Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


11.3. Prokuratura organlari xodimlarining darajali



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

416


11.3. Prokuratura organlari xodimlarining darajali
unvonlari va harbiy unvonlari
Prokuratura organlari xodimlariga, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
prokuraturasining o ‘quv muassasalari va ilmiy tashkilotlarining 
xodimlariga ulaming egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga 
muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Prokuratura organlarining xodimlari uchun haqiqiy Davlat adliya 
maslahatchisi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga beriladigan 
darajali unvon)dan tortib, 3-darajali yuristgacha darajali unvonlar 
belgilab qo'yilgan. Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi hamda 1, 2, 
3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa darajali unvonlar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi. Kichik 
yurist darajali unvoni attestatsiyadan o ‘tgan va lavozimiga tasdiq- 
langan yosh mutaxassislarga beriladi; ish o‘rganish mobaynida o‘zini 
alohida yaxshi tomondan ko‘rsatgan yosh mutaxassislar 3-darajali 
yurist unvonini olish uchun taqdim qilinishi mumkin.
Prokuratura organlarining attestatsiyadan o‘tkazilmaydigan 
moddiy-texnika ta’minoti, moliya, ishlar boshqarmasi xodimlari 
va boshqalar mehnatda o‘zini alohida yaxshi tomonidan ko‘rsatgan- 
liklari uchun darajali unvon olish uchun taqdim qilinishlari mum­
kin. Prokuratura organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish 
organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga kelganlarga ulaming 
tayinlangan lavozimlari, bilimlari va ish tajribalarini hisobga olgan 
holda darajali unvonlar beriladi.
Darajali unvonlar berilgan prokuratura xodimlari shu unvon- 
larida umrbod qolishadi. Darajali unvondan mahrum qilish pro­
kuratura organlaridan nomiga dog‘ tushuruvchi nojo‘ya xatti-hara- 
katlar sodir etgan xodimlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. 
Prokuratura organlari xodimi tomonidan o ‘z xizmat burchini qo‘pol 
ravishda buzganligi yoxud o‘zini noloyiq darajada tutganligi uchun 
darajali unvoni pasaytirilishi mumkin.
Prokuratura organlari va muassasalaridan xizmatdan bo‘sha- 
tilayotgan xodim darajali unvonidan yoki harbiy unvonidan mah­
rum qilinishi mumkin.
Prokuratura organlari va muassasalari xodimlarini oliy darajali 
unvonidan yoki oliy darajali harbiy unvonidan mahrum qilish, 
shuningdek, oliy darajali unvoni va oliy darajali harbiy unvonidan 
pastga tushirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan,
27
-
21
417


boshqa darajali unvonlar yoki harbiy unvonlardan mahrum qilish 
va pastga tushirish muvofiejiavishda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va 0 ‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan 
amalga oshiriladi.
Prokuratura organlari va muassasalarining darajali unvonlarga 
ega bo‘lgan xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida. 
o ‘rnatilgan tartibdagi farqlantiruvchi belgili kiyim-boshni kiyib 
yurishadi. Nafaqaga chiqqan oliy darajadagi unvon yoki oliy daraja- 
dagi harbiy unvonga, shuningdek, adliya katta maslahatchisi yoki 
yustitsiya polkovnigi darajali unvoniga ega bo‘lgan prokuratura organ­
lari va muassasalarining xodimlariga o'matilgan tartibdagi farqlan­
tiruvchi belgili kiyim-boshni kiyib yurish huquqi qoldiriladi.
Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda o'qotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari olib 
yurish huquqiga ega.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish