\
O ddiy shirkat shartnom asidan k elib ch iqm agan u m u m iy
majburiyatlar bo'yicha sheriklar solidar javobgar boiadilar.
Agar oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish bilan bog'liq bo'lsa, sheriklar umumiy majburiyatlar
bo'yicha ularning yuzaga kelish asosidan qat’iy nazar, solidar javobgar
boiadilar.
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilarining javobgarligi quyidagi
holatlar bilan aniqlanadi:
a) amalga oshirilayotgan faoliyat (tijorat yoki notijorat) xarakteri
bilan;
b) fuqarolik-huquqiy javobgarlikning o'ziga xos choralari va ularni
qo'llash asoslari bilan (shartnomasiz javobgarlik, bitimlar yuzasidan
uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik);
v) oddiy shirkat faoliyatini tugatish fakti bilan. Sheriklar tomonidan
ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda, agar oddiy shirkat
shartnomasida yoki sheriklarning boshqa kelishuvida o'zgacha tartib
nazarda tutishmagan bo'lsa, sheriklarning umumiy ishga qo'shgan hissalari
qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini
foydada ishtirok etishdan chetlatish to'g'risidagi kelishuv o'z-o'zidan
haqiqiy emas.
Oddiy shirkat shartnomasi FKning 970-moddasida ko'rsatilganidek,
quyidagilar oqibatida bekor bo'ladi:
- sheriklardan birortasi muomalaga layoqatisiz, muomala layoqati
cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb e’lon qilinganda, agar oddiy
shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi
munosabatlarda shartnomaning saqdanib qolishi nazarda tutilmagan bo'lsa;
- sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb e’lon qilinganda (ushbu
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok
etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda,
agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o'rtasidagi
munosabatlarda shartnomaning saqdanib qolishi yoxud vafot etgan
sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning
merosxo'rlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan
bo'lsa;
- nomuayyan muddatga tuzilgan oddiy shirkat
shartnomasida sherik-
ishtirokchi bundan buyon shartnomada ishtirok etishdan voz kechganda
(ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- muayyan muddatga tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha
www.ziyouz.com kutubxonasi
sheriklardan birining talabi bilan o'zi va qolgan sheriklari o'rtasidagi
shartnoma munosabatlari muddatidan oldin bekor qilinganda (ushbu
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- oddiy shirkat shartnomasining muddati o'tganda;
- sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda (ushbu
moddaning ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgani bundan mustasno);
- FKda yoki shartnomada ko'rsatilgan boshqa asoslarda.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda sheriklarning umumiy
egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qo'yilgan ashyolar, taraflarning
kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ularni berib
qo'ygan sheriklarga haq to'lamasdan qaytariladi.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lgan paytdan boshlab uning
ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy
majburiyatlar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar.
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda
yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash Fuqarolik
kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni
qo'shgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor bo'lganda, qolgan
sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan bu
ashyoning o'ziga qaytarilishini talab qilishga haqli.
Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga
ma’lum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin
Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib
chiqmasa, oddiy shirkatga oid qoidalar qo'llaniladi. Yashirin shirkatda
har bir a’zo uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda o'z nomidan
qatnashadi va o'zi tuzgan bitimlar uchun (garchi shirkat manfaatlarini
ko'zlab tuzgan bo'lsa ham) shaxsan o'zi javob beradi. Yashirin shirkatda
shirkatning mavjudligi boshqa uchinchi shaxslarga oshkor qilinmaydi.
Biroq bunday oshkor etmaslik huquqqa xilof bo'lmasligi shart. Agarda
shirkat a’zolari, masalan, soliqlar to'lash, ro'yxatdan o'tishdan qochib
faoliyat yuritishgan bo'lsa, tegishli huquqiy javobgarlikka sabab bo'ladi.
Yashirin shirkat a’zolari boshqa subyektlar bilan bo'lgan munosabatlarda
shirkatning mavjudligini oshkor etishsa, u holda shirkat majburiyatlari
bo'yicha umumiy javobgarlik vujudga keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi