2-§. M aishiy pudrat shartn om asi
1.
M aishiy pudrat sh a rtn om a si tu sh u n ch a si
va huq u q iy b elgilari
M aishiy p u d ra t shartnom asi eng ko ‘p qo'llaniladigan om m aviy
s h a rtn o m a la rd a n biri hisoblanadi. F K n ing 6 56-m o d d asig a asosan
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi m aishiy p udrat
shartnomasi bo'yicha buyurtm achi - fuqaroning topshirig'i bilan uning
maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan m a’lum
ishlarni bajarish m ajburiyatini, buyurtm achi esa ishni qabul qilish va
haqini to'lash m ajburiyatini oladigan shartnom a hisoblanadi.
Bu shartnom aning o'ziga xos tomonlari shartnom a subyektlari va
predm etida ko'rinadi.
M aishiy p u d ra t shartnom asi bo'yicha b uyurtm achi faq a t fuqaro
hisoblanadi. Boshqa pudrat shartnomasida bunday buyurtm achining “faqat
fuqaro bo'lishlik” tushunchasi m avjud emas. Maishiy p u d rat shartnom asi
buyurtm achisi - fuqaro O'zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning
huquqlarini him oya qilish to 'g 'risid a ”gi qonuniga asosan iste ’molchi
maqomiga ega bo'ladi hamda unda belgilangan huquqlardan foydalanadi.
Shuningdek, shartnomaning ikkinchi taraflari bo'lgan pudratchi esa
alb atta tadbirkorlik faoliyatini am alga oshirish huquqiga ega bo'lgan
shaxs ya’ni tadbirkorlik subyekti bo'lishligi lozim. Maishiy p u d rat bo'yicha
bajariladigan ish albatta tadbirkorlik faoliyati natijasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor
faoliyat hisoblanib, uning subyektlari “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
k afolatlari to 'g 'ris id a ”gi q onunning 4 -m oddasida belgilangan. Unga
m uvofiq, tadbirk o rlik faoliyati su b y ek tlari (tadbirkorlik su byektlari)
belgilangan tartib d a ro'yxatdan o'tgan ham da tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda
tu tilg a n h o llar b u n d a n m u stasn o ), u la rn in g m a n s a b d o r sh a x sla ri,
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida
m an etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lishi
m um kin emas.
P udratchi - tadbirkorlik subyektining yakka tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanadimi yoki yuridik shaxs maqomini olgan holda bu faoliyat
bilan sh u g 'illan ad im i b u aham iyatsiz. B u nd an ta s h q a ri a g a r t a ’sis
h u jja tla rid a tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish vakolati bo'lsa
n o tijo r a t y u r id ik s h a x s la r h a m p u d r a tc h i b o 'lis h la r i m u m k in .
M .X.Rustam boevning fikricha tijoratchi bo'lm agan tashkilot o'zining
ustavda belgilangan m aqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug'ullanishi m umkin, biroq, bu tadbirkorlik faoliyati:
A) h a r doim ustav faoliyatiga qo'shimcha bo'lishi, hech vaqt asosiy
faoliyatga aralashmasligi lozim;
B) tadbirkorlik natijasida olingan foyda, darom adlar h a r doim ustavda
nazarda tu tilg an m aqsadlarga sarf qilinishi sh a rt, m uassislar, a ’zolar
o'rtasida taqsim lanm aydi1.
Shartnom aning ikkinchi bir o'ziga xos xususiyati uning predm eti
bo'lib sh a rtn o m a fa q a t m aish iy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan m a’lum ishlarni bajarish uchun tuziladi. Masalan,
texnikani tuzatish, kiyim tikish yoki ta ’mirlash va boshqalar. Shartnom a
tuzishdan m aqsad maishiy ehtiyojlarni qondirish bo'lganligi uchun ham
u “maishiy p udrat shartnom asi” nomini olgan va alohida bir tu r sifatida
p u d rat shartnom asidan ajralib chiqqan
A gar qonun hujjatlari yoxud shartnomada, shu jum ladan buyurtm achi
qo'shilgan form ulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida
boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, pudratchi buyurtm achiga patta
yoki buyurtm a qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan
paytdan boshlab maishiy p udrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Mazkur
hujjatlarning buyurtm achida bo'lmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi
tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar ko'rsatmalarini
vaj qilib keltirish huquqidan m ahrum qilmaydi.
Maishiy pudrat shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilami tashkil
etadi:
S h artn o m a ikki tam onlam a shartnom a, h aq evaziga tuziladigan
konsessual shartnom a hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |