Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


B. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

B. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
b o ‘yicha jinoyat ishi q o ‘z g ‘atish va tergov qilish
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 
345-moddasi talablariga binoan, voyaga yetmaganlar sodir etgan 
barcha jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar 
organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan fuqarolar 
18 yoshga to ‘lganda voyaga yetgan hisoblanadi. Ularning ham jinoiy 
javobgarlikka tortish masalasi umumiy tartibda 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi bilan tartibga solingan 
bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga 
to'lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat 
sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to ‘lgan shaxslar javobgarlikka 
og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-mod- 
daning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladi. Jinoyat 
sodir etgunga qadar o‘n to 'rt yoshga to ‘lgan shaxslar JKning 
97-moddasi birinchi qismi, 98, 104—106, 118, 119, 137, 164—166, 
169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 
220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining 
ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 
javobgarlikka tortiladilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi JKning 122, 123, 127, 144, 146, 193— 
195, 205-210, 225, 226, 230-232, 234, 235, 279-302-modda- 
larida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoyat sodir etgunga qadar 
o‘n sakkiz yoshga to ‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Jinoyat 
sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, ya’ni 
voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish 
tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning o‘n uchinchi bo‘limi 
60-bobida belgilab berilgan.
Voyaga yetmaganlaming jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha 
dastlabki tergov va sud muhokamasi davrida isbotlanishi lozim 
bo‘lgan holatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 82—84-mod- 
dalarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari quyidagilardir:
• 
voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, 
oyi, kuni);
235


• voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning 
salomatlik holati;
• uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
• katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilaming bor yoki 
yo‘qligi.
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda 
qonuniy vakilning qatnashishi shart. Qonuniy vakilning ishda ishtirok 
etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga 
yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida 
birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi. Qonuniy 
vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganda, unga 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 6 1-moddasida nazarda 
tutilgan huquqlar tushuntiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 51-moddasi talablariga ko‘ra, 
voyaga yetmaganlaming ishi bo‘yicha himoyachining ishtirok etishi 
shart hisoblanadi. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchi him oyachidan voz kechgan taqdirda ham
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 52-moddasi talablariga binoan, 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud uchun majburiy emasligi 
qayd etilgan. Qonunning ushbu talabiga ko‘ra, har qanday holda voyaga 
yetmaganlaming jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachining ishtiroki to'liq 
ta’minlanadi. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchini 
birinchi so‘roq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda 
himoyachining ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko'radi. Shu 
maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o‘zlari 
xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. 
Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakili 
yoxud boshqa shaxslar topshirig‘i, yoki roziligi bilan chaqirilmagan 
bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok 
etishini o‘z tashabbusi bilan ta’minlashga majbur.
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoyachi 
ishtirokida so‘roq qilinadi. So‘roq qilish chog‘ida tergovchining 
ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi 
mumkin. Himoyachi va qonuniy vakil gum on qilinuvchiga, 
ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So‘roq oxirida himoyachi va 
qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishib, u haqda o‘z mulohazalarini 
bildirishga haqlidir. Voyaga yetm agan gum on qilinuvchini, 
ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida 
dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga 
olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.
236


Voyaga yetmagan ayblanuvchini so‘roq qilishda tergovchi yoki 
prokurorning ixtiyoriga ko‘ra, pedagog yoki psixolog ishtirok etishi 
mumkin. U tergovchining ruxsati bilan ayblanuvchiga savollar 
berishga, so‘roq tugaganidan so‘ng esa, so‘roq bayonnomasi bilan 
tanishib, bayonnomadagi yozuvlaming to ‘g‘riligi va mukammalligi 
haqida o‘z fikrlarini yozma ravishda berishga haqlidir. Bu huquqlar 
tergovchi tomonidan pedagog yoki psixologga voyaga yetmagan 
shaxsni so‘roq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda so£roq 
bayonnomasida qayd qilinadi.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan 0 ‘zbekiston Respub­
likasi JPKning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan 
biri qo£llanishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, 
homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti, u bolalar muassa- 
sasida tarbiyalanayotgan bo£ Isa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga 
ham berilishi mumkin.
Ehtiyot choralarini qo£llash uchun asoslar bo'lgan taqdirda, 
voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiya- 
lanish sharoitiga ko£ra, ilgarigi yashash joyida qoldirib bo£lmasa, 
u tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning 
ajrimiga binoan, bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa 
olish O'zbekiston Respublikasi JPKning 558-moddasi talablariga 
asosan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qamoqqa 
olish unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
tayinlanishi mumkin bo£lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb 
e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo'lishini 
boshqa choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qo£llanishi mumkin.
Prokuror voyaga yetmaganni qamoqqa olish uchun ruxsat 
berayotganida ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, 
qamoqqa olish asoslarini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga 
ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini q o l- 
lash bilan bog‘liq holatlar bo'yicha so‘roq qilishi kerak. Voyaga 
yetmaganlarni asossiz qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka tortishga 
yo‘l qo'yilmaydi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qollanilayot- 
ganida jinoyatga qo£l urgan o‘smirlar prokurorlar tomonidan 
shaxsan so£roq qilinishi kerak.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga dastlabki tergov tamomlan- 
ganligi e’lon qilinib, unga ish materiaUari ko£rsatilayotganda, uning 
qonuniy vakili ham ishtirok etishga haqli. Tergovchi qonuniy vakilga 
ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi 
to £g‘risida xabar berishi kerak.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish