Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi.
Oldi-
sotdi shartnomalarini bekor bo'lishining umumiy asoslari FKning 455-
moddasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi xususiyatlaridan kelib
chiqib aniqlashtirildi. Shunday qilib, shartnomani bajarishdan bir
tomonlama (to'liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani
jiddiy buzgan taqdirda yo'l qo'yiladi.
M ahsulot yetkazib b eru vch in in g m ahsulot yetkazib berish
shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
-tegishli darajada sifatli bo'lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul
muddatda bartaraf qilib bo'lmaydigan kamchiliklarga ega bo'lgan
tovarlarni yetkazib berish;
-tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi
quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
-tovarlar haqini to'lash muddatlarini bir necha bor buzish;
-tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini
bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama
o'zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki
o'zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki
taraflar kelishuvida belgilanmagan bo'lsa, shartnoma bir taraf boshqa
tarafdan shartnomani bajarishdan to'la yoki qisman bir taraflama bosh
tortish to'g'risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o'zgartirilgan yoki
bekor qilingan hisoblanadi.
Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash masalasi juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma
bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada
nazarda tutilgan tovar o'miga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo
oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada
belgilangan baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o'rtasidagi
farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi
tom onidan m ajbu riyat buzilganligi oqibatida shartnom a bekor
qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga
shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona
www.ziyouz.com kutubxonasi
bahoda sotgan boisa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan
baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o ‘rtasidagi farqdan
iborat zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Agar yuqoridagi asoslar bo'yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin
uning o'rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud
boisa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor
qilingan paytdagi joriy baho o'rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash
to'g'risida talab qo'yishi mumkin boiadi.
Tovar topshirilishi lozim boigan joyda, odatda o'xshash sharoitlarda
bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e’tirof etiladi.
Agar bu joyda joriy baho mavjud boimasa, tovarni tashish xarajatlaridagi
farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning o'rnini bosa oladigan
oqilona joriy bahodan foydalanadi.
Bunday talablarni qondirish o'z majburiyatini bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga yetkazgan o'zga zararni
qoplashdan ozod qilmaydi. (FKning 456-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |