3§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlari.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilarning
huquq
va
majburiyatlari "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to`g`risida"gi qonunning 10-moddasida belgilab berilgan. Shulardan birinchisi
o`simlik dunyosi obyektlaridan ularni berib qo`yish shartlariga muvofiq
foydalanishdir. O`simlik dunyosi obyektlari nima maqsadda berilgan bo`lsa, ya'ni
ilmiy maqsadda foydalanishga, yog`och kesish uchunmi, yoxud yaylov
maqsadidami foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar shu maqsadda
foydalanish huquqiga ega bo`ladilar. Agar o`simlik dunyosi obyekti ilmiy
maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas
va hokazo.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilarning
navbatdagi
huquqlaridan biri bu belgilangan tartibda olingan o`simlik dunyosi obyektlari
mahsulotini tasarruf etish huquqidir. O`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
ma'lumki undan foydalanish jarayonida ma'lum mol-mulkka - ovchilik
mahsulotlari, dorivor va zirovorlar, yog`och xom ashyosi, pichan, oziq-ovqat
mahsulotlariga ega bo`ladilar. Qonunda belgilangan tartibda egallangan ushbu
o`simlik dunyosi mahsulotlari undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Yuqorida
aytilganlardan
tashqari
simlik
dunyosi
obyektlaridan
foydalanuvchilar buzilgan huquqlarini tiklanishi hamda o`zlariga yetkazilgan
zararning qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Masalan, o`rmon xo`jaligi
korxonalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o`rmonlardan qonunga xilof
ravishda foydalanilganda buzilgan huquqlarini sud yo`li bilan tiklash va o`zlariga
yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda
ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishdir.
Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov
maqsadida, yovvoyi o`simlik mevalarini terish, ilmiy maqsadda, yoxud pichan
o`rish, yoki yog`och kesish masadlarida berilishi mumkin. O`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchilar eng avvalo mana shu talabga rioya qilgan holda
undan foydalanishlari lozim. Bundan tashqari, yog`och kesish, pichan o`rish, ov
qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar
shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi.
Navbatdagi majburiyatlaridan biri foydalanishga berib qo`yilgan o`simlik
dunyosi
obyektlaridan
oqilona
foydalanish
shartdir.
O`simlik
dunyosi
obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga zarar
yetkazmasdan, kamyob o`simlik turlarini yo`qolib ketishga yo`l qo`ymasdan,
tabiatning umumiy qonuniyatlariga rioya etgan holda, o`simlik dunyosini takror
ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni takror ko`paytirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish foydalanuvchilarning asosiy majburiyatlaridan
biridir. Buning uchun o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ularni
ko`paytirish qoidalari va normativlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simliklar
turlarini muhofaza qilishning alohida rejimini belgilash, o`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanishda cheklashlar va ta'qiqlashlarni belgilash, alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo qilish, o`simlik dunyosi obyektlari va
ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish
sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish,
davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish uchun qonunda belgilanishicha,
o`simlik dunyosi obyektlari o`sadigan muhitga ta'sir ko`rsatadigan faoliyat shu
obyektlarning saqlanishini ta'minlaydigan talablarga rioya etilgan holda amalga
oshirilishi lozim (24-modda). O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir
ko`rsatishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan
foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini
o`tkazish, foydali qazilmalarni qazib olish, chorva mollarini o`tlatib boqish
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va
O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi bilan kelishib olinishi kerak.
O`simlik dunyosini himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan ishlab
chiqarish obyektlarini ishga tushirish hamda texnologiyalarni qo`llash man
qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi
obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi.
Yuqorida sanab ko`rsatilganlardan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar
o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong`in xavfsizligiga rioya
etishlari hamda o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun haqni o`z
vaqtida to`lab borishlari talab etiladi.
4§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning
chora-tadbirlari.
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari O`zbekiston Respublikasining
harakatdagi qonunlarida belgilangan. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida ko`rsatilishicha, o`simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari
Asosiy
qonunimizda
fuqarolarning tabiiy
atrof
muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo`lishlari lozimligi o`rnatilgan. Bu konstitutsion qoidalar o`simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya qilishning
kafolatlari bo`lib hisoblanadi.
Ushbu konstitutsion qoidalardan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasining
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi, "O`rmon
to`g`risida"gi, "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi, "Alohida muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlar to`g`risida"gi
qonunlarida o`simlik dunyosi
obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari belgilangan.
Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish to`g`risida"gi qonunida ko`rsatilishicha, o`simlik dunyosidan
oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir (3-modda). O`simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar undan qonunda belgilangan tartib-
qoidalarga rioya etgan holda foydalanishlari shart. Agar shu tartibga rioya
qilinmasa o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda cheklab qo`yilishi, to`xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin
(11-modda). Bundan tashqari, ushbu qonunda o`rnatilishicha O`zbekiston
Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostiba
turgan o`simlik turlarini yig`ish man etiladi. Ulardan foydalanishga, savdo
qilishga, chet elga olib chiqishga alohida hollarda O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo`mitasining taqdimnomasi va O`zbekiston Fanlar akademiyasining xulosasi
bo`yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo`l qo`yilgan (11-modda).
O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan
ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish agar himoya
qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan bo`lsa ishga tushirish ta'qiqlanadi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya
qilish fuqarolik, ma'muriy, jinoiy huquqiy vosita va usullar yordamida ham amalga
oshirilishi mumkin. Fuqarolik kodeksida belgilangan buzilgan huquqni himoya
etish usullari o`simlik dunyosidan foydalanish huquqini himoya qilishda ham
qo`llanilishi mumkin. Shunday usullardan biri huquqni buzishga qaratilgan bitimni
haqiqiy emas deb topish hisoblanadi. Masalan, o`simlik dunyosi obyektlariga
nichsbatan g`ayriqonuniy bitimlar tuzilsa, pichanzorlar g`ayriqonuniy ravishda
foydalanishga berilsa, o`rmon fondiga nisbatan ijara shartnomasi qonunni buzgan
holda tuzilsa bunday bitimlar haqiqiy emas deb topiladi va taraflarning har biri
boshqasiga bitim bo`yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani
aslicha qaytarib berish, olingan daromadni, yetkazilgan zararni qoplash
harakatlarini amalga oshirishi lozim bo`ladi.
Yana bir fuqarolik huquqiy himoya usuli huquqiy munosabatni bekor qilish
yoki o`zgartirish hisoblanadi. Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlaridan
foydalanish bo`yicha huquqiy munosabat turli subyektlar o`rtasida subyektiv
huquqlarni amalga oshirish yoki burchlarni bajarish bo`yicha ro`y beradigan o`zaro
ijtimoiy munosabat ma'nosida tushuniladi. Bunday huquqiy munosabat ichida eng
keng tarqalgani shartnomaviy munosabatdir. Agar mana shu huquqiy munosabat
jarayonida uning boshqa ishtirokchilari tomonidan huquq buziladigan bo`lsa,
bunday huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o`zgartishi mumkin.
Buzilgan huquqni himoya qilish usullaridan yana biri huquqbuzar tomonidan
burchni aslicha (natura) holida bajarishga majbur qilish hisoblanadi. Masalan,
o`simlik dunyosi obyektni takror ko`paytirish majburiyatini olgan tomon shu
majburiyatni bajarmasa, uni tegishli tartibda ushbu burchni bajarishga majbur etish
mumkin.
Zararni qoplash va neustoyka undirish buzilgan huquqni himoya qilish
yo`llaridan biridir. Ushbu usul burchni natura shaklida ijro etishga majburlash
usulidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda huquqbuzar tomonidan sodir etilgan
huquqbuzarlik uchun pul ko`rinishida tovon to`lanishiga rozi bo`linadi. O`simlik
dunyosi obyektlaridan foydalanish qoidalari buzilganda fuqarolik huquqiy
javobgarlik sifatida neustoyka undirish qo`llaniladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqi ma'muriy
huquqiy usullar yordamida ham himoya qilinadi. Bunda ma'muriy qonunchilik
chora-tadbirlari huquq buzilishini tiklashga, aybdorni ma'muriy yo`llar bilan
jazolashga xizmat qiladi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikaining Ma'muriy
javobgarlik to`g`risidagi kodeksining VIII bobida ko`rsatilishicha, o`rmon fondi
yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish (77-modda), kesiladigan o`rmon
fondidan foydalanish tartibini buzish (78-modda), daraxtlar, butalar, boshqa
o`rmon o`simliklari va niholarni g`ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish
yoki yo`q qilish (79-modda), o`rmonlarni tiklash qoidalarini buzish (80-modda),
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda), alohida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish (82-modda), o`rmon uchun foydali
faunani yo`q qilib yuborish (83-modda), o`rmonlarda yong`in xavfsizligi
talablarini buzish (84-modda) kabi ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan
fuqarolarga nisbatan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan tortib, to besh
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan, to yetti baravarigacha
jarima solish jazosi qo`llaniladi. Agar aniq bir ma'muriy huquqbuzarlik, masalan
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda) huquqbuzarligini oladigan
bo`lsak ushbu normada belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasining Qizil
kitobiga kiritilgan o`simliklarni yoxud shunday o`simliklarning ildizlari, poyalari,
shoxlari, barglari, gullari, mevalari va urug`larini o`zboshimchalik bilan yig`ish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo`ladi. Huddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi
qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, fuqarolarga eng
kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa
uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya
qilishning navbatdagi vositalaridan biri jinoiy-huquqiy jazo choralari bilan himoya
etishdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ekologiya sohasidagi
jinoyatlarga bag`ishlangan to`rtinchi bo`limining o`n to`rtinchi bobida atrof
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan bo`lib, bu jinoiy jazo choralari o`simlik dunyosidan
foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan ham qo`llaniladi. Xususan, Jinoyat
kodeksining 198-moddasida ekinzor, o`rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast
yetkazish yoki ularni nobud qilish, 199-moddada o`simliklar kasalliklari yoki
zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish, 202-moddasida hayvonot yoki
o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish, 204-moddasida esa alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish kabi jinoiy xatti-
harakatlar uchun eng kam oylik ish haqining ellik boravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima, uch yilgacha muddatda axloq tuzatish ishi, muayyan huquqdan
besh yilgacha muddatga mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, olti oygacha
qamo, hamda besh ymlgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari
qo`llanilishi mumkinligi belgilangan.
XII BOB. O`RMONLARDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA
QILISHNING HUQUQIY HOLATI.
1§. O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi.
O`rmon tabiatning eng bebaho boyliklaridan biridir. U tabiiy atrof muhitni
sog`lomlashtirish, inson yashash sharoitini yaxshilash, yer va suv boyliklarini
muhofaza qilish, atmosfera havosini tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
bilan birga O`zbekistonda o`rmonlar xalq xo`jaligida mahalliy ehtiyojlarni
qondirishda muhim rol o`ynaydi.
Statistik ma'lumotlarga ko`ra, mamlakatimiz o`rmon fondining umumiy
maydoni 9.147.275 gektarni tashkil etadi. Jumladan, shu maydonning 3002541
gektari o`rmon bilan qoplangan bo`lib, unda 12 mln.kub metr yog`och zaxirasi
mavjud. Respublikamiz hududining 5,1 foizi daraxtzor bo`lib, u har bir kishi
boshiga 0,1 gektarni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasida jami 90 ta o`rmon
xo`jaligi korxonasi mavjud bo`lib, bulardan 72 tasi o`rmon xo`jaligi, 6 tasi davlat
qo`riqxonasi, 2tasi dorivor va ozuqa o`simliklari o`stirish va qadoqlashga
ixtisoslashgan xo`jalik, 2 tasi o`rmon ovchilik xo`jaligi, 2 tasi Zoomin va Ugam-
Chotqol milliy istirohat bog`lari va 2 tasi xo`jalik hisobidagi o`rmon uchastkalari,
1ta ixtisoslashtirilgan o`rmon xo`jaligi, 2 ta bosh o`rmon korxonasi va 1tasi ishlab
chiqarish o`quv markazidir.
O`rmon deganda, o`rmon fondiga ajratilgan, davlat ro`yxatiga olingan,
asosan ekologik vazifalarni bajaradigan va cheklangan darajadagi foydalanish
ahamiyatiga ega bo`lgan daraxtlar, butalar va boshqa o`simliklardan tarkib topgan
tabiat obyekti majmuini tushunish kerak.
Yuridik adabiyotlarda o`rmondan foydalanish huquqining tushunchasi ishlab
chiqilgan bo`lib, unga ko`ra bunday huquq deb, o`rmondan foydalanish va qayta
tiklash tartibi va shartlarini belgilovchi, o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlarini o`rnatuvchi hamda o`rmonni muhofaza qilish qoidalarini
mustahkamlovchi huquqiy me'yorlar yig`indisiga aytiladi.
1
yuridik adabiyotlarda berilgan o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasida
bir muhim salbiy tomoni bor, ya'ni uning asosini bu huquqning jamiyat iqtisodiy
talablarini qondirish maqsadlariga amal qilishdir. O`zbekistondagi o`rmonlarning
o`ziga xos vazifalari va foydalanishidan kelib chiqib, bunday yondashuv noto`g`ri
ekanligini aytib o`tmoqchimiz. O`zbekistondagi o`rmonlardan jamiyat iqtisodiy
talablarini qondirish maqsadlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi va bu
holatni o`rmon to`g`risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yish lozim
ekanligi to`g`risidagi fikr ham aytilgan.
1
endilikda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 3-moddasida o`rmondan
foydalanish huquqining pirovard maqsadi iqtisodiy talabni qondirish emas, balki
asosan ekologik vazifa ekanligi va xo`jalik muomalasiga cheklangan miqdorda
tortilishi belgilab qo`yilgan. Mana shu nuqtai nazardan yuridik adabiyotlarda
mavjud o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasini O`zbekiston sharoitida to`liq
qo`llab bo`lmaydi. Bu tushuncha bizning sharoitimiz uchun eskirgan hisoblanadi.
Qolaversa, mavjud tag`riflarda o`rmondan foydalanish huquqi, o`rmon huquqi,
huquq tarmog`ining asosiy instituti ekanligidan kelib chiqib berilga. Bu esa o`z
navbatida subyektiv huquqni xaspo`shlashlikka olib kelgan. Shu boisdan bir
o`rmondan foydalanish huquqini ikkita to`rga bo`lamiz: u flora (o`simliklar
dunyosi) huquqi asosiy instituti va subyektiv huquqdir.
1 Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. M.: Nauka, 1990. -S.26.
1 Jurayev YU.A. Problemi pravovogo rejima i oxrani gosudarstvennix pamyatnikov prirodi. T.: Fan, 1990. S.17.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, o`rmondan foydalanish huquqi
deb, tegishli huquq tarmog`ida berilgan o`rmon uchastkalaridan foydalanish va
muhofaza qilish munosabatlarini asosan ekologik vazifalar hamda cheklangan
xo`jalik yuritish masadlarida tartibga soladigan, subyektlarning o`rmondan
foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarini ta'minlaydigan me'yorlar
yig`indisiga aytiladi.
O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasini to`liq tasavvur etish uchun
o`rmonlardan foydalanish turlari haqida to`xtalib o`tish lozim. O`rmonlardan
foydalanish turlarini to`g`ri turkumlash o`rmonlardan oqilona foydalanish hamda
ularni muhofaza qilishni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu
o`rinda "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning 25-moddasi diqqatga sazovordir.
O`rmonlardan foydalanishni turkumlashning asosi bo`lib, ularning tabiat obyekti
sifatida roli hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o`rmonlardan foydalanishni
quyidagicha turkumlash mumkin: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; o`rmondan
qo`shimcha foydalanish: pichan o`rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini
joylashtirish, asal yig`ish, daraxt po`stlog`i, to`nka, to`plash yovvoyi o`simliklar
dorivor xom-ashyosini tayyorlash (yig`ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun
yovvoyi o`simliklarni tayyorlash (yig`ish); davlat o`rmon fondi uchastkalaridan
ovchilik xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; davlat o`rmon uchastkalarida
ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; davlat o`rmon fondi uchastkalaridan
madaniy-mag`rifiy,
tarbiyaviy,
sog`lomlashtirish,
rekreatsion
va
estetik
maqsadlarda foydalanish.
O`rmonlardan foydalanishni tartibga soluvchi harakatdagi qonunchilikni
tahlil qilish o`rmondan foydalanish huquqini amalga oshirishning huquqiy
shakllarini ko`rsatib beradi. "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning mazmuniga binoan
o`rmonlardan foydalanish huquqi doimo birlamchi bo`lib hisoblanadi. O`rmon
xo`jaligi yurituvchi korxonalar hamma holatlarda o`rmonlardan birlamchi
foydalanuvchi va egalik qiluvchi subyektlar sifatida harakat qiladilar. O`rmon
fondi yerlari ijara asosida foydalanishga topshirilganida esa ijarachilar o`rmondan
ikkilamchi foydalanuvchi bo`lib hisoblanadilar. Oldingi qonunlarga ko`ra,
o`rmonlardan birlamchi subyekt sifatida foydalanayotganlar uni ikkilamchi
foydalanish uchun berishlari mumkin emas edi. Endi esa tartib bir muncha
o`zgardi. O`rmonlardan foydalanuvchilar tomonidan qonunda belgilangan tartibda
yer uchastkalarini pichan o`rish va mol boqish, xizmat uchun chek yerlar
berishlarini agar ular ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, o`rmonlardan
ikkilamchi foydalanish huquqi deb qarash mumkin.
O`zbekiston
Respublikasi "O`rmon
to`g`risida"gi qonuniga ko`ra,
o`rmonlardan foydalanish huquqi doimiy va vaqtinchalik bo`lishi mumkin (19-
modda). O`rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo`yilgan o`rmon
xo`jaligi
korxonalari,
muassasalari,
tashkilotlari
o`rmondan
doimiy
foydalanuvchilardir. O`rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli uch
yilgacha va uzoq muddatli o`n yilgacha bo`lishi mumkin.
O`rmonlardan
foydalanish
O`zbekiston
Respublikasida
pullikdir.
O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi belgilangan tartibda Davlat budjetiga
o`rmon daromadi sifatida kelib tushadi va o`rmon muhofazasi, uni qayta tiklash va
sifatini oshirish, o`rmon xo`jaliklarini rag`batlantirish, o`rmon tuzish ishlari kabi
maqsadlarda ishlatiladi. O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi yoki ijara
haqi har yillik yoki bir martalik yoxud ijara haqi shakllarida bo`lishi mumkin.
Ularning hajmi o`rmonlardan foydalanish turlariga ko`ra o`rmon bilan
qoplanmagan yerlarning holati va sifatiga ko`ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |