Shartnomaning shakli va tuzish tartibi
Mahsulot yetkazib berish
shartnomasini shakli va tuzish tartibiga doir masala FKda uning o'ziga
xos xususiyatini inobatga olgan holda atroflicha ochib berilgan.
Aksariyat hollarda ushbu shartnoma yozma shaklda tuziladi. Ammo
shartnomalar shakliga nisbatan o'rnatilgan umumiy qoidalardan kelib chiqib,
mahsulot yetkazib berish shartnomasi og'zaki shaklda tuzilishi ham mumkin.
Uning faqat yozma shaklda tuzilishi shart deb belgilanishi noto'g'ri boiadi.
Misol uchun shartnoma agarda minimal oylik ish haqining 10 baravaridan
kam summaga tuzilsa hamda shartnoma taraflari yuridik shaxs tuzmasdan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar bo'lsa ular
o'rtasidagi shartnoma og'zaki shaklda tuzilishi mumkin. Bunda hech qanday
qonunbuzarlikka yo'l qo'yilmagan boiadi. Amaliyotda bunga o'xshash
holatlami kuzatish mumkin. Ulgurji savdo bozorlaridagi sotuvchi-tadbirkorlar
sotib oluvchi-tadbirkorlarga va aholiga o'z do'konlarida sotishlari uchun
tovarlar sotganda og'zaki shaklda shartnoma tuzishini ko'p uchratamiz. Ammo
xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini tartibga solish maqsadida FKda
439-moddasi o'rnatilgan bo'lib, uning talablari ushbu shartnomani yozma
sliaklda tuzilish tartibini belgilaydi. Bu talablar, taraflar shartnomani yozma
shaklda tuzish uchun kelishishganda va shartnoma shartlariga nisbatan
o'rtalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda amal qiladi Jumladan, oferent
yuborgan shartnoma loyihasining akseptini emas, balki qarshi ofertani
olganda 30 kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini
ko'rishi (imkoniyat bo'lsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma
tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim bo'ladi
Albatta bunday 30 kunlik muddat oferent ilk bor yuborgan shartnoma
loyihasini olgan akseptantga ham beriladi U o'zining e’tirozlarini oferentga
yozma shaklda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzgan holda yoki
shartnomaning boshqa variantini yuborishi kerak boiadi
FKning 439-moddasida ishbilarmonlikning eng ulug' qoidalari va
etikasini kuzatish mumkin. Ya’ni, mahsulot yetkazib berish shartnomasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartlari bo'yicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq
shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko'rmagan va shartnoma
tuzishni rad etishni 30 kunlik muddatda boshqa tarafga ma’lum qilmagan
taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida
yetkazilgan zararni qoplashga majbur bo'ladi. Sulpa in contrahendo (so'zma
so'z tarjima qilganda: shartnoma tuzish jarayonidagi ayb) deb nomlangan
bu holat shartnomadan tashqari zarar yetkazishdan kelib chiqadigan
majburiyatlar (delekt)ga misol bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |