Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 Гражданское  право.  Под  ред.  А.П.Сергеева,  Ю.К.Толстого.  -М.,  Проспект,  1998



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Гражданское  право.  Под  ред.  А.П.Сергеева,  Ю.К.Толстого.  -М.,  Проспект,  1998, 

12

-

6

.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Oldi-sotdi  shartnom asi  yuqorida  ko'rsatilgan  subyektlar  o'rtasida, 

shuningdek,  o'zaro  tuzilishi  mumkin.

S h a rtn o m a d a   ta r a f   sifa tid a   fu q aro   q a tn a s h g a n d a   u  m uom ala 

layoqatiga  ega  bo'lishi  shart.  Binobarin,  voyaga  yetgan,  ya’ni  18  yoshga 

to'lgan va qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanmagan 

h a r  qanday  shaxs  shartnom ada  taraf  sifatida  ishtirok  eta  oladi.  Ayni 

vaqtda,  qonun  muomala  layoqati  cheklangan  yoki  muomalaga  layoqatsiz 

fuqarolarning  ham   oldi-sotdi  shartnom asida  ta ra f  sifatida  qatnashish 

holatlarini  nazarda  tutadi.  Masalan,  olti  yoshdan  o'n  to 'rt  yoshgacha 

bo'lgan kichik yoshdagi bolalar m ayda maishiy bitim lar tuzishga, masalan, 

k ich ik   s u m m a d a   to v a r la r   so tish   yoki  sotib  o lishga  (m uzqaym oq, 

chanqovbosdi  ichimliklar,  qalam ,  daftar,  havo  sharlari  va  sh.  k.)  haqli 

(FK ning  29-m oddasi  2-qism i  1-bandi).  O 'n  to 'r t  yoshdan  o'n  sakkiz 

yoshgacha  bo'lgan  voyaga  yetm aganlar  o'z  ish  haqi,  stipendiyasi  va 

boshqa  darom adlari  hisobiga  tovarlar  sotib  olish  yoxud  ularni  sotishga 

haqli  (FKning  27-moddasi  2-qismi  1-bandi).

FK ning  22-moddasi,  2-qismi  va  28-moddada  belgilangan  tartibda 

to'la  m uom ala  layoqatiga  ega  bo'lgan  voyaga  yetm aganlar  ham   oldi- 

sotdi shartnom asida  sum m asidan q a t’iy nazar,  to'la  huquqli taraf  sifatida 

qatnasha  oladilar.  Spirtli ichimliklar  yoxud  narkotik  moddalar suiiste’mol 

qilganligi  sababli  m uomala  layoqati  cheklangan  shaxslar  ham   mustaqil 

ravishda  m ayda  m aishiy  bitim lar  tuza  oladilar  (FKning  31-moddasi). 

B unday  shaxslar,  shuningdek,  o'n  to 'rt  yoshdan  o'n  sakkiz  yoshgacha 

bo'lgan  voyaga  yetm aganlar  yirik  summadagi  oldi-sotdi  shartnomalarini 

faq at  homiysi,  ota-onalari  yoki  farzandlikka  oluvchilar  roziligi  bilangina 

tuza  oladilar.

H ar  xil  tashkiliy  tuzilm alar  oldi-sotdi  shartnom asida  taraf  bo'lishlari 

uchun  quyidagi  ikki  talabga  javob  berishlari  shart:  birinchidan,  bunday 

tuzilm alar  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo'lishlari  va  ikkinchidan,  ular 

tuzayotgan oldi-sotdi shartnom asi ularning ta ’sis hujjatlariga zid bo'lmasligi 

lozim.

O d atd a  sh a rtn o m a d a   sotuvchi  sifatida  q atn ash ay o tg an   shaxsga 



sotilayotgan  ashyo  m ulk  h uquqi  asosida  tegishli  bo'ladi,  biroq  ayrim  

h o llard a  sotuvchi  sotilay o tg an   tovarn in g   m ulk do ri  bo'lm asligi  h am  

m um kin.  U  holda  sotuvchining  tovarni  sotishga  bo'lgan  huquqi  qonun 

yoki  shartnom a  asosida  vujudg a  kelgan  bo'lishi  lozim  (masalan,  davlat 

korxonasi  tom onidan  u n g a  xo'jalik  yuritish  h uquqi  asosida  biriktirib 

qo'yilgan  tovarni  sotishi  yoxud  vositachilik  (komission)  do'konlarida 

tovarlarni  sotish).

www.ziyouz.com kutubxonasi




Qonunda bir necha  subyektga  um um iy mulk  huquqi asosida  tegishli 

bo'lgan  ashyolarni  sotishning  alohida  tartibi  belgilangan.  M ulkdorlardan 

biri  o'z  u lu sh in i  boshqa  sh ax sg a  so tg an   v a q td a   q olg an  sh e rik la ri 

sotilayotgan  ulushni  u  sotiladigan  n arx da  va  boshqa  ten g   shartlarda 

imtiyozli  sotib  olish  huquqiga  ega,  kim   oshdi  savdosi  orqali  sotish  hollari 

bundan m ustasno (FKning 224-moddasi). Er-xotinga birgalikdagi um um iy 

mulk  huquqi  asosida  tegishli  boigan,  nikoh  davomida  orttirilgan  mol- 

mulk  ham   h ar  ikkalasining  roziligi  asosida  sotiladi.

Oldi-sotdi  shartnom asi  bo'yicha  erkin  suratda  boshqa  shaxslarga 

berilishi m um kin boigan, fuqarolik muomalasidan tashqari chiqarilmagan 

h a r  qanday  ashyolar  tovar  boiishi  mumkin.

Fuqarolik  muomalasidan  chiqarilgan obyektlar olish-sotish  predm eti 

bo'la olmaydi. Sotilishi ham da sotib olinishi m um kin boim agan korxonalar 

va  m o l-m u lk   tu r l a r i   h a m d a   g u r u h la r in in g   r o 'y x a ti  O 'z b e k isto n  

Respublikasi Oliy Majlisining  1995-yil 31-avgustdagi  119 -  1-sonli qaroriga

1-ilovada ko'rsatilgan1. Bunga davlat m utlaq mulk huquqi asosida tegishli 

boigan  obyektlar,  tarixiy-m adaniy  va  tabiiy  meros  obyektlari,  harbiy- 

texnikaviy  mol-mulk;  harbiy  qu rol-y aro g iar,  portlovchi  va  radioaktiv 

moddalar,  um um iy  foydalanishdagi  avtomobil  yoilari,  qabriston  va  shu 

k a b ila r  o b y e k tla r  kiradi.  A yrim   o b y e k tla r  fu q aro lik   m u o m alasid a 

cheklangan  harakatda  boiadi.  Ularni  m axsus  ruxsat  olish  asosida  sotib 

olish  yoki  sotish  m um kin  (masalan,  kuchli  narkotik  dorilar  faqat  maxsus 

retsept  asosida,  ro'yxatda  qayd  etilib  sotiladi).

Tovar sifatidagi ashyolar xususiy alom atlar bilan belgilangan ashyolar 

yoxud  jismiy  alomatlari  bilan  belgilangan  ashyolar  yoki  ko'chm as  mol- 

mulk  boiishi  mumkin.

V aluta  qiy m atlarin i  olish-sotish  d a v la tn in g   v ak o latli  q a ro rla ri 

tomonidan  belgilangan  tartibda  am alga  oshiriladi.  M am lakatim iz  ichki 

savdo  muomalasida  sotilgan  tovarlar  uchun  haq  chet  el  valutasida  emas, 

balki  um um iy  qoida  tarzida  so'm da  am alga  oshiriladi.  Sotilgan  to v ar 

haqini chet el valutasida to'lashga davlatning vakolatli idoralari tomonidan 

belgilangan  tartibda  va  hollardagina  yo'l  qo'yiladi.  Qimmatli  qog'ozlami 

olish-sotish, ayrim  turdagi oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi,  tovarlar yetkazib 

berish,  energiya  t a ’minoti,  korxonani  sotish,  ko'chm as  m ol-m ulklarni 

sotish)  maxsus  belgilangan  tartibda  am alga  oshiriladi.

Oldi-sotdi  shartnom asi,  agar  qonunda  boshqacha  hoi  belgilangan 

boim asa  yoki  u  tovarning  xususiyatidan  kelib  chiqmasa,  shartnom ani


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish