O.T. Tojiboyev.
Prokuratura organlarining qonunlarni ijro etilishi ustidan
nazorati. «Davlat va jam iyat qurilishi» ixtisosligi bo'yicha magistrlik darajasi olish
uchun yozilgan dissertatsiya. Т., 2002, 54—57-bet.
22
tarzidagi prokuror nazorati hujjati ko‘zda tutilmadi. Um um an,
sobiq Ittifoq yuridik amaliyotida va qonunchiligida «amrnoma» va
«ogohlantiruv» tarzidagi prokuror nazorati hujjatlari 1987-yili
yuzaga kelgan edi. Mustaqillikka erishgach, sobiq Ittifoq respub-
likalari, tabiiyki, o ‘z qonunlarini ishlab chiqa boshladilar. 1995-yilgi
RFning «Prokuratura to ‘g‘risida»gi qonunida bu ikki hujjat nazarda
tutilmagan bo ‘lsa, 1991-yilgi «Ukraina prokuraturasi to ‘g‘risida»gi
Qonuni va M D H mamlakatlarining boshqa o'xshash qonunlarida,
shu jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ham amalda
o'zgartirilmay qoldirildi. Nihoyat, 2001-yil 29-avgustdagi yangi
tahrirdagi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi
Qonuni ancha-m uncha tortishuvlardan so‘ng qabul qilindi. Ushbu
qonunda «amrnoma» ko‘zda tutiladi. Nega? Sababi shuki, keyingi
yillarda respublikam izda prokurorlar tom onidan ushbu ta ’sir
hujjatining qo ‘llanilishi natijasida ko‘pgina suiiste’molchiliklar,
huquqbuzarliklar sodir qilingani aniqlandi.
Albatta, bu hujjatning ahamiyati to ‘g‘risida yuridik adabiyotlarda
turlicha yondashuvlar mavjud. Am m o rivojlanishning hozirgi
bosqichida, qolaversa, respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o'tish,
erkin tadbirkorlik sharoitlarini yaratish kabi demokratik o ‘zgarishlar
jarayonida «amrnoma» m a’qul ko‘rilmadi.
2001-yilgi qonunda «yangi» prokuror ta ’sir hujjatini ko‘rish
mumkin. Bu arizadir. Uning qo‘llanish asoslari va tartibi to ‘g‘risida
keyinroq to ‘xtalamiz. Ammo, bir narsani aytish joiz, ya’ni hozirgi
huquqiy dem okratik davlat qurilishi jarayonida bu hujjatning
fuqarolar, tashkilotlar va qolaversa, davlatning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishda ahamiyati juda katta.
Qonuniylikka rioya etish ustidan prokurorning ta ’sir ko‘rsatish
aktlari sifatida protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruvlar
m a’lum talablarga javob berishi kerak:
1. Ular qonun buzilishiga oid dolzarb, m uhim va ahamiyatli
xodimlarga qaratilgan b o ‘lishi lozim, bunday holat aniqlanganda,
prokurorning protsessual aralashish zaruriyati tegishli qaror qabul
qilinishidan kelib chiqadi.
2. Prokurorning huquqiy hujjatlarida mavjud xulosa-takliflar
asoslangan va qonuniy bo‘lishi kerak. Ular aniq faktlarga asoslangan
b o ‘lishi lozim.
3. Prokuror rahbarning o ‘zi qonunni buzgan shaxsga nisbatan
qo'llanishi m um kin b o ‘lgan m a’muriy va intizomiy choralarni
oldindan qo ‘llamasligi va buni rahbarga q o ‘yib berishi zarur.
23
4. Prokurorlik nazorati hujjatlarni chiqarishda amaliyotda qabul
qilingan har bir hujjatga oid tuzilishi, shakl va rekvizitlarga hamda
eng asosiysi, hujjatning m azm unli bolishiga e ’tibor berish lozim.
5. Nihoyat, huquqiy hujjat yuridik va uslubiy jihatdan xat-
savodlilik bilan yozilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |