Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

tanlab  olish 

to'g'risidagi 

shart belgilanishi mumkin. Tovarlarni tanlab olinishi sotib oluvchi joylashgan 

yerda yoki mahsulot yetkazib beruvchi joylashgan  yerda amalga oshirilishi 

mumkin.  Ammo  aksariyat  tovarlarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqib, 

tovarlarni tanlab olish ular ishlab chiqariladigan yoki saqlanayotgan joyda 

amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Shu  bois  mahsulot  yetkazib 

berish shartnomasida sotib oluvchining yetkazib beruvchi joylashgan  yerda 

tovarlarni  tanlab  olishi  nazarda  tutilgan  bo'lsa,  sotib  oluvchi  o'ziga 

topshirilayotgan  tovarlarni  ular  topshiriladigan  joyda  ko'zdan  kechirishi 

lozim.  Tovarlarning  shartnomaga  nomuvofiqligi  aniqlanganda,  u  bunday 

tovarlarni  olishdan  bosh  tortishga  haqli  bo'ladi.

Sotib  oluvchining  tovarlarni  tanlashni  tovaming  xususiyatidan  kelib 

chiqib mahsulot yetkazib  beruvchi  bilan kelishib shartnomada belgilangan 

muddat  ichida,  bunday  muddat  belgilanmagan  bo'lsa,  mahsulot  yetkazib 

beruvchi  sotib  oluvchiga  jo'natishga  mo'ljallangan  tovarlarning  tayyorligi 

to'g'risida  bildirish  xati  orqali  ma’lum  qilgandan  so'ng,  agar  sotib  oluvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




oqilona  muddatda  tovarlarni  tanlab  olmasa  mahsulot  yetkazib  beruvchi 

shartnomani  bajarishdan  bosh  tortib,  uni  bir  tomonlama  bekor  qilishi  va 

ko'rgan  zararlarini  qoplanishini  talab  qilishi  mumkin.  Shuningdek,  sotib 

oluvchi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarilgan yoki sotib olib kelingan tovarlar 

haqini  sotib  oluvchi  tomonidan  to'lashni  talab  qilish  huquqiga  ega  bo'ladi.

Mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  yetkazib  berilgan  tovarlar 

uchun  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishning  o'ziga  xos  jihatlari  mavjud. 

Umumiy  qoidaga  ko'ra  taraflar  kelishuvida  hisob-kitoblarning  alohida 

ta rtibi  va  shakli  belgila n m a gan   b o'lsa ,  h iso b -k ito b la r  t o 'lo v  

topshiriqnomalari  bilan  amalga  oshiriladi.  Agar sotib oluvchi  tovar haqini 

to'lashni boshqa shaxs (tovarni qabul qiluvchi) zimmasiga yuklagan bo'lsa 

ham  mahsulot  yetkazib  beruvchi  oldidagi  haq  to'lash  majburiyatidan 

ozod  bo'lmaydi.  Shuning  uchun  tovarni  qabul  qiluvchi  yetkazib berilgan 

tovar haqqini to'lamasa, mahsulot yetkazib beruvchi  tovar haqini to'lashni 

sotib oluvchidan talab qilishga haqli bo'ladi. Agar sotib oluvchi bir turdagi 

bir  necha  shartnomalar orqali  mahsulot yetkazib  beruvchi  bilan  huquqiy 

munosabatga kirishgan bo'lsa va barcha shartnomalarning umumiy hisob- 

kitobini amalga oshirishi kelishilgan bo'lsa-yu,  ammo umumiy summadan 

kamroq  haq  to'lansa,  mahsulot  yetkazib  beruvchi  sotib  oluvchiga  qaysi 

shartnomaga  haq  to'langan  deb  hisoblanishi  lozimligi  tanlash  imkonini 

berishi  lozim1.

Shartnoma xususiyatidan kelib chiqib, yetkazib berilayotgan tovarlar 

oddiy  va  murakkabligini  inobatga  olgan  holda  shartnomada  ular  uchun 

haq  to'lash n in g   o 'zig a   xos  qoidalari  F K ning  449-m od d asid a 

mustahkamlanganini  ko'rishimiz  mumkin.  Jumladan,  shartnomada 

tovarlarni  to'plamga  kiradigan  alohida  qismlar  bo'yicha  yetkazib  berish 

nazarda tutilgan bo'lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada 

boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  to'plamga  kiradigan  so'nggi 

qism  jo'natilganidan  (tanlab  olinganidan)  keyin  to'lashi  belgilangan.

Agar  mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  tovarlar  haqi  oluvchi 

(to'lovchi) tomonidan to'lanishi nazarda tutilgan bo'lsa va u haq to'lashdan 

asossiz  bosh  tortsa  yoki  tovarlar  haqini  shartnomada  belgilangan 

muddatda  to'lamagan bo'lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib 

berilgan  tovarlar  haqini  to'lashni  talab  qilishga  haqli  bo'ladi.

Shuningdek,  mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  boshqacha


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish