4§. O`rmonlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari.
O`rmonlardan samarali va oqilona foydalanishda qonunlarda belgilangan
jazo turlari va choralarini tegishli tartibda qo`llash muhim ahamiyatga ega. Chunki,
qonunlarda o`rnatilgan o`rmonlardan noto`g`ri foydalanganlik uchun javobgarlikka
tortuvchi, jazo choralari belgilovchi huquq normalari o`rmonlardan foydalanuvchi
fuqarolarni, shuningdek, o`rmon fondini tasarruf etuvchi davlat organlari yoki
mansabdor shaxslarni o`rmon boyliklaridan qonunda belgilangan tartibda,
maqsadga muvofiq harakat qilishga majbur etadi.
O`rmondan foydalanish qoidalarini buzganda qo`llaniladigan jazo choralari
davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolarni O`zbekiston Respublikasining harakatdagi o`rmon to`g`risidagi
qonunlariga og`ishmay rioya qilishlari hamda o`rmondan foydalanuvchilar va
o`rmon egalarining buzilgan huquqlarini tiklashda va umuman o`rmon sohasidagi
qonunchilikni ta'minlashda alohida rol o`ynaydi.
O`rmondan foydalanish va muhofaza qilish huquini buzganlik uchun
intizomiy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy-huquqiy jazo choralari qo`llaniladi.
Shulardan biri ma'muriy-huquqiy javobgarlikdir.
O`rmonlardan foydalanish huquqini buzganlik uchun ma'muriy chora-
tadbirlar davlatning o`rmonga egalik qilish huquqini buzish, o`rmonlardan
xo`jasizlarcha foydalanish, o`rmonlarni ishdan chiqarish, o`rmonlardagi cheklov
belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish, o`rmonlarni foydalanish uchun
yaroqsiz holga keltirish, o`rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish,
kesiladigan o`rmon fondidan foydalanish tartibini buzish, daraxtlar, butalar va
boshqa o`rmon o`simliklari hamda nihollarni g`ayri qonuniy ravishda kesish,
shikastlantirish yoki yo`q qilish, o`rmonlarni tiklash qoidalarni buzish, Qizil
kitobga kiritilgan va noyob o`simliklarni yig`ish, alohida muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar tartibini buzish, o`rmon uchun foydali hayvonot dunyosini yo`q
qilib yuborish, o`rmonlarda o`rmon xavfsizligi talablarini buzish va shu kabi
nojo`ya harakatlar uchun kelib chiqadi. Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlarga
nisbatan O`zbekiston Respublikasining "Ma'muriy huquqbuzarlik to`g`riida"gi
kodeksining 23-moddasiga binoan ma'muriy jarima, ma'muriy huquqbuzarlik
harakatini sodir etish quroli hisoblangan predmetni yoki bevosita shunday obyekt
buyumni haq to`lash sharti bilan olib qo`yish, ma'muriy huquqbuzarlik harakatini
sodir etish quroli hisoblangan va bevosita shunday obyekt bo`lgan bevosita
shunday obyekt bo`lgan buyumni musodara qilish, muayyan shaxsni unga berilgan
maxsus huquqidan mahrum etish, ma'muriy qamoqqa olish kabi jazo choralari
qo`llaniladi.
O`rmondan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy jazo
choralarini qo`llash tuman, shahar hokimliklari huzuridagi ma'muriy komissiyalar,
o`z-o`zini boshqarish mahalliy organlari, tuman, shahar sudlari, ichki ishlar
organlari, davlat inspeksiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksinig
69-moddasida, chegara va cheklov belgilarini yo`q qilish yoki shikastlantirish
uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan bo`lib, egalikdagi va foydalanishdagi
yerlarning chegara belgilarini, o`rmonlardagi cheklov belgilarini yo`q qilish yoki
shikastlantirish - fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi deb ko`rsatilgan.
Mazkur kodeksning 77-moddasida esa o`rmon fondi yerlaridan foydalanish
qoidalarini buzish, ya'ni tegishli ruxsat olmay turib imorat solish, yog`ochni
ishlash, omborlar va boshqa inshootlar qurish, o`rmon fondi yerlarida pichanzorlar
va yaylovlarni shikastlantirish, o`zboshimchalik bilan pichan o`rish va mol boqish,
drenaj tizimlarini va yo`llarini yo`q qilish yoki shikastlantirganlik uchun -
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan bir baravariga
miqdorda, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo`lishi, agar xuddi shunda huquqbuzarliklar ma'muriy jazo
chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa,
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo`lishi o`rnatilgan.
Ushbu kodeksning 78-moddasida esa kesiladigan o`rmon fondidan
foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo`lib, kesiladigan
o`rmon fondidan foydalanish, yog`och tayyorlash va tashib ketish tartibini,
shuningdek, o`rmon kesish chiptasi (orderi)da yoki o`rmon chiptasida belgilangan
boshqa talablarni buzganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir
qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishlik o`rnatilgan.
Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-moddasida esa daraxtlar,
butalar, boshqa o`rmon o`simliklari va nihollarni g`ayriqonuniy ravishda kesish,
shikastlantirish yoki yo`q qilishni sodir etgan fuqarolarga eng kam ish haining
uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan
uch baravarigacha jarima solinishi, agar xuddi shunday huquqbuzarliklr ma'muriy
jazo chorasi qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etsa - fuqarolarga
nisbatan eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga nisbatan esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solinishi ko`rsatilgan.
O`rmonlarni tiklash qoidalarini buzish huquqbuzarligini sodir etganlarga
nischbatan
javobgarlik
O`zbekiston
Respublikasi
Ma'muriy
javobgarlik
to`g`risidagi kodeksning 80-moddasida belgilangan bo`lib, o`rmonlarni tiklash,
ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini
oshirishga, shuningdek yetilgan yog`och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar
va yo`riqnomalarni buzish - mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir
baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo`lishi
belgilangan.
Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksing 81-moddasida Qizil kitobga
kiritilgan o`simliklarni yig`ish huquqbuzarligini sodir etganlik uchun javobgarlik
belgilangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan
o`simliklarni yoxud shunday o`simliklarning ildizlari, poyalari, shohlari, barglari,
gullari, mevalari va urug`larini o`zboshimchalik bilan yig`ish - fuqarolarga eng
kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa - ikki baravardan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi,
agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo`llanganidan keyin bir
yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa - fuqarolarga eng kam ish haqining ikki
baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravardan yetti
baravargacha miqdorda jarima solishlikka sabab bo`lishi o`rnatilgan.
Mazkur Kodeksning 82-moddasida Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar tartibini buzish huquqbuzarligi uchun javobgarlik belgilangan bo`lib,
davlat qo`riqxonasi tabiatni buzgan fuqarolarga eng kam ish haqining bir
baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi hamda davlat milliy tabiat
bog`lari, buyurtma korxonalari, tabiat yodgorliklari, suvni muhofaza etish tegralari,
kurort tabiiy hududlari, botanika bog`lari, dendrologiya va hayvonot bog`lari,
qo`riqlanma (oraliq) tegralari, o`rmonlarning ta'qiqlangan mintaqalari, baliq
xo`jaligi tegralari va alohida muhofaza qilinadigan o`zga hududlar tartibini buzgan
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo`lishi, agar ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismilarida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun ma'muriy jazo chorasi qo`llanilgandan
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa - fuqarolarga eng kam ish
haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh
baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi
belgilangan.
Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 83-moddasida o`rmon uchun
foydali faunani yo`q qilib yuborish huquqbuzarligini sodir etgan - fuarolarga eng
kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda, mansabdor
shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishi
nazarda tutilgan. Ushbu kodeksning 84-moddasida esa o`rmonlarni yong`in
xavfsizligi talablarini buzganlik uchun - fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan
bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch
baravarigacha jarima solinishi, agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo
chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa -
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi
ko`rsatilgan.
O`rmonlardan foydalanishga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfi ma'muriy
nojo`ya harakat darajasidek bo`lmasa, bunday holatlarda huquqbuzarliklarga
nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash mumkin. Intizomiy javobgarlik huquqi
ta'sir usuli sifatida shaxslarga o`zlarining xizmat faoliyatlari o`rmon xo`jaligiga
yoki jamoat tashkilotlariga a'zolik munosabati bilan intizomiy nojo`ya harakat
sodir etganlarida qo`llaniladi. Bu javobgarlik o`rmondan foydalanish qoidalarini
buzishga qaratilgan quyidagi intizomiy nojo`ya xatti-harakatlar sodir etilganda,
ya'ni
masalan,
o`rmondan
foydalanishga
oid
mehnat
majburiyatlarini
bajarmaganda, agrotexnika qoidalarini buzishga olib kelgan sifatsiz ish qilinganda,
dov-daraxt va butalarga yomon ishlov berilganda qo`llaniladi. Xo`jaliklarning
mansabdor shaxslari mehnatni o`z vaqtida tashkil qilmaganlarida, o`rmonlarni
muhofaza qilish choralarini ko`rmaganlarida intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Intizomiy jazo choralari o`rmonlardan foydalanish qoidalarini buzgan
mansabdor shaxslarga shu o`rmon fondi joylashgan xo`jalikning umumiy yig`ilishi
tomonidan, fuqaro a'zolarga esa xo`jalik boshqaruvi tomonidan beriladi.
Intizomiy jazo choralarini qo`llashda O`zbekiston Respublikasi mehnat
qonunlari kodeksning intizomiy javobgarlikka bag`ishlangan umumiy qoidalaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Har bir jamoa, davlat yoki boshqa kooperativ
o`rmon jamoalari o`z Ustavi yoki Nizomini ishlab chiqishda va qabul qilishda,
intizomiy jazo choralarini o`rnatishda ushbu qonundan asos sifatida foydalanish
mumkin.
O`rmonlardan foydalanish huquqini buzganlik uchun qo`llaniladigan
huquqiy chora-tadbirlardan yana biri, bu - fuqarolik-huquqiy chora-tadbirlardir. Bu
huquqiy chora-tadbirlar o`rmondan foydalanish huquqi foydalanuvchilarga mulkiy
zarar yetkazish bilan bog`liq holda buzilganda qo`llaniladi.
O`rmon qonunchiligi o`rmonlarni o`zboshimchalik bilan egallab olish,
ekinlarni payhon qilish, o`rmonlardan foydalanish qoidalarini buzish orqali
o`rmonlardan foydalanuvchilarga zarar yetkazilganda ularni qoplash lozimligini
belgilaydi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining O`rmon to`g`risidagi
qonuniga ko`ra, o`rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali
yetkazilgan zarar to`la hajmda qoplanishi kerak. Shu qonunda ko`rsatilishicha,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqaroalar O`zbekiston Respublikasining
O`rmon to`g`risidagi qonunlarini buzishlari tufayli yetkazgan zararning o`rnini
qoplashga majburdirlar.
O`rmondan foydalanuvchilarga yetkazilgan mulkiy zararni undirishda
fuqarolik qonunlariga murojaat etilishining bosh sababi, fuqarolik qonunlari
normalarining o`rmon munosabatlariga oid huquqbuzarlikka nisbatan joriy
qilinishining asosiy sababi, birinchidan, fuqarolik qonunlari bilan tartibga
solinadigan mulkiy munosabatlarning bir xilligi, o`xshashligi bo`lsa; ikkinchidan,
o`rmon qonunchiligida o`rmon foydalanuvchilarga yetkazilgan mulkiy zararni
qoplash aniq va to`la tartibga solinmaganligidir.
O`zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
kodeksining
1
majburiyatlarni
bajarmaslikdan kelib chiqadigan javobgarlikka bag`ishlangan umumiy qoidalarni
bevosita o`rmondan foydalanish yetkazilgan zararni undirishda ham qo`llash
mumkin. Bundan tashqari, shu qonunning 479-moddasida belgilanishicha,
fuqaroning shaxsiga zarar to`la miqdorda zarar yetkazgan shaxs tomonidan
to`lanishi lozim. Fuqarolik qonunining ushbu umum e'tirof etilgan qoidalari
o`rmonlardan foydalanish munosabatlariga oid huquqbuzarliklar natijasida
yetkazilgan mulkiy zararni undirishda, aybdorlarni moddiy javobgarlikka tortishga
ham bevosita taalluqlidir.
O`rmon to`g`risidagi qonunda o`zboshimchalik bilan egallab olingan o`rmon
fondi yerlariga nisbatan zararni undirish alohida belgilangan. Masalan,
O`zbekiston Respublikasi O`rmon to`g`risidagi qonunning 23-moddasida
1 Uzbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksi. -T.: Adolat, 1995.
ko`rsatilishicha, o`zboshimchalik bilan egallab olingan o`rmon yerlari egasiga
qaytarib beriladi, qonunga xilof ravishda egalik qilish va foydalanilgan vaqtda
qilingan chiqimlarning o`rni qoplanmaydi. Buning ustiga o`zboshimchalik bilan
egallab olingan o`rmon yerlarida yetishtirilgan hosil uning egasiga tegishli bo`ladi.
O`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga hosil yetishtirish uchun sarflangan
harajatlar to`lanmaydi. Agar o`rmon yer uchastkasini o`zboshimchalik bilan
egallab olgan shaxs hosilni yig`ishtirib olgan bo`lsa, o`rmon egasi sud yo`li bilan
yetishtirilgan hosilning qiymatini pul tartibida davlat bahosida yoki bozor bahosida
undirib olishi mumkin.
O`rmon yerlaridan foydalanish huuqbuzarligining subyekti nafaqat fuarolar
yoki mansabdor shaxslar, balki korxona, muassasa, tashkilotlar ham bo`lishi
mumkin. O`rmonlardan foydalanuvchilarga zarar yetkazgan shunday tashkilotlar
ham fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortilib, keltirilgan zararlarni to`lashga
majburdirlar. O`rmon huquqbuzarligi uchun yetkazilgan mulkiy zararni undirishda
O`zbekiston Respublikasi V
azirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yil 15 iyundagi №
282-son Qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq
va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlari uchun olinishi
munosabati bilan qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarish
nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning o`rnini qoplash tartibi
to`g`risida"gi
1
Nizom muhim ahamiyatga ega. Ushbu Nizom O`zbekiston
Respublikasining Yer kodeksiga muvofmq qishloq xo`jaligini va o`rmon ishlab
chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash va ularning o`rnini qoplash tartibini
belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 51-moddasida ko`rsatilishicha,
qishloq xo`jaligi yerlari va o`rmonlari, shu jumladan fuqarolar mulki bo`lgan va
ular foydalanib turgan qishloq xo`jaligi yerlarini olib qo`yib, ulardan qishloq
xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi yuritish bilan bog`liq bo`lmagan maqsadda
foydalanish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijrochilar
huquqining cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining
ta'siri natijasida yer sifatining yomonlashuvidan qishloq xo`jaligi va o`rmon
xo`jaligi ishlab chiqarishi ko`rgan nobudgarchilikning o`rnini xalq deputatlari
Kengashlariga qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq
bo`lmagan ehtiyojlar uchun olib qo`yilgan qishloq xo`jaligi yerlari va o`rmonzorlar
berilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, obyektlari sifatida
atrofni muhofaza, sanitariya va himoya zonalari belgilanib, qishloq xo`jaligi va
o`rmonchilik yerlarini muomaladan chiqarib yuborgan yoki mazkur yerlarni u adar
qiymati bo`lmagan yerlarga aylantirib qo`ygan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
O`zbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va o`rmon xo`jaligini
yuritish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyojlari uchun olinishi munosabati bilan
qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini
aniqlash hamda ularning o`rnini qoplash tartibi to`g`risidagi izomga ko`ra, qishloq
xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi nobudgarchiligi o`rni quyidagi hollarda, ya'ni qishloq
1 Karang: Uzbekiston Respublikasi xukukmatining karorlari tuplami.
1992. № 6.
xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi yer-suvlari, shuningdek, fuqarolar tasarrufida va
foydalanishida bo`lgan ana shu yerlar qishloq va o`rmon xo`jaligini yuritish bilan
bog`liq bo`lmagan ehtiyojlar uchun olinganda, qishloq xo`jaligi va o`rmon yer-
suvlarining muomaladan chiqishi va ularning kam qiymatli yer-suvlarga
o`tkazilishi bilan bog`liq bo`lgan qurilayotgan obyektlar atrofida muhofaza,
sanitariya va himoya zonalari belgilanishi bilan yer egalari va yerdan
foydalanuvchilarning huquqlari cheklanganda, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar faoliyati ta'siri natijasida yerlar sifati yomonlashganda qoplanadi.
Yer uchastkalari qishloq xo`jaligi yoki o`rmon xo`jaligi ehtiyojlari uchun,
ya'ni belgilangan tartibda uy-joy qurish va ularga xizmat ko`rsatish uchun,
maktablar, internatlar, bolalar uyi, kashshoflar uyi, maktabgacha tarbiya va
davolash muassasalari, kinoteatrlar, madaniyat uylari, qabristonlar, suv va gaz
tarmoqlari hamda uy-joy kommunal ehtiyojlariga imoratlar qurish uchun
berilganda
ishloq
xo`jaligi
va
o`rmon
xo`jaligi
ishlab
chiqarishi
nobudgarchiligining o`rni qoplanmaydi.
Yer noqishloq ehtiyojlar uchun olib qo`yilganda qishloq xo`jaligi va o`rmon
xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi tuman (shahar) hokimiyatining
farmoyishi bilan tuzilgan baholash komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Nobudgarchilik miqdorlarini aniqlash uchun baholash komissiyasiga dastlabki
ma'lumotlarni yer ajratib berish loyihasini ishlab chiqaruvchi loyihalash tashkiloti
taqdim etadi. Nobudgarchilik miqdori keyingi uch yilda olib qo`yiladigan yer
uchastkasidan o`rtacha olinadigan dehqonchilik va o`rmon xo`jaligi mahsuloti
qiymatining miqdoridan hisoblab chiqariladi. Ushbu pul miqdori yer uchastkasi
foydalanishga berilgan yillar soniga ko`paytiriladi.
Qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini
qoplash uchun mablag`larni yer ajratib berilgan korxonalar, viloyat hokimlari
tomonidan O`zbekiston Respublikasining bank muassasalarida ochilgan maxsus
hisob raqamga o`tkazadilar. Shuni aytish kerakki, mintaqaviy dasturlarni va
viloyatlararo tadbirlarni amalga oshirish uchun nobudgarchilikni qoplash hisobiga
keluvchi mablag`larning 10 foizi O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv
xo`jaligi Vazirligining maxsus hisob raqamiga o`tkaziladi.
Qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini
qoplash uchun tushgan mablag`lar maxsus maqsadga ega bo`lib quyidagilar uchun
foydalaniladi: yangi yerlarni o`zlashtirish, sug`oriladigan yerlarni to`la-to`kis qayta
qurish, sug`oriladigan yerlarni tubdan tekislash, daraxtzorlar barpo etish va tiklash
kabilar.
Bundan tashqari, ushbu mablag` yo`qolib ketgan o`rmon urug`lari, tut
daraxtlari va sanoat daraxtzorlari, bog`lar, o`rmonzorlar, tutzorlar, mevazorlar,
ko`kazorlar barpo etish, yerlarning unumdorligini oshirish, tog` qiyalarini pog`ona
qilib ishlash, o`rmon tuzish ishlari maqsadida ham ishlatiladi.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligining miqdorlari olib
qo`yilgan maydonlar, ko`p yillik daraxtlar, bo`z yerlar, pichanzorlar va
yaylovlardan hisoblanadi. Olib qo`yilgan lalmi yerlarning 1 gektari o`rniga teng
bahodagi yangi yerlarni sug`orish va o`zlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda
aniqlanadi: tekislikdagi zonada - haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va bo`z lalmi
yerlar 2,4 ming so`m, past balandlikdagi zonada - haydaladigan lalmi yerlar uchun
11,1 va bo`z lalmi yerlar uchun 3,6 ming so`m, tog` oldi va tog` zonasida -
haydaladigan lalmi yerlar va ko`p yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va bo`z yerlar
uchun 4,4 ming so`m.
Shuni aytish kerakki, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga
qo`shimcha ravishda sof daromad qo`shiladi. Bu daromad loyihalashtirish, yangi
yerlarni sug`orish va o`zlashtirish, ularni madaniylashtirishga oid ishlarni bajarish
zarur bo`lgan 4 yil davomidagi davrda olib qo`yilgan yer maydonida sof
daromadning so`mmasi jamoa va davlat xo`jaliklari hamda boshqa korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning ohirgi uch yilgi ma'lumotlariga ko`ra, olib
qo`yilgan maydonlardagi qishloq xo`jaligi ekinlari va daraxtzorlarining o`rtacha
hosildorligidan kelib chiqib, yer ajratish loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida
aniqlanadi.
Pichanzorlar va yaylovlar olib qo`yilishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdorlari ularning mahsuldorligiga ko`ra
balandlik mintaqalariga qarab, ya'ni cho`l mintaqasi uchun 1125 so`m, adir
mintaqasi uchun 1315 so`m, tog` mintaqasi uchun 1846 so`m qilib belgilanadi.
1
O`rmondan foydalanish huquqini buzishda qo`llailadigan choralardan yana
biri jinoiy huquqiy chora-tadbirlardir. Bu turdagi chora-tadbirlar jinoyat qonuni
normalarida belgilanga ijtimoiy xavfli xatti-harakat yoki harakatsizliklar sodir
qilgan shaxslarga nisbatan qo`llaniladi.
Ma'lumki, jinoiy huquqbuzarlik jamiyat uchun o`zining o`ta xavflilik
darajasi bilan ajralib turadi. O`rmondan foydalanish huquqini buzishda jamiyat
uchun o`ta xavfli bo`lgan jinoyatlar ichida birinchi navbatda o`rmonlarga nisbatan
davlatning mulk huquqini buzishga qaratilgan g`ayriqonuniy bitimlar, ya'ni
o`rmonlarni sotib olish va sotish, sovg`a qilish, garovga qo`yish, o`zboshimchalik
bilan ayirboshlash xatti-harakatlari alohida ajralib turadi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida
ko`rsatilishicha, ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish
yoki ularni nobud qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini
buzish kabi huquqbuzarliklar uchun ham jinoiy javobgarlikni qo`llash mumkin.
Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi qonunida
huquqbuzarliklar uchun tegishli javobgarlik qo`llanilishi lozimligi ta'kidlanadi.
Lekin shuni aytish kerakki, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat qonuni O`rmon
to`g`risidagi qonunida ko`rsatilgan barcha o`rmon munosabatlariga oid
huquqbuzarliklar uchun ham jinoiy javobgarlikni belgilamaydi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida o`rmon boyliklarining alohida muhim ahamiyatga ega ekanligini
e'tiborga olib, mana shu onunlar majmuasida o`rmon munosabatlariga oid jamiyat
uchun xavfli hisoblangan g`ayriqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan jinoiy
javobgarlik o`rnatilsa maqsadga muvofiq bo`lur edi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi quyidagi o`rmon
huqubuzarliklari uchun jinoiy javobgarlik belgiladi. Bular: ekinzor, o`rmon yoki
boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish (198-modda).
1 Karang: Uzbekiston Respublikasi xukukmatining karorlari tuplami. -
1992. № 6.
Unda olovga ehtiyotkorsizlik bilan muosabatda bo`lish natijasida ekinzor, o`rmon
yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish ko`p
miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa - eng
kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha
ahloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanishi birinchi qismida
ko`rsatilgan. Ikkinchi qismida esa, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga
xilof ravishda kesish ko`p miqdorda zarar yetkazishga sabab bo`lsa - eng kam
oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oydan olti oygacha
qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`rsatilgan.
Uchinchi qismida esa, ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan
shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish ko`p miqdorda zarar
yetkazishga sabab bo`lsa - eng kam ish haqiing yetmish baravaridan yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi
ko`rsatilgan. Ushbu Jinoyat kodeksini 202-moddasida hayvonot yoki o`simlik
dunyosidan foydalanish tartibii buzganlik uchun birinchi qismida: ovchilik,
baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish,
noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud
o`simliklarni dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig`ish
yoki tayyorlash, shuningdek, maxsus qo`riqlanadigan tabiiy hududlardagi
hayvonot va o`simlik olamida foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yigacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq
bilan jazolaishi belgilangan. O`sha qilmishlar: a) hayvonlar, parrandalar, baliq,
hayvonot va o`simlik dunyosining Qizil Kitobiga kiritilgan boshqa turlarini nobud
qilish bilan; b) ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda; v) bir guruh shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa - eng kam oylik ish haining
ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulki musodara qilinib uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`rsatilgan. O`sha qilmishlar: a)
retsidivist tomonidan; b) shaxsning o`z xizmat mavqeidan foydalanib; v) yer, suv
yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; g)
portlash qurilmalari zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib
yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo`llagan holda; d) uyushgan guruh
tomonidan; ye) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa -
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki mol-mulki musodara qiliib yoki musodara qilinmay uch yildan 5
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb o`rnatilgan. Mazkur
Kodeksning 199-moddasida esa o`simliklar kasalliklari yoki zararqunandalari bilan
kurash talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ya'ni
o`simliklar kasalliklari yoki zararqunandalari bilan kurash talablarini buzish og`ir
oqibatlarga sabab bo`lsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum
qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikda
mahrum qilish bilan jazolanishi o`rnatilgan. Shuningdek, shubu Jinoyat kodeksida
o`rmon huquqbuzarligiga yaqin atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan
foydalanish sohasidagi ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
(193-modda), atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to`g`risidagi ma'lumotlarni
qasddan yashirish yoki buzib ko`rsatish (194-modda), atrof muhitning ifloslanishi
oibatlarini bartaraf qilish choralarini ko`rmaslik (195-modda), atrof tabiiy muhitni
ifloslantirish (196-modda), alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning
tartibini buzish (202-modda) kabilarga nisbatan jinoiy javobgarliklar o`rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |