birinchidan, ashyoning nobud bo'lishi tufayli;
ikkinchidan, ashyo fuqarolik muomalasida bo'lmaganligi tufayli (FK,
82-modda);
uchinchidan, v a’da qilingan harakatlarni sodir etish uchun cheklashlar
m avjud bo'lsa.
B und ay m a jb u riy a tla r, odatda, bajarish m um kin bo'lm aganligi
tufayli bekor qilinadi. Biroq, ashyo hadya qiluvchining qasddan yoki
ehtiyotsizlidan sodir etgan harakatlari oqibatida nobud bo'lsa, u hadya
oluvchiga yetkazgan zararlam i qoplash m ajburiyatini oladi.
Hadya qiluvchining subyektiv huquqlari hal qiluvchi rol o'ynaganligi
va shaxsga tekinga o'tkazilganligi bois, ushbu munosabatlarda qonunchilik
hadya qiluvchiga bir qator ustuvorliklar beradi. Chunonchi, agar hadya
oluvchining hadya qiluvchi uchun k atta nomulkiy qiymatga ega bo'lgan
hadya buyum ga nisbatan muomalasi uning butunlay yo'q bo'lib ketishi
xavfini solsa, hadya qiluvchi hadyani sud tartibida bekor qilishga haqli.
Demak, bu hadya oluvchining hadyaga nisbatan vijdonan m unosabatda
bo'lishini va uni saqlash m ajburiyatini yuklaydi. Shuningdek, m anfaatdor
shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning
bankrotlik to'g'risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb
e ’lon qilinishdan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq
m ablag'lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Bu holat,
shubhasiz, kreditorlarning m anfaatlarini ko'zlab amalga oshiriladi.
Hadya shartnom asida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot
etgan taqdirda h ad ya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart
qilib qo'yilishi m umkin. Bu jih a td a n hadyani shartli bitim lar sirasiga
kiritish m um kin (FK, 104-modda).
Hadya bekor qilingan hollarda ashyo hadya qiluvchiga, agar u hadya
bekor qilingan p ay td a asl holatida saqlanib qolgan bo'lsa, qaytarilishi
lozim Hadya oluvchining hadyadan olgan daromadlari uning o'z tasarrufida
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoladi. Agar ashyo uchinchi shaxslarga o'tkazilgan bo‘lsa, uni qaytarishning
imkoni bo‘hnaydi. Bordi-yu, hadya qiluvchi hadya oluvchining hadyani
qaytarib bermaslik uchun uchinchi shaxslarga o'tkazganligini isbotlasa, u
hadya oluvchiga nisbatan d a’vo qo'zg'atish huquqiga ega bo'ladi. A gar
ashyo taraflarning o'zaro kelishuvi asosida hadya qiluvchiga qaytarilgudek
bo'lsa, bunday kelishuvni yangidan tuzilgan hadya deb tushunish m u m k in
H adya tekinga tuziladigan shartnom a bo'lganligi bois hadya oluvchi
topshirilayotgan m ulkning sifatsizligi haqidagi talablarni qo'yishga haqli
emas. Albatta, topshirilayotgan ashyo sifatsiz, butsiz, uning kam chiliklari
bo'lishi m um kin, biroq bu h adya oluvchining hayoti, sog'lig'i yoki
m o l-m u lk ig a z a ra r y e tk a z m a slig i k e ra k . B u n d a y h o lla rd a h a d y a
qiluvchining bu haqda hadya oluvchini ogohdantirganligi isbot qilinishi
talab etiladi.
M azkur shartnom aning o'ziga xos jihatlaridan biri bu hadya v a ’da
qilinganda huquqiy vorislik masalasidir. FK 510-moddasining m azm uniga
k o 'ra, hadya shartnom asiga m uvofiq hady a v a ’da qilinganda had y a
oluvchining huquqlari uning m erosxo'rlari (huquqiy vorislari) ga o'tm aydi,
h a d y a b erish n i v a ’da q ilg an sh a x sn in g m a jb u riy a tla ri esa u n in g
merosxo'rlari (huquqiy vorislari)ga o'tadi. Demak, hadya qilishda hadya
beruvchining va’dasi m uayyan huquqiy aham iyatga ega, ya’ni u kelgusida
fuqarolik huquq va burchlarini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |