Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Hamkorlikning 3-ko ‘rinishi,
bu prokuratura politsiya faoliyatining 
qonuniyligini nazorat qiladi. Nazorat funksiyasini amalga oshirishda 
prokuratura politsiyadan jinoyatchilik holati, muayyan jinoyatlar 
va ulami sodir etgan shaxslar to ‘g‘risida axborotni talab qilib oladi. 
Ba’zida prokuratura politsiyaning yuqori lavozimdagi xodimlarining 
faoliyati ustidan intizomiy nazorat olib borish huquqiga ega. Oxirgi
A.X. Halimov. Prokuraturaning davlat hokimiyati m exanizmi tizimidagi o ‘rni.
Т ., T D Y I, 2006, 5 2 - 5 3 -b e t .
425


vaqtlarda prokuratura faoliyatining politsiya faoliyati bilan yaqin- 
lashishi kuzatilmoqda, chunki bu organlar hal qiladigan masalalar 
umumiydir. Prokuratura politsiya faoliyatini, uning qonunga rioya 
etishini, inson huquq va erkinlildarini himoya qilish bo'yicha asosiy 
normativ aktlarni qo'llashni nazorat qiluvchi yagona organ bo‘lib 
kelmoqda va bo‘lib qoladi.
Turli mamlakatlarda prokuratura vakolat doirasi hajmi farqlanadi. 
Shu bilan birga, prokuror hamma joyda yo bir o‘zi, yoki boshqa 
organ bilan hamkorlikda (tergovchi sudya) amalga oshiradigan 
asosiy va ajralmas funksiyalari ham bor. Bularga jinoiy qidiruv 
to ‘g‘risida qaror qabul qilish, sudda ayblovni ta’minlash, sud qaror- 
lari ustidan protest keltirish. Aksariyat mamlakatlarda prokuratura — 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar manfaatlari va jinoiy javob- 
garlikka tortilayotgan shaxslar huquqlari o'rtasidagi muvozanatni 
ta ’minlovchi organdir. Gap shundaki, jinoiy yustitsiya tizimida 
qarama-qarshilik mavjud: bir tomondan jamiyajtni muhofaza qilish 
uchun shaxs erkinligi buzilsa, ikkinchi tomondan — shaxs erkinligi 
o‘sha jamiyat nomidan kafolatlanadi. Ushbu vaziyatda faqat prokuror 
bu ikki guruh manfaatlari o ‘rtasidagi muvozanatni tiklash imko- 
niyatiga egadir.
U m um e’tirof etilishicha, prokurorning asosiy vazifalaridan 
biri — adolatga erishish va erkinliklami himoya qilishdir. 0 ‘z vako- 
latlarini amalga oshirish jarayonida prokuror qonunni shunday tatbiq 
etadiki, jamiyat uchun qabul qilingan qaroming adolatliligi to ‘g‘ri- 
sida hech kimda shubha tug‘ilmasligi lozim.
Prokuror faoliyatining umumiy jihati jinoiy siyosatni ishlab 
chiqish jarayonida qatnashish, huquqiy m e’yorlarni qo‘llash 
bo‘yicha tavsiyalar berish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatiga tanqidiy yondashishlardan iborat.
Prokurorlar jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatishda, ularga nis- 
batan davlat siyosatini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shunday 
qilib, AQSHda bosh attorney tashabbusi bilan jabrlanuvchilar 
huquqini himoya qilish bo‘yicha Federal dastur qabul qilingan. Shu 
kabi dasturlar boshqa shtatlarda ham <^abul qilingan b o ‘lib, 
mamlakatdagi jinoyatchilikning sifat va miqdori tavsifiga ijobiy ta’sir 
qildi. Masalan, o'tgan asrning 90-yillaridan boshlab, AQSHda 
jinoyatchilik har yili 3—5 % ga kamayadi. Bu holat fuqarolarning 
jinoyatchilardan qo‘rqmay qolganligi hamda ulami moddiy ta’min- 
lay oladigan prokuratura va politsiya bilan faol hamkorlik qilishi 
bilan bog'liq.
426


1 Deyarli barcha mamlakatlarda prokuratura jinoiy va fuqarolik 
ishlarini ко‘rib chiqishda qatnashish orqali fuqarolarning huquq 
va manfaatlarini himoya qiladi. Shuning yordamida «Inson huquq- 
larini himoya qilish to ‘g‘risida»gi konvensiyaning 6-moddasi amal 
qilishi ta’minlanadi. Unda ko‘rsatilishicha, har bir shaxs uning 
fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilashda yoki unga e’lon 
qilingan har qanday jinoiy ayblovni ко‘rib chiqishda ishning oqilona 
muddat ichida mustaqil va xolis sud tomonidan ко‘rib chiqilishi 
huquqiga ega. Shuningdek, prokuror ayblanuvchining boshqa 
huquqlarini ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega, masalan, unga 
e’lon qilingan ayblovning xususiyati va asosi to‘g‘risida darhol, 
to‘liq unga tushunarli bo'lgan tilda xabardor qilinishi; o‘z himoyasiga 
tayyorlanish uchun yetarli vaqt va imkoniyatlarga ega bo‘lishi; unga 
qarshi guvohlik beruvchi shaxslarga savollar berish hamda u talab 
qilgan guvohlarga savollar berish, shuningdek, o‘z guvohlarini 
chaqirish, unga qarshi guvohlik beruvchi guvohlarni chaqirishdek 
huquqlar (Konvensiyaning 6-moddasi 3-qismi).
Prokurorning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar 
bilan o‘zaro munosabatlari ham qiziqish uyg'otadi. Bu sohada jahon 
tajribasini umumlashtirish mamlakatlarni uch guruhga bo'lib 
o‘rganishga olib keladi:
1) prokurorlarning ijroiya hokimiyati bilan yaqin aloqada 
bo‘lgan mamlakatlar;
2) prokurorlar qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan yaqin alo­
qada bo‘lgan mamlakatlar;
3) prokurorlarning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hoki­
miyatlar bilan doimiy aloqalari bo'lmagan mamlakatlar.
Lekin, qoida bo‘yicha ko‘p mamlakatlar uchun prokuratura qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlar bilan aloqada aralash ko‘rinishi 
xosdir. Bunday munosabatlaming sakkiz turini ajratish mumkin:
• prokuror — ijroiya hokimiyatining ajralmas qismi;
• ijro hokimiyati prokuraturaga boshchilik qiladi;
• ijro hokimiyati prokurorlarni ta ’minlaydi;
• ijro hokimiyati prokurorlarga intizomiy choralar tayinlaydi;
• ijro hokimiyati prokuratura faoliyatini nazorat qiladi;
• ijro hokimiyati prokuraturaga muayyan jinoiy yoki fuqarolik 
ishlari bilan bog'liq bo'lm agan um um iy masalalar bo‘yicha 
buyruqlar beradi;
• ijro hokimiyati prokuraturaga muayyan ishlar bo‘yicha buyruq 
berishga haqli;
427


• ijro hokimiyati prokuratura budjetini boshqaradi.
Hozirgi vaqtda prokuratura to‘g‘risidagi qonunchilik prokuratura 
faoliyatiga qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatining aralash- 
masligiga kafolatni ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanmoqda. 
Bunda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar vakolatlarini 
belgilashda ulaming prokuror faoliyatiga aralashishiga huquqiy asos 
bo‘lmasligi ta ’minlangan. Bunday aralashishning aniq chegaralari 
belgilanadi.
Bu holat prokuraturaning boshqa hokimiyat strukturalari bilan 
aloqasi yo‘qligini bildirmaydi, chunki aks holda prokuratura faoliyat 
yurita olmaydi. Masalan, prokuratura va ijroiya hokimiyati organ- 
larining aloqalari quyidagilarga imkon beradi:
• prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
o'rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi;
• jinoiy siyosatni amalga oshirishni kafolatlash;
• profilaktika subyektining jamiyat oldida qonuniylik holati uchun 
javobgarlik darajasini aniq belgilash.
Prokuratura davlat hokimiyatining turli organlari hamkorligini 
ta’minlash orqali butundunyo mamlakatlarida tobora uyushib keta- 
yotgan jinoyatchilik bilan, xususan, korrupsiya bilan kurashishda 
asosiy rol o‘ynamog‘i lozim. Bu faoliyat samarali bo'lishi bilan birga, 
inson huquqlarini hurmat qilishga asoslanishi, odil sudlovni amalga. 
oshirishda qonuniylikni kafolatlashi lozim.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish