Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
§ 4. Ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati 
Ota-onani 
farzandlar 
oldidagi 
burchi 
Konstitutsiyaviy 
darajada 
mustahkamlanishi, yosh avlodga bo„lgan e'tiborni ko„rsatadi. Ota-ona farzand 
ko„rgach uni voyaga yetkazishi, tarbiyalashi shart. Tarbiyasiz, yetarli ta'minotsiz 
farzand jamiyatda o„z o„rnini topishi u yoqda tursin, jamiyat uchun xavfli shaxsga 
aylanadi. 
Konstitutsiyaning 64-moddasida “Ota-onalar o„z farzandlarini voyaga 
yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” – deb belgilangan. 
Bundan kelib chiqadiki, majburiyat ikki narsani hal qilishga qaratilgan, birinchisi, 
farzandlarni boqish, ikkinchisi, tarbiyalash. 
Farzandni boqish deganda uni voyaga yetguncha barcha moddiy 
ehtiyojlarini qondirish, yashashi uchun eng zarur imkoniyatlarni yaratish 
tushuniladi. Bu – ovqatlantirish, kiyintirish, bolalarni yashash uchun zarur jihozlar 
bilan ta'minlash, o„qitish, o„qish va bilim olish uchun zarur qurol va jihozlar bilan 
ta'minlashdir. 
Bunda har bir ota-ona o„z moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, tegishli 


253 
sharoitlarni yaratadi. 
Ota-onaning muhim va mashaqqatli majburiyati bu, bolani tarbiyalashdir. 
Maktabgacha bola to„la ota-ona ixtiyorida bo„ladi. Ayrim bolalar maktabgacha 
tarbiya muassasalarida bo„lishi ham mumkin. Bola maktabgacha ota-ona ixtiyorida 
bo„lganda, bolani tarbiyasiga faqat ota-ona javobgar. Shu davrda bolani atrofdagi 
va oiladagi hodisa, voqyealarga munosabati shakllana boshlaydi. Shuning uchun 
bola ongida faqat ijobiy qarashlar shakllanishi uchun, ota-ona katta ishlar olib 
borishi, barcha yaxshi ishlar, odatlar, xislatlar, voqyealar haqida bolaga 
tushunchalar berishi, tarbiya jarayonida texnika vositalaridan ayniqsa, 
televizorlardagi bolalar uchun ko„rsatuvlarga ularni jalb qilish juda ham muhim. 
Bola tarbiyasida ularni tabiatga, o„simlik va hayvonlarga yaxshi munosabatda 
bo„lish ruhida tarbiyalash alohida rol o„ynaydi. Tarbiya natijasida o„simlik va 
hayvonot dunyosiga do„stlik ruhini vujudga keltirish zarur. Bola tarbiyasi 
natijasida ularning bir-biriga, kattalarga hurmati, mahalla, vatanga hurmatining 
boshlang„ich asoslari vujudga keladi. 
Bola tarbiyasida nafaqat tushuntirish, o„rgatish, eng muhimi shaxsiy o„rnak 
ko„rsatishdir. Bola uchun ota-onaning yurish-turishidan o„rnak olish, ularga taqlid 
hissi juda kuchli. Ana shu narsadan to„g„ri foydalanish zarur. 
Bolani boqish va voyaga yetkazish majburiyatida bolalarni o„qitish, o„qish 
uchun zarur sharoitlarni yaratish, bolani qobiliyatiga qarab bilim berishni amalga 
oshirish, o„quv dargohidagi ishlarini kuzatib turish muhim hisoblanadi. 
Oila buzilib ota-ona ajrashishgan holda ham ota-ona majburiyati bekor 
bo„lmaydi. Bola kim bilan qolishidan qa'tiy nazar ikkala tomon ham bola uchun 
g„amho„rlik qilishi shart. Bu ixtiyoriylik asosida bo„lmasa, majburiy tarzda aliment 
undirish bilin amalga oshiriladi. 
Bolani voyaga yetguncha barcha ehtiyojlarini imkoniyat darajasida 
qondirgan ota-onalar majburiyatni ado etgan hisoblanadi. Otalik, onalik 
majburiyatlarini bajarmaganlar qonun asosida ota-onalik huqiqidan mahrum 
qilinadi. 
Keyingi paytlarda mamlakatimizga turli diniy oqimlarni kirib kelishi va 


254 
ularni hurujlari, narkomaniya kasofatini paydo bo„lishi, bulardan farzandlarimizni 
saqlash choralarini kengroq ko„rishni taqozo etmokda. Bu esa yana tarbiyaga 
e'tiborni kuchaytirish, barcha kuchni unga sarflashni, bu ishda maktab, mahalla 
hamkorligini o„rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish