Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M


M .G ‘. Esanov, S.Y. Polvonov.
Tergov va surishtiruv ustidan nazoratni tashkil
etish. Т., 1998, 3-bet.
78


0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2007-yil 20-noyabr- 
dagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o ‘tkazilishi 
munosabati bilan fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini 
samarali ta ’minlash yuzasidan prokuror nazoratini kuchaytirish 
to ‘g‘risida»gi 69-buyrug‘ida quyidagilar qayd etilgan:
Mustaqillik yillarida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalari 
u m u m e ’tiro f etilgan dem okratik g‘oyalar, milliy qadriyatlar, 
0 ‘zbekiston o ‘zi tanlagan rivojlanish va taraqqiyot y o ii asosida 
tubdan isloh qilinmoqda. Inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida eng oliy qadriyat sifatida 
e ’tirof etildi.
Fuqarolarning erkin va farovon hayotini ta ’minlash, ularning 
huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalashdek g‘oyat m uhim
masalalarga jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni 
modernizatsiya va isloh etish borasida amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli davlat dasturlarining bosh m ezoni sifatida qaralmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi 
Farm oni asosida qabul qilingan «Qamoqqa olishga sanksiya berish 
huquqi sudlarga o ‘tkazilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining ayrim qonun hujjatlariga o ‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish to ‘g‘risida»gi Qonuni sud-huquq sohasida izchil amalga 
oshirilayotgan demokratik islohotlarning yangi bosqichini boshlab 
berdi.
Jinoyat sudlov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklari 
himoyasini yanada kafolatlashga xizmat qiladigan ushbu Q onunni 
amalda to ‘g‘ri tatbiq etilishida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan 
nazoratni amalga oshirayotgan prokurorlam ing xizmat vazifalariga 
yuqori m as’uliyat bilan yondashishi m uhim ahamiyat kasb etadi.
Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o ‘tkazilishi 
m unosabati bilan dastlabki tergov jarayonida fuqarolarning huquq 
va erkinliklari himoyasini samarali ta ’minlash yuzasidan prokuror 
nazoratini kuchaytirish m aqsadida, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
«Prokuratura to ‘g ‘risida»gi Qonunining 13-moddasiga asosan: /
1. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tegishli 
tarm o q boshliqlari, Q oraqalpog‘iston Respublikasi, T oshkent 
shahar, viloyatlar, tuman-shahar prokurorlari hamda ularga tenglash- 
tirilgan prokurorlar jinoyat ishlari b o ‘yicha surishtiruv va dastlabici 
tergov bosqichlarida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qamoqqa 
olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o ‘tkazilishi munosabati bilan 
0 ‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish
79


va q o ‘shim chalar kiritish to ‘g ‘risida»gi Q onuniga q a t’iy rioya 
qilinishini ta ’minlasinlar.
2. Q onun talablariga ko‘ra, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran, 
dastlabki tergov davomida ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish 
tarzidagi ehtiyot chorasini qo ‘llash, shuningdek, qamoqda saqlab 
turish m uddatini uzaytirish jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki 
tergov yuritilayotgan joydagi jin o y a t ishlari b o ‘yicha tu m an
(shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudining sudyasi tom o­
nidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
3. Qonunga muvofiq qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 
qo ilash to ‘g‘risidagi iltim osnoma faqat ayblanuvchilarga nisbatan, 
alohida hollarda esa ushlab turilgan gum on qilinuvchilarga nisbatan 
qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud b o ‘lganida, tegishli proku- 
roming qarori bilan yoki prokurorning roziligi asosida tergovchining 
qarori bilan qo‘zg‘atiladi va sudlar tom onidan ko‘rib chiqiladi.
3.1. 
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘risida 
iltimosnoma qo‘zg‘atish va tergovchining bu haqdagi qaroriga rozilik 
berish b o ‘yicha qonunda qayd etilgan vakolatlar quyidagi prokuror- 
larga tegishli bo‘lishi belgilab qo ‘yilsin:
• tu m an -sh ah ar miqyosidagi tergov organi ish yurituvidagi 
jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tum an-shahar prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o ‘rinbosarlariga;
• viloyatlar va ularga tenglashtirilgan miqyosdagi tergov organi 
ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo ‘yicha Q oraqalpog'iston Respub­
likasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglash­
tirilgan prokurorlar yoki ularning o ‘rinbosarlariga;
• respublika miqyosidagi tergov organi ish yurituvidagi jinoyat 
ishlari b o ‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning 
o ‘rinbosarlariga.
Shuningdek, 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish