstitutsiyada maxsus 
moddada mustahkamlangan. 
44-moddada “Har bir shaxsga o„z huquq va erkinliklarni sud orqali himoya 
qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining, g„ayri 
qonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”. - deb 
belgilangan. Bu moddaning mazmuni ko„rsatadiki, fuqarolar o„zlarining har 
qanday huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun, sudga shikoyat qilish 
huquqiga ega. Bunday huquq fuqarolarning huquqlari davlat organlari, mansabdor 
shaxslar, jamoat birlashmalari tomonidan g„ayri qonuniy xatti-harakat oqibatida 
buzilgan taqdirda amalga oshiriladi. 
Sudga 
shikoyat 
qilishi 
huquqi 
kafolatlanadi. 
Kafolatlar “Sudlar 
to„g„risida”gi, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-
harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to„g„risida”gi qonunlar bilan 
ko„zda tutilgan. 
Sud hokimiyati organlarining asosiy vazifasi sobiq tuzumdagi singari 
jazolash bo„lmasdan, qonunlarga asosan, fuqarolar huquq va erkinliklari hamda 
qonuniy manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi. 
Sudlarga shikoyat qilish tartibini belgilovchi qonun esa, har qanday hollarda 
sudga buzilgan huquqlarini tiklashni, tegishli organ, mansabdor shaxs, jamoat 
birlashmalarini noqonuniy hujjatlarini bekor qilishni so„rab murojaat qilish 
mumkinligini belgilagan. 
Fuqarolar o„z huquq va erkinliklari oshkora buzilganda (agar fuqaro 


193 
shunday xulosaga kelgan taqdirda), huquq va erkinlarini amalga oshishiga 
to„skinlik qiluvchi holatlar mavjud bo„lsa, fuqarolar zimmasiga qonunlarda ko„zda 
tutilmagan vazifalar yuklansa sudga murojaat etishga haqlidir. 
Qonunda shikoyatni qaysi sudga berish tartibi, sudga murojaat qilish 
muddatlari, murojaatni ko„rib hal qilish tartibi va muddatlari belgilab qo„yilgan. 
Sud shikoyatni ko„rib chiqib, u asosli bo„lsa shikoyatni: qondirish, qisman 
qondirish haqida, shikoyat asossiz bo„lsa uni asossizligini isbotlab qaror qabul 
qiladi. 
Shikoyat qondirilganda sud shikoyatga sabab bo„lgan xatti-harakatni, 
qarorni to„xtatish, bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Sudni chiqargan qarorini 
bajarish barcha organlar va mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari uchun 
majburiydir. Sud o„z qarorida shikoyatni qondirish bilan birga, fuqarolarga 
yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlarni qoplash choralarini ko„radi. 
Fuqaro bergan shikoyati yuzasidan sudning chiqargan qaroridan norozi 
bo„lsa, yuqori sudga belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga 
ega. Bu shikoyat endi shikoyatni ko„rgan sud xatti-harakati va qarori ustidan ham 
norozilikdan iborat bo„ladi. 
Fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi to„la ta'minlangandagina, huquq 
va erkinliklarning kafolati to„la bo„lishi mumkin. Shuning uchun sud-huquq 
sohasida olib borilayotgan islohotlar bu masalani yanada takomillashtirish 
choralarini belgilamoqda va shunga erishilmoqda. 
Bu haqda Prezident shunday ta'kidlaydi: “fuqarolarning sud orqali 
himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish 
imkoniyatlarni yanada kuchaytirishni ta'minlash bo„yicha katta ko„lamdagi chora-
tadbirlar amalga oshirildi”
1


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish