Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


§. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

2§. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi. 
 
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiradigan  organlarning 
doirasi  kengdir.  O`zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  muvofiq, 
ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiradigan  organlar  umumiy  va 
maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlariga bo`linadi. Maxsus vakolatga ega 
bo`lgan organlar o`z navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo`linadi.  
Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar qatoriga O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va 
mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda 
davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish  bilan  bir  vaqtda  ekologiyaga  oid  ba'zi  bir 
masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega bo`lgan 
organlar deb nomlanadilar.  


Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvida  Vazirlar  Mahkamasining 
vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O`zbekiston 
Respublikasining  1993  yil  6  may 

Vazirlar  Mahkamasi  to`g`risida

gi  Qonunini 
(O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  Axborotnomasi,  1993  y.  5-son,  202-
modda)  9,  10,  11,  12,  20-moddalarida,  O`zbekiston  Respublikasining  1992  y.  9 
dekabr 

Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida

gi  Qonunini  (O`zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengash  Axborotnomasi,  1993  y,  1-son,  38-modda)  9-
moddasida  hamda  tabiiy  resurslar  to`g`risidagi  qonunlarning  tegishli  moddalarida 
belgilangan. 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi:  tabiiy  resurslarni  muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, 
qoida  va  tartiblar)  qabul  qiladi;  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  
oqilona    foydalanish  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  amalga  oshiradi;  tabiiy 
resurslarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo`yicha  davlat 
dasturlarini  ishlab  chiqadi  va  amalga  oshirishni  tashkil  etadi;  tabiiy  resurslardan 
foydalanganlik uchun soliqlar va to`lovlar miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit 
monitoringi,  tabiiy  resurslar  davlat  kadastrlari  yuritilishini  tashkil  etadi;  maxsus 
vakolatga  ega  bo`lgan  davlat  organlarining  faoliyatini  muvofiqlashtiradi;  davlat 
ekologik nazoratini tashkil etadi; yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, 
shu jumladan ijaraga beradi, yer uchastkalariga bo`lgan huquqni bekor qiladi;  yer 
osti  boyliklaridan  foydalanish  huquqini  beradi  va  uni  bekor  qiladi,  yer  osti 
boyliklaridan foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umumtarqalgan 
foydali  qazilmalar  ro`yxatini  belgilaydi;  ekologik  jihatdan  tang  vaziyatlar,  tabiiy 
ofatlar  va   falokatlarning  oldini  olish  yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; 
tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga 
oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi hamda rivojlantiradi. 
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvida  mahalliy    davlat    hokimiyat 
organlarining 
vakolatlari 
Konstitutsiyada 
(100-modda), 
O`zbekiston 
Respublikasining  1993  y.  3  sentabr 

Mahalliy  davlat  hokimiyat  organlari 
to`g`risida

gi  Qonunda  (10,  24,  25-moddalari), 

Tabiatni  muhofaza  qilish 
to`g`risida

gi  Qonunda  (10-modda)  va  tabiiy  resurslar  to`g`risidagi  qonunlarning 
tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat hokimiyat organlari yer 
munosabatlarini  tartibga  solishda  muhim  o`rin  egallaydilar  va  bu  masalaga  Yer 
kodeksining 5-7 moddalari bag`ishlangan. 
Mahalliy    davlat   hokimiyati  organlari    o`z  hududlarida  ekologiya  sohasida 
davlat  boshqaruvining  quyidagi  vakolatlarini  amalga  oshiradilar:  mintaqada 
(hududda)  tabiatni  muhofaza  qilishning  asosiy  yo`nalishlarini  belgilaydilar,  tabiiy 
resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishning  hududiy 
dasturlarini  tasdiqlaydilar;  atrof  tabiiy  muhitga  zarar  yetkazayotgan  obyektlar 
faoliyatini  vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish to`g`risida 
qarorlar  qabul  qiladilar;  foydalanishni  tashkil  qilish  maqsadida  tabiiy  resurslarni 
taqsimlaydilar  (yer  uchastkalarini  -  egalikka,  foydalanishga  yoki  ijaraga,  suv 
obyektini tanho foydalanishga, o`simlik dunyosidan pichan o`rish yoki mol boqish 
uchun,  aholi  punktlarida  daraxtlar  kesish  maqsadida  foydalanish  huquqini 
beradilar)  va  shunday  foydalanish  huquqlarini  bekor  qiladilar;  atrof  tabiiy  muhit 


monitoringi,  tabiiy  resurslar  davlat  kadastrlari  yuritilishini  tashkil  etadilar;  tabiiy 
resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  ustidan  davlat 
nazoratini amalga oshiradilar.  
Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini 
amalga  oshiruvchi  vazirliklar,  davlat  qo`mitalari  va  idoralari  kiradi.  Ularning 
faoliyati  asosan  ekologik  munosabatlarni  tartibga  solish  bilan  bog`liq  bo`lganligi 
sababli,  maxsus  vakolatli  organlar  deb  nomlanadilar.  Ular  tarmoqlararo,  ya'ni  bir 
necha  tarmoqlarni  va  bir  necha  tabiiy  resurslarni  idora  etuvchi  organlarga  hamda 
tarmoqqa oid, ya'ni ma'lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo`linadi.   
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida 
markaziy  o`rinni  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo`mitasi  egallaydi.  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  O`zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  1996  y.  26  apreldagi  Qarori  bilan  tasdiqlangan 
Nizomiga  (O`zbekiston    Respublikasi    Oliy  Majlis  Axborotnomasi,  1996  y.,  5-6 
son, 70-modda)  muvofiq tabiatni  muhofaza  qilish, tabiiy  resurslardan  foydalanish 
va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni 
amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus 
vakolatli  organdir.  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo`mitasi  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  bo`ysunadi  va  unga 
hisobdordir. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  quyidagi  asosiy  vakolatlarni 
amalga oshiradi: 
atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo`llash, resurslarni 
tejaydigan,  kamchiqit  va  chiqitsiz  texnologiyalarni  barcha  joylarda  qo`llanilishini 
rag`batlantirish,  ekologiya  sohasidagi  fan-texnika  yutuqlarini  joriy  etish  asosida 
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi; 
tabiatni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  yuzasidan 
respublika ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi,  
atrof  muhitga  ifloslantiruvchi  moddalarni  chiqarib  tashlash  (oqizish) 
normativlarini belgilaydi hamda tabiatdan foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi;  
davlat ekologik ekspertizasini o`tkazadi; 
atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta'sirlar, tabiiy 
resurslardan foydalanish to`g`risidagi ma'lumotlarning respublika yagona ekologik 
axborot bankini tashkil etadi va yuritadi; 
respublikada  qo`riqxonalarga  doir  ishlarga  rahbarlik  qiladi,  alohida 
muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  hamda  hayvonot  dunyosining  davlat 
kadastrini yuritishda qatnashadi; 
ekologik  tashviqotni  amalga  oshiradi,  ekologik  ta'lim  va  tarbiyani  tashkil 
etish hamda yuritishda qatnashadi; 
ifloslantiruvchi  moddalarni  atrof  muhitga  chiqarib  tashlash  va  oqizish,  
chiqindilarni joylashtirish va ko`mish, suvdan maxsus foydalanishga, ov qilish va 
baliq  tutishga  ruhsatnomalar  beradi,  yovvoyi  dori-darmon  giyohlari,  ozuqa 
o`simliklari  va  manzarali  o`simliklarni,  texnikaviy  xom  ashyo  va  boshqa  tabiiy 
hosilalarni  (shu  jumladan  mumiyoni)  yig`ish  (tayyorlash),  ularni  respublika 
hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi; 


tabiatni  ifloslantirganlik  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanmaganlik 
natijasida  unga  yetkazilgan  ziyonni  qoplash  to`g`risida  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarga nisbatan da'vo qo`zg`atadi; 
bank  muassasalariga  ekologik  qonun  hujjatlarini  buzgan  holda  ish  olib 
borilayotgan  sanoat  va  boshqa  obyektlarni  loyihalash,  qurish,  qayta  qurish  yoki 
kengaytirish ishlarini mablag` bilan ta'minlashni to`xtatish to`g`risida taqdimnoma 
kiritadi; 
ekolgik  qoidalarga  amal  qilmay  ish  olib  borilayotgan  sanoat  va  boshqa 
obyektlarni  loyihalash,  qurish,  qayta  qurish  yoki  kengaytirishni  taqiqlaydi, 
shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishini to`xtatib qo`yadi; 
ekologik talablarga rioya etmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortadi, 
zarurat  bo`lganda  huquqbuzarlik  to`g`risidagi  materiallarni  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlarga taqdim etadi; 
tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  muhofaza  qilish  ustidan  belgilangan 
hollarda va tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari  davlat  qo`mitasi  1998  yil  24 
iyuldagi  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  bilan  tashkil  etilgan  va 
uning Nizomi Vazirlar Mahkamasining 1998 y. 27 iyuldagi 314-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan.  Ushbu  organ  yer  monitoringi,  davlat  yer  kadastrini  yuritadi;  yer 
uchastkalariga  bo`lgan  huquqlarni  davlat  ro`yxatiga  oladi,  yer  resurslarini  davlat 
hisobini  olib  boradi,  yerdan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  etilishi  ustidan 
davlat  nazoratini  olib  boradi;  yer  tuzish  ishlarini  tashkil  etadi  va  boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Vazirlar  Mahkamasining  1996  y.  31  yanvar    44-sonli  qarori  bilan 
tasdiqlangan  Nizomiga  (QT,  1996  y.,    1-son,  4-m.)  muvofiq,  O`zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  xuzuridagi  Geodeziya,  kartografiya  va  davlat 
kadastri  Bosh  boshqarmasi  shaharlar  va  boshqa  aholi  punktlarida  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarning  yerga  bo`lgan  huquqlarini  davlat  ro`yxatga  oladi  va  davlat 
yer kadastrini yuritadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo`mitasi 
shaharlarda  yerlarni  foydalanishga  ajratib  berishda  va  yerlardan  foydalanishni 
rejalashtirishda qatnashadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Geologiya  va  mineral  resurslar  davlat  qo`mitasi 
Vazirlar  Mahkamasining  1996y.  9  dekabrdagi  435-sonli  qarori  (QT.  1996  y.,  2-
son,  34-m)  bilan  tasdiqlangan  Nizomiga  muvofiq,  konlarni  geologik  izlanish, 
mineral  resursdan  foydalanish  ustidan  davlat  nazoratini  olib  boradi;  hududlarni 
geologik  jihatdan  o`rganilganligini  tahlil  qiladi;  mineral  xom  ashyo  bazasini 
rivojlantirish  dasturlarini  ishlab  chiqadi;  geologik  o`rganish  bo`yicha  normativ 
hujjatlarni  tasdiqlaydi;  konlar  to`g`risidagi  geologik  ma'lumotlar  davlat 
jamg`armasini,  foydali  qazilmalar  davlat  kadastrini,  davlat  suv  kadastrining  yer 
osti suvlar qismini yuritadi; geologik qidiruv ishlarining davlat hisobini yuritadi va 
ro`yxatini  olib  boradi;  qazilma  boyliklar  joylashgan  hududlarni  qazilma 
boyliklardan  foydalanish  bilan  bog`liq                          bo`lmagan  maqsadlarda  qurilish 


uchun yer ajratish masalasi bo`yicha xulosa beradi va boshqa vakolatlarni amalga 
oshiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Sanoatda  va  konchilikda  ishlarning  bexatar  olib 
borilishini nazorat qilish agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining    2000 
yil 7 fevraldagi Farmoniga muvofiq,          foydali qazilmalarni qazib olish uchun, 
shuningdek  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  bilan  bog`liq  bo`lmagan  yer 
inshootlarining  qurilishi  va  ulardan  foydalanish    uchun  qon  ajratish  hujjatlarini 
beradi; yer osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo`jaligi  vazirligi  va  uning 
organlari, Vazirlar  Mahkamasining  1996  yil 26 noyabrdagi  419-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan  Nizomiga  muvofiq,  davlat  suv  hisobini  va  davlat  suv  qadastrini  yer 
osti  suvlarining                    iste'mol  qilish  qismida  yuritadi,  suvdan  foydalanishni 
rejalashtirishda  qatnashadi,  suvdan  limitli  foydalanish  bo`yicha  shartnomalar 
tuzadi;  sun'iy  suv  havzalaridan  va  kanallardan  suvdan  foydalanish  ustidan  davlat 
nazoratini olib boradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Sog`liqni  saqlash  vazirligi    O`zSSR  Ministrlar 
Kengashining    1970  yil  19  yanvardagi  23-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  Nizom 
(SP. UzSSR, 1970, №1, 9
-m)  ga  muvofiq ichimlik suvlarning  ifloslanishi ustidan 
sanitar  nazoratini,  atmosfera  havosiga  zararli  fizikaviy  ta'sir  ko`rsatilishi  ustidan 
davlat nazoratini amalga oshiradi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  Davlat  avtomobil  nazorati 
avtotransportlar  tomonidan  atmosfera  havosining  ifloslanishi  ustidan  davlat 
nazoratini amalga oshiradi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Gidrometeorologiya  Bosh boshqarmasi   Vazirlar  Mahkamasining  1992  yil 9  mart 
110-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  Nizomga  muvofiq,  davlat  suv  hisobini  va 
davlat  suv  kadastrini  yuritishda  ishtirok  etadi,  suv  va  atmosfera  monitoringini 
(kuzatuvini) amalga oshiradi.   
O`zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo`jaligi  vazirligi  huzurida 
O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 
yil  7  fevraldagi  Farmoniga  muvofiq  o`rmon  xo`jaligini  yuritishning  davlat 
boshqaruvini  amalga  oshiradi,  o`rmonlarning  muhofazasini,  himoyasini,  qayta 
ko`paytirilishini  tashkil  etadi,  o`rmon  resurslaridan  foydalanish  huquqini  beradi; 
o`rmonlarning davlat hisobini va davlat kadastrini  yuritadi va boshqa vakolatlarni 
amalga oshiradi.  
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish