Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 7. Davlat o„z faoliyatida tayanadigan prinsiplar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 7. Davlat o„z faoliyatida tayanadigan prinsiplar 
O„zbekiston o„z taqdirini belgilovchi asosiy hujjat – Konstitutsiya qabul 
qilishdan ko„zlagan maqsadlaridan biri sifatida demokratiya va ijtimoiy adolatga 
sadoqatni namoyon qilish ekanligini e'tirof etgan. 
Davlat o„z faoliyatini belgilar ekan, shu faoliyat jamiyat farovonligini 
ko„zlashga qaratilganligi hamda bu yo„lda adolat va qonuniylik prinsipiga 
asoslanishi Konstitutsiyaviy darajada belgilangan (14-modda). 
Davlatning faoliyati, eng avvalo jamiyat farovonligini ko„zlashi, xalq 
xohish-irodasiga to„la mos tushadi. Bu yo„lda davlatning tashkilotchilik qobiliyati, 
undan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jamiyat farovonligiga erishish yo„lida iqtisodiy asoslarni yaratish, bozor 
munosabatlarini shakllantirish borasida davlatning o„tkazayotgan tadbirlari 
Konstitutsiyaviy normalarini hayotga tatbiq qilishdir. 
O„zbekiston faqat demokratik huquqiy davlat emas demokratik odil davlat 
ko„rishni maqsad qilib qo„ygan
2

Jamiyatda adolat o„rnatilmasa, boshqa amalga oshirilayotgan tadbirlar o„z 
samarasini bermaydi. Adolat hamma jabhalarda, siyosiy hayotda, iqtisodda 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт 
кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997. 174-бет.
2
Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий 


109 
turmushning barcha munosabatlarida o„rnatilishi zarur. 
Adolatni buzilishi og„ir oqibatlarga, fojiaga sabab bo„ladi. Ijtimoiy adolatni 
buzish aholini shunday ham tang ahvolini yanada og„irlashtirib, jiddiy ijtimoiy 
ziddiyatlarga olib kelishi mumkin
1

O„zbekiston bir tuzumdan boshqa tuzumga o„tdi. Uning davrida odamlarni 
moddiy ahvolini yomonlashuviga olib keladigan, nomatlub, keskin qarorlar qabul 
qilishga ham to„g„ri keldi. Ana shunday paytda aholini kam ta'minlangan ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qismini turli choralar bilan qo„llab-quvvatlash ijtimoiy adolat 
prinsipiga amal qilish natijasi bo„ldi. 
Umuman O„zbekistonning rivojlanishini belgilovchi tamoyillar orasida, 
kuchli ijtimoiy himoyani tashkil qilish doimo o„zini sezdirib turadi. 
Adolat prinsipini namoyon bo„lishi, mamlakatimiz xalqining munosib. 
farovon va erkin hayotini ta'minlashga har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan 
to„liq foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga o„z ta'sirini ko„rsatadi. 
Adolat prinsipini amal qilishi natijasida Respublikamizda osoyishtalik va 
barqarorlik saqlanib turibdi. 
Adolat prinsipiga amal qilish, uni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
qo„llashga erishish, davlatga juda qimmatga tushadi. Buning uchun juda katta 
mablag„lar zarur bo„ladi, lekin “Adolat va haqiqat g„oyasi ijtimoiy hayotimizning 
barcha sohalarini qamrab olmog„i darkor. Adolat va haqiqat g„oyasi qonunchilik 
faoliyatimizning zamini bosh yo„nalishi bo„lmog„i shart. Davlatchilik va fuqarolik 
munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq tabiatni muhofaza qilish va – 
jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari, qo„yinki, hayotimizning hamma 
jabhalari ana shu zaminga tayanishi zarur”
2

Adolat prinsipi davlatchilik tariximizda azaldan qo„llanib, u mansabdor 
shaxslarga qo„yiladigan talab va bahoning asosi bo„lgan. 
Hokimiyat masalasi davlatchilikda muhim masala bo„lib, har qanday 
тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995. 13-бет.
1
Қаранг: Каримов И.А. Ўша асар, 13-бет.
2
Қаранг. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий 
тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995. 13-бет.


110 
davlatning ajralmas qismini tashkil etadi. Davlat hokimiyatini qanday tashkil 
etilishi, u tayanadigan prinsiplarga juda bog„liq. 
O„zbekiston huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo„ygan ekan, o„z 
faoliyatida qonuniylik va adolat prinsiplariga tayanadi. Ularni real bo„lishi esa, 
fuqarolar taqdiriga to„g„ridan-to„g„ri ta'sir qiladi. 
Amaldagi O„zbekiston Konstitutsiyasi, hokimiyatining xalq manfaatiga mos 
tarzda tashkil etilishi uni tom ma'noda xalq hokimiyatchiligi deb atash uchun 
barcha huquqiy choralarni ko„rgan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish