h am d a burchlari uy-joydan foydalanishga oid n orm ativ a k tla r bilan,
sh u ju m lad an , U y-joy kodeksi, tip o v o y sh a rtn o m a , u y -jo y la rd a n
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga m unitsipal, idoraviy uy-joy fondi
yoki kommunal uy-joy fondining binosidagi bo‘sh uy-joyni doimiy yashash
uchun yaroqli holatda berishi shart. Shuningdek, u ijaraga topshirilgan
uy-joy joylashgan binodan tegishli ravishda foydalanishni amalga oshirish,
ija ra g a oluvchiga h a q to 'la sh evaziga z a ru r kom m unal x iz m a tla r
ko'rsatishga yoki xizm atlar ko'rsatilishini ta ’minlashga, ko'p kvartirali
uy-joy binosidagi um um iy mol-mulkni va uy-joydagi kommunal xizmatlar
ko'rsatish qurilmalarini ta ’mirlashni ta ’minlashga majburdir.
Ijaraga oluvchi oila a ’zolarining huquq va burchlari to'g'risida shuni
aytish kerakki, ijara shartnom asidan kelib chiqadigan huquq va burchlar
tu rar-jo y n i ijaraga oluvchi bilan b ir qatorda, uning o'zi bilan birga
yashovchi oila a ’zolari uch u n h am b a b -b a ra v a r taalluqlidir. Ijaraga
oluvchining o'zi bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a ’zolari bu
shartnom adan kelib chiqadigan m ajburiyatlar yuzasidan baravar javobgar
bo'ladilar.
Ijaraga oluvchi bilan birga yashovchi eri yoki xotini, ularning bolalari
va ota-onalari ijaraga oluvchining oila a ’zolari bo'lib hisoblanadilar. Ijaraga
oluvchi qaram og'ida bo'lgan m ehnatga layoqatsiz shaxslar, shuningdek,
boshqa fuqarolar ijaraga oluvchi bilan birga yashasalar va uning bilan
birga um um iy xo'jalik olib borsalargina ijaraga oluvchining oila a ’zolari
bo'lib hisoblanadilar.
I ja r a g a o lu v c h i oila a ’zo lari b ila n u y - jo y d a n s h a rtn o m a d a
ko'rsatilganday ichki tartib qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga,
joylardagi uy boshqarm asi (uy egasi) uy-joydan foydalanganlik uchun
k v artira haqini va kom m unal xizm atlari uch u n belgilangan sum m ani
o'z vaqtida to'lashga m ajbur. A gar qonunda yoki shartnom ada boshqacha
hoi ko 'rsatilm ag an bo'lsa, ijaraga oluvchi tu rar-joyni o'z hisobidan
joriy rem ont qilishga (ta’mirlashga) m ajbur bo'lib hisoblanadi. Bunday
ta ’mirlash kvartira ichidagi va um um foydalanadigan joylarning devorini
oqlash, eshik-derazalarini va polini bo'yash, markaziy isitish quvurlaridan,
k vartira ichidagi suv va kanalizatsiya quvurlaridan, elektr energiyasidan
tejamli foydalanishni ta ’m inlashdan iboratdir.
Uy-joyni shartnom a asosida ijaraga oluvchining asosiy burchlaridan
yana biri kvartira haqini o'z vaqtida to'lashdir. Ijaraga oluvchi kvartira
haqini o'z vaqtida to'lashga majbur.
K vartira haqining miqdori O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan
belgilanadi. K vartira haqining asosiy stavkasi O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar M ahkamasi tomonidan belgilanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K vartira haqi bevosita turish uchun foydalanilayotgan turar-joy
m a y d o n ig a q a ra b b elg ilanad i. B inoning b a rc h a boshq a m aydon i,
chunonchi, dahliz, oshxona, yo‘laklar, yuvinish xonalari, tabiiy yorug'lik
tushm aydigan qorong'i xonalar turar-joy bo'lib hisoblanmaydi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kom munal
uy-joy fondining binolaridagi uy-joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi
oldida oila a ’zolari va o'zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning uy-
joyni ijaraga olish shartnom asi shartlarini buzganligi uchun javobgar
bo'lib hisoblanadi.
Uy-joyni ijaraga olish shartnom asiga boshqa fuqarolarni kiritish
m unitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy
fon d in in g binolaridagi u y -jo y n i ija rag a olish tip o v o y sh a rtn o m a si
to 'g 'risid a g i nizomga m uvofiq am alga oshiriladi. A gar ijaraga olish
shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish va bu yerda yashayotganlaming
uy-joy sharoitini yaxshilashga m uhtoj deb ta n olinishiga, shuningdek,
m ulk huquqida uy-joyi bo'lgan shaxslar uy-joy m aydonining sotsial
normasidan kam bo'lmagan maydonga ega bo'lishiga olib kelsa, bunday
fuqarolarning ijaraga olish shartnomasiga kiritilishiga yo'l qo'yilishi mumkin
emas. Har qanday hollarda ham oila tarkibining o'zgarishi ijaraga olish
shartnomasining tegishli qismini o'zgartirish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Yuqorida ko'rsatilgan fuqarolar ijaraga oluvchining oila a ’zoligidan
chiqib qolgan bo'lsalar va ijaraga olingan uy-joyda yashayversalar, ijaraga
oluvchi va uning oila a ’zolari bilan bir qatorda shartnom a yuzasidan
huquq va burchlarga ega bo'ladilar. Chunonchi, e r va xotin nikohlarini
bekor qilgan (ajralishgan) bo'lsalar ham uy-joydan foydalanish huquqini
yo'qotmaydilar. Uy-joy ijarasi shartnom asi bo'yicha ijaraga oluvchi uy-
joydan foydalanish huquqini yo'qotgan hollarda, shuningdek, bu uy -
joydan foydalanuvchilar o'zaro kelishganlarida, ijara shartnom asi shu
uy-joyni egallab turgan oilaning boshqa voyaga yetgan a ’zosi bilan tuzilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: