davlat qo`mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Sanoatda va
konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Agentligi, favqulodda
hodisalar bo`yicha vazirliklar olib beradilar. Ushbu davlat organlari qaysi bir
mulkchilik
shakllari
kompleks
ravishda
yer
osti
boyliklaridan
foydalanilayotganidan qat'iy nazar, ular faoliyatini inson salomatligi va atrof muhit
holatiga bezarar olib borayotgannini nazorat qilib boradilar.
Bizlarga ma'lumki yer osti boyliklaridan bir qator xalq xo`jaligi sohalarida
foydalanadilar. Shuning uchun ham har bir sohada o`zining boshqaruv va nazorat
bo`linmalari mavjud bo`lib, ular maxsus ko`rinishdagi sohaviy boshqaruv
vakolatiga egadirlar.
O`zbeksanoat qurilish vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Mudofaa
vazirligi, Avtomobil yo`llari vazirligi va shu kabi vazirliklar, davlat qo`mitalari,
agentliklar ushbu sohalardagi boshqaruv vakolatlarini o`zlari to`g`risiyadagi
Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Davlat boshqaruv organlarining maxsus boshqaruv tizimida funksional
vakolatga ega bo`lgan davlat idoralarining yer osti boyliklarini muhofaza qilish va
ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishdagi ahamiyati kattadjir. Masalan,
alohida muhofaza qilishga molik tog`-sanoatiga qarashli obyektlarni O`zR IIV,
O`zR MXK kabi xarbiylashtirilgan idoralar tomonidan qo`riqlanishi, ulardagi
xo`jalik ishlarini bexatar olib borilishiga va oqibatda, ekologik inqirozli holatni
oldini olishga sabab bo`ladi. Davlat standartlashtirish va metrologiya
qo`mitasining funksional vazifasi mineral xom ashyolarni qidiruv va qazib
olishlarni xalqaro ekologik standartlarga mos kelishini tartibga solib turadi. Soliq
inspeksiyasi esa o`z vakolatiga doir yer osti va usti mineral boyliklaridan
foydalanganlik yoki bu foydalanish davomida atrof muhitni ifloslantirganliklari
uchun xo`jalik yurituvchi subyektlardan soliqlarni o`z muddatida undirib olish va
ular orqali bilvosita tabiatga yetkazilgan zararni qoplashga imkon beradilar.
Huquqni muhofaza qilish davlat idoralarining funksional boshqaruv vakolatlari yer
osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish qonunchilikni
buzilishni profilaktik chora tadbirlarini ishlab chiqish hamda buzilgan
qonunchilikka nisbatan jazo choralarini qo`llashdan iboratdir.
T.R.Mirzayevning
1
izlanishlari shuni ko`rsatmoqdagi, o`z paytida va chuqur
ilmiy asosda olib berilgan prokuror nazorati tog`-kon sanoatidagi ekologik salbiy
oqibatlarni bartaraf etishga olib kelar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: