36-bob. TE K IN FO Y D A L A N ISH SH AR TNO M ASI
1. Tekin fo yd a la n ish sh artn om asi tu sh u n ch a si, h u q u q iy
b elgalari va p red m eti
Tekin foydalanish (ssuda) deb sh u nd ay shartnom aga aytiladi-ki,
unga ko'ra bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi taraf (ssuda oluvchi)ga
ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish m ajburiyatini oladi,
ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan bo'lsa, normal yeyilishini
hisobga olib, xuddi shunday holatda yoki shartnom ada nazarda tutilgan
holatda qaytarib berish m ajburiyatini oladi (FKning 617-moddasi).
Shartnomaning predmeti ikkinchi tarafga vaqtincha foydalanish uchun
topshirilishiga ko'ra, u mulk ijarasi shartnom asiga o'xshab ketadi, ayni
paytda, tekin foydalanish uchun topshirilishi bilan undan farq qiladi.
Tekin foydalanish shartnom asi u ch u n quyidagi huquqiy belgilar
harakterlidir:
b irin c h id a n , a g a r y u rid ik sh a x s m u a y y a n m o l-m u lk n i te k in
foydalanish uchun topshirish m ajburiyatini olgan bo'lsa, bu to'g'ridagi
shartnom a m ol-m ulkni foydalanish uch u n oluvchining y u rid ik yoki
jismoniy shaxs bo'lishidan q at’iy nazar, konsensual harakterdagi shartnom a
bo'lib ko'riladi;
ikkinchidan, shartnom a tekinga (haqsiz) tuziladi;
u c h in c h id an , te k in fo y d alan ish b ir to m o nlam a s h a rtn o m a la r
turkum iga kiradi.
Shartnom aning o'ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, shartnom a
bo'yicha tekin foydalanuvchiga m ulkdorning faq at ikki huquqi, y a ’ni
m ulkka egalik va undan foydalanish huquqi o'tadi.
Agarda biron-bir fuqaro ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga
v a’da qilsa, uning bunday v a ’dasi yuridik aham iyatga ega bo'lm aydi
Ayni vaqtda ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga m ajb ur qilib
ham bo'lmaydi. Lekin ssuda oluvchi FKning 620-moddasi tartibida berilishi
lozim bo'lgan ashyoni olmasa (ya’ni ssuda beruvchining aybi bilan), u
sh artn om ani beko r qilishi va yetkazilgan haqiqiy zararn in g o'rn in i
qoplashni talab qilishga haqlidir.
Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasi fuqarolik huquqining turli
subyektlari o'rtasida qo'llaniladi Fuqarolar o'rtasida ushbu shartnoma bir-
birlariga turli xildagi maishiy xizmatlar ko'rsatish tartibida yuzaga keladi
Shartnom a tekinga tuzilganligi tufayli taraflar o'rtasida huquq va
burchlarni belgilashda o'ziga xos xususiyatlar m avjud.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tekin foydalanish shartnom asi mulkni topshiruvchi - ssuda beruvchi
shaxsga nisbatan hech qanday m anfaatlar belgilamasdan, balki mulkni
oluvchiga nisbatangina m uay yan m an faatlar belgilab tuziladi. Tekin
fo y d a la n ish s h a rtn o m a s i asosiy x o 'ja lik s h a rtn o m a la rid a n b o 'lib
hisoblanmasa-da, amm o bu shartnom a ba’zan m unosabatlarda m uayyan
aham iyatga egadir. Jum ladan, bu shartnom a fuqarolar o'rtasida ularning
bir-birlarig a xizm at ko'rsatishlarid a, ko'm aklashishlarida tuziladigan
m aishiy bitimdir. B a’zi hollarda bunday shartnom a tashkilotlar o'rtasida
ham , masalan, davlat korxonalari bir-birlariga o'zlarida foydalanilmay
y o tg a n u s k u n a la rn i v a q tin c h a haq o lm a sd a n fo y d ala n ish u c h u n
topshirishlarida tuzilishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdek, tekin foydalanish m ulk ijarasiga o'xshab
ketganligi bois, unga n isb atan m ulk ijarasiga oid bir qator qoidalar
qo'llaniladi (FK 617-moddasining 2-qismi). Chunonchi, shartnom aning
o b y e k tla r i, m u d d a ti, m o l- m u lk d a n u n in g v a z ifa s ig a m u v o fiq
foydalanilishi, shartnom ani m uddatidan oldin bekor qilish, shartnom a
m uddati tam om bo'lganidan keyin m ulkdan foydalanishni davom ettirish,
mol-mulkni yaxshilash haqidagi qoidalar.
Shartnom aning predm eti iste’mol qilinmaydigan ashyolar, y a’ni yer
uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida
tabiiy obyektlar, m ulkiy kompleks sifatida korxonalar, binolar, inshootlar,
uskunalar, transport vositalari va shu kabilar bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |