Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1.
Saylovchilarni ahamiyati qanday? 
2.
Qaysi organlar saylov yo„li bilan saylanadi? 
3.
Saylov tizimi nima? 
4.
Saylov huquqi nima? 
5.
Saylov huquqini prinsiplari nimalar? 
6.
Saylov jarayoni nima? 
7.
Saylov jarayoni sub'ektlari kimalar? 
8.
Saylov o„tkazish muddatlari nima? 
9.
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilish asoslari nima? 
10.
Saylov senzlari nima, saylanuvchilarga qanday talablar qo„yiladi? 
11.
Mojoritar va proporsional saylov nima? 
12.
Saylov jarayonlari qanday bosqichlardan iborat? 
13.
Okrug, uchastkalar qanday tuziladi? 


327 
14.
Saylov komissiyalari tizimi qanday, ular qanday tuziladi? 
15.
Saylov komissiyalarining vakolatlari qanday? 
16.
Prezidentlikka, deputatlikka nomzod ko„rsatish tartibi qanday? 
17.
Tashviqot-targ„ibot qanday olib boriladi? 
18.
Saylovchilar ro„yxati qanday tuziladi? 
19.
Saylov byulletenlari qanday tayyorlanadi, rasmiylashtiriladi? 
20.
Ovoz berish qanday tashkil qilinadi? 
21.
Natija qanday yakunlanadi? 
22.
Takroriy ovoz berish, takroriy saylov nima? 
23.
Saylanganlarni ro„yxatga olish va natijani e'lon qilish tartibi qanday? 
24.
O„rni bo„shab qolgan o„rinlarga qanday saylov o„tkaziladi? 
25.
Deputat, senatorlarni chaqirib olish asoslari, tartibi qanday? 


328 
XXI bob. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
 
§ 1. O„zbekistonda Prezidentlik institutini vujudga kelishi va 
rivojlanishi 
Dunyo miqyosida prezidentlik institutini vujudga kelishi demokratik 
kuchlarning g„alabasi sifatida qaraladi. Chunki Prezident davlat boshlig„i sifatida 
paydo bo„lgach, xalq o„z davlat boshlig„ni o„zi saylab qo„yadigan, yoki prezident 
xalq saylagan vakillar tomonidan saylanishi, davlat boshlig„i lavozimini merosga 
qoldirish tartibi barxam topdi. Hozirgi vaqtda BMTga a'zo bo„lgan 192 davlatning 
143 tasida prezidentlik lavozimi mavjud. Shuni o„zi ham dunyo xalqlari o„z 
taqdirini Prezident bilan bog„laganlarini ko„ramiz. 
Turli mamlakatlarning rivojlanishida, jahon hamjamiyatida o„rin tutishida 
mamlakat prezidentlari ijobiy rol o„ynaydi. Jorj Vashinington, F.Ruzvelt, Mustafo 
Ota Turk, Sharl De Gol, I.Tito kabi prezidentlar mamlakatlarni taraqqiyotiga katta 
hissa qo„shib, xalqning, milatning iftixori, milliy qahramoniga aylangan. 
O„zbekistonda Prezidentlik institutini vujudga kelishi ham O„zbekistoning 
mustaqilligi bilan bog„liq va taraqqiyoti kafolatlaridan hisoblanadi. 
Sobiq ittifoqning oxirgi yillaridagi ijtimoiy hayotning hamma sohalaridagi 
tartibsizliklar, inqirozlarga uchrash, O„zbekistonda ham yaqqol sezila boshlandi. 
Hamma sohalarni mutlaqo izdan chiqib ketishi, respublika miqyosida 
yangicha boshqaruvga o„tishni, Respublika bilan ittifoq o„rtasida yangicha 
munosabat o„rnatishni taqozo eta boshladi. Buning uchun Respublikada aholini 
birlashtira oladigan, markaz hujumlariga bardosh beradigan, markazni roziligisiz, 
ishtirokisiz vujudga keladigan davlat boshlig„i lavozimiga ehtiyoj sezildi. 
Bundan tashqari, O„zbekiston shu paytda ham mustaqil respublika - davlat 
hisoblansada davlat boshlig„i degan lavozim (bunday lavozimlar ittifoqda ham 
yo„q edi) bo„lmagan. O„zbekiston Konstitutsiyasi barcha davlatlar konstitutsiyalari 
o„rnatgan davlat boshlig„i degan institutni chetlab o„tgan edi. Davlat boshlig„i 
vazifasini har doim komunistik partiya rahbarlari bajarib kelgan edi. Bu hyech bir 
qonunda qayd qilinmagan edi. Shuning uchun bo„xronli 90 yillarning oxirida har 


329 
qanday mamlakatda ligitim davlat boshlig„i lavozimi bo„lishini davrning o„zi 
taqazo etdi. 
Shuning uchun avval sobiq ittfoqda dalat boshlig„i – prezident lavozimi 
o„rnatildi va 1990-yil mart oyida O„zbekiston sobiq ittifoqdagi respublikalari 
orasida birinchi bo„lib, Prezidentlik lavozimi – institutini o„rnatildi. 
Bu markazni roziligini olmasdan, uni ta'qiqlashlariga qaramasdan qilingan 
katta voqyea bo„ldi va aytish mumkinki Prezidentlik lavozimini o„rnatilishi 
O„zbekistonning mustaqillik yo„lidagi eng salmoqli va to„g„ri qadami bo„ldi. 
1991-yil dekabr oyida O„zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimov umumxalq 
tomonidan, muqobillik asosida Prezident etib saylandi. 
Shundan 
keyin 
mamlakatda 
boshqaruvni 
barqarorlashtirish, 
ijro 
hokimiyatini kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. O„zbekistonni 
yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi.
1991-yil 31-avgustda mamlakat Prezidenti O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Soveti minbarida O„zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi. Bu katta tarixiy 
voqyea bo„lib, o„zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Shundan keyin 
Prezident rahbarligida O„zbekistonni mustaqilligini amalda saqlash chora-tadbirlari 
ko„riladi. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mamlakat qurolli kuchlari tashkil 
qilinib, mustahkamlanib bordi. Mamlakatni iqtisodiy tizimi mustahkamlandi. 
Mamlakat hududidagi barcha mulklar respublika mulki deb e'lon qilindi. 
Hokimiyat tizimida rivojlangan mamlakatlar tajribasi qo„llanilib kelingan 
hokimiyat bo„linishi prinsipi qo„llanila boshlandi. 
Prezident rahbarigida qilingan yana bir muhim ish, voqyea bu – mustaqil 
O„zbekistonni Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo„ldi. Konstitutsiya 
O„zbekistonning davlat suvereniteti mustahkamladi. Xalq hokimiyatchiligini 
o„rnatdi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb belgiladi. Konstitutsiyada 
O„zbekiston demokratik, suveren respublika deb e'tirof etildi. Davlat boshlig„i 
sifatida Prezident belgilandi va Konstitutsiyada Prezidentni saylash, Prezident 
nomzodiga qo„yiladigan talablar, Prezident vazifasi va vakolatlari belgilab 
qo„yildi. O„zbekiston Prezidentiga taalluqli asosiy masalalar Konstitutsiyaning 


330 
“O„zbekiston Respublikasi Prezidenti” degan XIX bobida mustahkamlandi. Unda 
Prezident davlat va ijroiya hokimiyat boshlig„i degan qoida bilan bir qatorda, 
Prezident bir vaqtning o„zida Vazirlar Mahkamasini ham Raisi degan qoida 
o„rnatildi. 
O„tish davrida ayniqsa ijroni ta'minlashda bu to„g„ri yo„l edi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'lum davrda shu mavqyeini egallab, 
O„zbekistonda barqarorlikni ta'minlashga, milliy totuvlikka erishishda, iqtisodiy 
tizimga bozor munosabatlarini joriy qilishda, mamlakat xavfsizligini fuqarolar 
manfaatini himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. O„zbekistonni 
jahon hamjamiyatida munosib o„rni egallashiga, xalqaro huquqni to„la qonli 
sub'ekti sifatida e'tirof etilishiga katta hissa qo„shdi. 
Mamlakatimiz XXI asrga qadam qo„yar ekan jamiyatni rivojlantirish ustuvor 
yo„nalishlarini Prezident rahbarligida belgilab oldi. Ustuvor yo„nalishlardan biri 
qilib – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
erkinlashtirish – belgilandi
1

Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvdagi islohotlarni asosini tashkil 
etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga shu jumladan Prezident maqomiga ham 
taalluqli bo„ldi. Bu borada mamlakatida amalga oshirilgan voqyealardan biri 2002-
yil 27-yanvarda bo„lib o„tgan referendum va uni asosida 2003-yil 24-aprelda qabul 
qilingan qonun bo„ldi. Shular asosida konstitutsiyaga kiritilgan o„zgarishlar tufayli 
Oliy Majlis ikki palatali tuzilishda tashkil qilinadigan bo„ldi. Prezidentning 
vakolati besh yildan yetti yilga o„zgartirildi. Prezidentning ayrim vakolatlari Oliy 
Majlis Senatiga o„tkazildi va eng muhimi Konstitutsiyadan Prezidentning Vazirlar 
Mahkamasi Raisi haqidagi qoida chiqarib tashlandi. 
Bularni barchasi demokratlashtirishning amaliy ifodasi edi. 
2007-yil 
11-aprelda 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish 
hamda 
mamlakatni 
modernizatsiya 
qilishda 
siyosiy 
Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish