1 Брагинский M, Витрянский В. Договорное право. М:, Статут, 1Э97.С. 322-323.
etadigan taraflar uchun alohida talab qo'yilgan. U ham bo'lsa, ularning
tadbirkorlik subyektlari bo'lishgidir.
O'zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to'g'risida”gi qonunning2 4-moddasiga asosan, tadbirkorlik
faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda
ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan
yuridik va jismoniy shaxslardir.
Tadbirkorlik qonunchiligida belgilangan tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
tavakkal va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga
qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir1.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida
man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lishi
mumkin emas.
Tadbirkorlik subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo'lishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati va
yuridik shaxs tuzgan holdagi tadbirkorlik faoliyatini o'z ichiga qamrab
oladi. Oddiy shirkat aynan yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish
jarayonida tuzilishi mumkin. I.UJanaydarov yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyatini shaxsiy tadbirkorlik va birgalikdagi tadbirkorlik turlariga
bo'ladi2.
Jismoniy shaxslar belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgandan
so'ng yakka tadbirkor maqomini qo'lga kiritadilar. Ularni davlat
ro'yxa tid an o'tkazish tartibi O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish
va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to'g'risida” gi nizom3
va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini
davlat ro'yxatiga olish va hisobga qo'yishning xabardor qilish tartibini
joriy etish to'g'risida”gi 24.05.2006-yilgi n pq-357-sonli qarori4 bilan
belgilangan.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonunning
1 Зокиров И. Баратов М. Тадбиркорлик: манфаат ва масъулият. -Т.: Адолат. 2002.
-4 6.
2 Гражданское право. Т. 1. Отв.ред. М.К.Сулейменов, Ю.Г.Басин. -Алматы.: КазПОА.
2000. -372 б.
3 Узбекистан Республикаси к;онун хужжатлари туплами, 2003, 15-16-сон, 130-модда.
4 Узбекистан Республикаси крнун хужжатлари туплами, 2006, 20-21-сон, 174-модца.
www.ziyouz.com kutubxonasi
7-moddasiga asosan, jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan
holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:
-er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
-oddiy shirkat;
-yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo'jaligi shakllarida
amalga oshirishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida
davlat ro'yxatidan utganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi
taraflari bo'lishlari mumkin.
Dunyo miqiyosida yakka tadbirkorlik iqtisodni rivojlantirishda
muhim o'rin egallaydi. Bundan mamlakatimiz iqtisodi ham mustasno
emas. Statistik maiumotlarga e ’tibor beradigan bo'lsak, birgina 2005
yilga kelib, iqtisodiyotning kichik sektorida 6236,2 ming kishi bandligi
ta’minlandi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyotida band aholining 64% tashkil
etadi degani. Shundan 51% yakka tadirkorlar hisoblanadi1.
Oddiy shirkat shartnomasining tarafi sifatida ishtirok etadigan yana
bir subyekt bu — yuridik shaxslardir. Yuridik shaxslaming g'uquqiy
maqomi FK va maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ular qonunda
belgilangan tartibda oddiy shirkat shartnomasining ishtirokchilari bo'lishlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: