Ikkinchidan, renta shartnom asi haq baravariga tuzilishi mumkin.
Uchinchidan, re n ta sh a rtn o m a si b ir tom onlam a s h a rtn o m a la r
turkum iga kiradi. Y a’ni, renta oluvchida faq at ren ta to'lovini o'z vaqtida
to'lashni va m ol-m ulkdan oqilona doirada foydalanishni talab qilish
huquqi, ren ta to'lovchida re n ta to'lovlarini o'z vaqtida to'lab borish
m ajburiyati m avjud bo'ladi.
Qonunda renta shartnom asi shakliga jiddiy e ’tibor berilgan. Renta
shartnom asi notarial tasdiqlanishi, ko'chm as m ol-m ulkni ren ta to'lash
sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnom a esa
bundan tashqari davlat ro'yxatidan ham o'tkazilishi lozimligi Fuqarolik
K odeksining 513-m oddasida o'z aksini topgan. Fuqarolik K odeksida
nazarda tutilgan ushbu norm a im perativ harakterga ega bo'lib, taraflar
ushbu qoidaga q a t’iy amal qilishlari shart. U shbu qoidaga amal qilmaslik
shartnom aning o'z-o'zidan haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.
Renta shartnomasining obyekti ko'chm as va ko'char m ulklar yoki
ularning majmui bo'lishi mumkin. Jum ladan ren ta obyekti sifatida yer
uchastkasi, korxona, bino, inshoot va boshqa k a tta qiym atdagi ko'chm as
yoki oddiy ko'char m ol-mulklar bo'lishi mumkin.
Fuqarolik Kodeksining 515-moddasiga muvofiq, renta to'lash sharti
bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko'chunas
www.ziyouz.com kutubxonasi
mol-mulkdan renta olinadi. Renta to'lovchi bunday mol-mulkni boshqa
shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo'yicha uning majburiyatlari
mol-mulkni oluvchiga o'tadi. Renta olinadigan ko'chmas mulkni boshqa
shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar Fuqarolik Kodeksida, boshqa qonunda
yoki shartnom ada bu m ajburiyat bo'yicha solidar javobgarlik nazarda
tutilm agan bo'lsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli
kelib chiqqan talablari bo'yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo'ladi
Y a’ni, ren ta to'lovchi ren ta shartnom asi asosida olgan mol-mulkni
boshqa shaxsga ham berishi m umkin. Dastlabki renta to'lovchi renta
obyekti bo'lgan k o 'chm as m ulkni boshqa shaxsga bergan taq d ird a,
re n ta to'lovchining m ajburiyatlari m ol-m ulkni oluvchi yangi shaxsga
o'tadi. Bunda yangi ren ta to'lovchi birinchi ren ta to'lovchining barcha
m ajb u riy atlarin i b ajarish i shart. A gar re n ta oluvchining sh artn o m a
sh artlari buzilishi natijasida kelib chiqqan talablari yuzasidan, Fuqarolik
Kodeksida, boshqa qonunlarda yoki tara fla r o'rtasidagi shartnom ada
dastlabki ren ta to'lovchi solidar javobgar bo'lishi nazarda tutilm agan
bo'lsa, renta oluvchi oldida birinchi ren ta to'lovchi subsidiar (qo'shimcha)
javobgar bo'ladi.
Renta to'lash sharti bilan y er uchastkasi yoki boshqa ko'chm as
m ulk berilganida ren ta oluvchi o'z m ajburiyatlarini bajarishni ta ’minlash
m aqsadida bu m ulkka garov huquqini oladi.
Renta sifatida pul summ asi yoki boshqa ko'char mol-mulkni berishni
n azard a tu ta d ig a n sh artn o m an in g m uh im s h a rti shuki, u n d a re n ta
to'lovchi o'z m ajburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki
ushbu m ajburiyatlarni bajarm aslik yoxud lozim darajada bajarm aslik
xavfini renta oluvchi foydasiga sug'urtalashga m ajbur bo'ladi (FKning
516-moddasi).
U shbu m oddada ren ta to'lashni ta ’m inlashning quyidagi usullari
nazarda tutilgan:
1. Renta oluvchi berilgan renta obyekti, y a’ni yer uchastkasi yoki
boshqa ko'chm as m ulk uchun o'z m ajburiyatlarini bajarishni ta ’minlash
m aqsadida bu m ulkka garov huquqini oladi;
2. R enta to'lovchi o'z m ajb u riy a tla rin i b ajarish garovini re n ta
oluvchiga taqdim etadi;
3. R enta to'lovchi o'z m ajb u riy a tla rn i bajarm aslik yoxud lozim
darajada bajarm aslik xavfini renta oluvchi foydasiga yoki u ko'rsatgan
boshqa shaxs foydasiga sug'urtalashga m ajbur bo'ladi.
Sanab o'tilgan ren ta to'lashning ta ’minlash usullaridan birinchisi yer
uchastkasi yoki boshqa ko'chmas mulk renta shartnomasi obyekti bo'lganda
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoilanilsa, ikkinchi va uchinchi usullari pul summ asi yoki boshqa ko'char
mol-mulkni renta sifatida berilganda qo'llaniladi.
R enta to io v c h i Fuqarolik K odeksining 516-m oddasi 2-qism ida
nazarda tutilgan m ajburiyatlarni bajarmasa, shuningdek, renta oluvchi
javobgar boim aydigan holatlarda ta ’minlash yo'qotilgan yoki ta ’m inlash
sharoitlari yom onlashgan taqdirda ren ta oluvchi ren ta shartnom asini
bekor qilishga yoki shartnom a bekor qilinishi tufayli ko'rgan zararning
qoplanishini talab qilishga haqli.
Renta to'lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko'chm as
mol-mulk berilganida renta oluvchida renta toiovchi o'z m ajburiyatlarini
bajarishini ta ’m inlash m aqsadida bu m ulkka nisbatan garov h u q uq i
v u ju d g a kelishini bayon qilingan edi. B u n d ay hollarda O 'zbekiston
Respublikasi “G arov to 'g 'risid a” gi qonunining II bobidagi “Ip otek a”
to'g'risidagi qoidalar amal qiladi.
Odatda ren ta shartnom asiga m uvofiq ren ta toiovchi ren tani pul
summasi shaklida yoki boshqa shaklda to'lashi mumkin. Shartnom a bo'yicha
to'lovlar topshirilayotgan mulkning qiymatiga m onand ravishda ko'p yoki
ozroq bo'lishi ham mumkin, chunki bir necha yuz million so'mlik qiymatga
ega boigan mulk bilan oddiy avtomobil uchun toianayotgan renta o'rtasida
farq bo'lishi tabiiy holdir. Renta bo'yicha topshirilayotgan mulk uchinchi
shaxslar huquqlaridan ozod holda bo'lishi lozim.
Fuqarolik Kodeksining 517-moddasi renta to'lashni kechiktirganlik
uchun javobgarlikni belgilovchi qoidani quyidagicha belgilaydi; ren ta
to'lashni kechiktirganlik uchu n ren ta to io v c h i re n ta oluvchiga, ag a r
renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo'lmasa,
Fuqarolik Kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to'laydi.
Bu foizlar miqdori renta shartnomasining o'zida belgilab qo'yilishi mumkin.
A gar shartnom ada m azkur foizlar belgilab qo'yilm agan boisa, FKning
327-moddasida nazarda tu tilgan foizlar tadbiq etiladi. Bunda to'lovni
renta toiovchi renta oluvchi yashaydigan joyda, ren ta oluvchi yuridik
shaxs boiganda esa, uning joylashgan yerida ren ta toiovlarining tegishli
qismi to'langan kunda m avjud b o ig an bank foizining hisob stavkasi
bilan belgilanadi.
Shuningdek, renta oluvchi renta toiovchi o'z m ajburiyatlarini to'liq
bajarib kelayotgani va unga nisbatan hech q an d ay zararli h a ra k a tla r
qilmagan hollarda shartnom ani bir tomonlama bekor qilishga haqli. Lekin
bunday hollarda fuqarolik qonunchiligining um um iy qoidalariga asosan
renta oluvchi renta to'lovchining talabiga muvofiq, u tomonidan qilingan
barch a x a ra ja tla r (renta to'lovi, sh artn o m an i tuzishdagi x a ra ja tla r,
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuningdek, ko'rsatgan xizmatlari va ren ta obyektini saqlash bilan bog'liq
xarajatlar) ni to'lashga m ajbur bo'ladi. Bunday xarajatlam i to'lash renta
obyektidan olingan sof darom ad hisobidan re n ta to'lovchi foydasiga
undirilishi mumkin.
Yuqoridagi huquqiy belgilar va boshqa xususiyatlariga qarab ren ta
shartnom asini boshqa oldi-sotdi, hadya, mulk ijarasi shartnom alaridan
o'xshash va farqli jihatlarini ko'rsatib o'tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |